Gidrostatik sath o’lchagichlar
Gidrostatik sath о'lchagichning eng oddiysi bo'lib shisha naychali suv o'lchagich xizmat qiladi, u bosim o'lchash idishlarida, yuqori bosimlar yoki vakuumlarni o'lchashda qo'llaniladi. Za- monaviy bug' generatorlarida oddiy suv o'lchash naychalarini ishlatish noqulay, chunki sath o'lchagichlami boshqaruv postiga yoki kamida boshqaruv posti belgisigacha о 'tkazish zarur bo 'ladi. Pasaytirilgan ko'rsatkich bilan ishlaydigan bug' qozoni baraban- larida sath о'lchagichning eng oddiysi bu ulanuvchi liniyadagi suvning zichligidan ко 'ra yuqori zichlikli suyuqliklar to 'siqlaridan foydalaniladi. To'siqli suyuqliklar suv bilan aralashmasligi yoki yuqori bosim ostida parchalanib ketmasligi lozim. Ко 'rsatkichning о’ng tutash naychasi qisman shishadan tayyorlangan, bu esa to 'siqli suyuqlikning yoki suvning tegib turish chegarasini ko'rishga imkon beradi. To'siqli suyuqliklar sifatida turli xil organik suyuqliklar yoki ularning aralashmalari qo'llaniladi, Masalan:
CHC12 - CHC12 aralashmasi (r = 1, 623);
CHBr3 aralashimsi (r = 2,89, benzol bilan);
CBr3CH2Cl (r = 3,42) toluol (r = 0,864) bilan:
CBr4 eritmasi CHC13 da (r = 1,489),
2.2.4-rasm. Shishali suv o'lchagich yordamida suyuqlik sathini o'lchash
To'siqli suyuqliklar yog'da eriydigan bo'yoq bilan, odatda qLzil rang bilan bo 'yaladi, bu tegishli yoriqlikda ulaming suv bilan tegib turish chegarasini ajratib olish uchun imkon beradi.
2.2.4-rasmda shishali suv o'lchagichning chizmasi keltirilgan.Gidrostatik sath o'lchash usuli qator afzalliklarga ega. Bu kabi sath о'lchagichlar mexanik mustahkam, montaji oddiy, ishonchli. Ammo ularning kamchiligi ham mavjud: sezgir elementi nazorat qilinayotgan muhit bilan bevosita aloqadordir.
Gidrostatik sath o‘lchagichlar ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va qovushqoq moddalar) sathni o‘lchashda ishlatiladi. Gidrostatik sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathni o‘lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan bosimni o‘lchash bilan amalga oshiriladi, ya’ni
P=pgH
bu erda P – suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; H – suyuqlik sathi; m; ρ - suyuqlik zichligi, kg/m3; g – erkin tushish tezlanishi, m/s2
Tenglama bosimni o‘lchash asosida ishlaydigan sath o‘lchagichlarni qurish mumkinligini ko‘rsatadi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |