1.2 Asr oxiriga kelib mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlar
1855-yili fransuz muhandisi Ferdinand Lesseps O`rta yer dengizi bilan Qizil dengizni bog`lovchi «Suvaysh kanalini qazish uchun umumiy kompaniya» tashkil qilishga ruxsat oldi. Buyuk Britaniyaning qarshilik qilishiga qaramasdan, 1859-yili qazish ishlari boshlanib, o`n yilda kanal qazib bitkazildi. Qazish ishlariga har oyda 60-ming misrlik dehqonlar majburiy jalb qilindi. Misr tarixchilarining ma’lumotlariga qaraganda, og`ir mehnat va epidemiya natijasida 120 ming kishi halok bo`lgan. 1869-yili kanal ochilgandan so`ng uni va bir yo`la Misrni o`z nazoratiga olish uchun Angliya va Fransiya o`rtasida qizgin kurash boshlanib ketdi. Kanal qurilishi uchun Yevropa davlatlaridan qarz olgan Misrning ularga qaramligi ham kuchayib bordi.
1875-yil noyabrda Usmoniylar imperiyasi tomonidan e’lon qilingan moliyaviy bankrotlik5 natijasida Misr qimmatbaho qog`ozlarining narxi keskin tushib ketdi. Misrning og`ir moliyaviy ahvolidan foydalangan Angliya hukumati 1875-yili Hadivdan «Suvaysh kanali kompaniyasi» aksiyalarining katta paketini bor-yog`i 4-mln f.st. ga sotib oldi va amalda kanalning egasiga aylandi. Ammo bu bilan Misrning moliyaviy ahvoli yaxshilanmadi. 1876-yilga kelib Misrning qarzi 96-mln f. st. tashkil qilgan bo`lsa, shundan 6-mln ni Misrning o`z ehtiyojlariga ishlatilgan, 16-mln ni Suvaysh kanalini qazishga sarflangan, 50-mln ni esa qarzlar bo`yicha protsentlarni to`lashga ketgan, 22-mln turli xil komissiyalar tarzida yevropalik bankirlarga berilgan. 1876 yili bankrotlik holatiga kelib qolgan hadiv hukumati barcha qarzlar bo`yicha to`lovlarni to`xtatishga majbur bo`ldi.
Angliya hukumati tomonidan Qohiraga jo`natilgan ekspertlar guruhi mamlakatning og`ir moliyaviy ahvoli to`g`risida ma’ruza tayyorlab, Misr ustidan chet el nazorati o`rnatishni taklif qildi. Angliya bilan Misr o`rtasidagi uzoq tortishuvlardan so`ng Misr qarzi bo`yicha komissiya ta’sis etilib, qarzlarni to`lash uchun mablag` shu komissiya ixtiyoriga tushadigan bo`ldi. Misr ustidan chet elliklarning to`liq moliyaviy nazorati o`rnatildi.
Hadiv inglizparastlarning Nubar poshsho boshchiligidagi hukumatini tuzishga 5.Косач Г.G. Красный флаг над востоком.-M.: 2001.-B 7.
rozi bo`ldi. Moliya vazirligiga ingliz, jamoat ishlari vazirligiga fransuz tayinlandi. Chet ellik vazirlar soliqlarni keskin oshirdi, 1879-yil fevralda 2,5 ming misrlik ofitserlarni xizmatdan bo`shatdi, qolganlariga maoshni 50% ga qisqartirdi6. Natijada armiyada g`alayon ko`tarilib, bosh vazir va moliya vaziri garovga olindi. Hadiv Ismoil xizmatdan bo`shatish va maoshni qisqartirish haqidagi buyruqni bekor qilishga va’da bergandan so`ng garovdagilar ozod qilinib, ofitserlar tarqalishdi. 1879-yil aprelda Misrning eng obro`li 300 dan ziyod ulamo, posho, bey va ofitserlari tomonidan imzolangan talabnoma hadivga topshirildi7. Hadiv, talabga binoan, chet ellik vazirlarni lavozimlaridan ozod qildi va konstitutsiya e’lon qildi. Sharif poshsho boshchiligida faqat misrliklardan iborat yangi kabinet tuzildi. Ammo Angliya va Fransiyaning talabiga binoan Turkiya sultoni Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, mamlakatdan chiqarib yubordi. Yangi hadiv etib Ismoilning o`g`li Tevfik tayinlandi. U kreditor davlatlarning barcha talablarini bajarib, Misr moliyasi ustidan ingliz-fransuz nazoratini tikladi.
Mamlakatda noroziliklar tez- tez namoyon bo`la boshladi, zero chet elliklarning o`zboshimchaliklari misrliklarning milliy g`ururini haqorat qilayotgan edi. Misrdagi milliy-ozodlik harakatiga yosh, endigina shakllanayotgan milliy burjuaziya, ziyolilar, ofitserlar, ruhoniylarning ilg`or qismi, vatanparvar kayfiyatdagi qishloq boylari boshchilik qildilar. Ularning barchasi «Misr misrliklar uchun» shiori ostida va 1879-yili tashkil qilingan Xizb-ul-vatan (Vatan partiyasi) siyosiy partiyasiga birlashdilar. 1880 yil may oyida bir guruh, ofitserlar askarlarni xizmat bilan bog`lik bo`lmagan ishlarga majburiy jalb qilish, misrlik ofitserlarning xizmat lavozimlariga tayinlanishiga to`sqinlik qilish va oylik maoshlarning doimiy kechiktirilish hollariga qarshi norozilik bilan chiqdilar. 1881-yili polkovnik Ahmad Arabiy boshchiligida Qohira garnizoni ofitserlari Misr hukmdoriga norozilik nomasi yo`llab, harbiy vazirning iste’foga chiqishini, u tomonidan ofitserlarga unvonlar berilish jarayonini taftish qilishni talab qildilar. 1881-yil fevralda bir guruh vatanparvar ofitserlar va
6.Ротштейн Ф. A. Захват и порабощение Египта.- M.:1959.- B 266.
7.Арабские страны Западной Азии и Северной Африки.-M.: 1997.- B 144.
ular boshchiligidagi askarlar harbiy vazirlik binosini egallab, vazirni qamoqqa oldilar.
Arabiy boshchiligidagi guruhining faoliyati hadiv va uning chet ellik maslahatchilarini shoshirib qo`ydi. Vatanparvar kayfiyatdagi polklarni Qohiradan chiqarib yuborish uchun qilingan harakatlar amalga oshmadi. Vatanchilar (Xizb-ul-vatan a’zolarini shunday atashgan) hukumatning iste’foga chiqishini, konstitutsiya ishlab chiqilishini va Misr armiyasi sonining oshirilishini talab qildilar. 1881-yil sentyabrda armiyaning qurolli chiqishlari hadivni vatanchilarning barcha talablarini qondirishga majbur qildi. Sherif posho hukumati esa parlamentga saylovlar o`tkazib, konstitutsiya loyihasini ishlab chiqdi. Ammo 1881-yil dekabrda ochilgan parlament sessiyasida deputatlar loyihani ma’qullamadilar. Arabiy esa yangi hukumat tuzish taklifini kiritdi. Parlament talabi bilan fevralda yangi hukumat tuzilib, Arabiy harbiy vazir lavozimini egalladi. Angliya va Fransiya hukumatlari hadivdan hukumatni iste’foga chiqarish va Arabiyni mamlakatdan haydashni talab qildilar. Ammo Qohira va Aleksandriyada boshlangan g`alayonlar natijasida hadiv Arabiyni o`z lavozimida qoldirishga majbur bo`ldi. Arabiy boshchiligidagi radikallar chet elliklarga qarshi shiorlar bilan chiqib, yevropacha urf belgilari bo`lgan kafelar, restoranlar, opera teatrlarini yopdilar, an’anaviy islom normalarini tikladilar. Arabiyning bu harakatlari sulton Abdul Hamid tomonidan ham qo`llab-quvvatlandi, u Arabiyga posho unvonini berdi8. 1882 yil fevral oyida yangi kabinet tashkil etildi, unda Arabiy harbiy vazir lavozimini egalladi. Mamlakatda keskinlik kuchaygan. Dehqonlar kofirlarga qarshi kurash shiorlari ostida ko'tarila boshladilar. Ochiq qarama-qarshilik boshlandi. 1882 yil iyulda hadiv Arabiyni isyonchi deb e'lon qilib, uni boshqa joyga ko'chirdi9. Bunga javoban Arabiy hadivni chet elliklarning garovi deb bilishini aytdi. Angliya hadivni qo'llab-quvvatladi va tez orada uning qo'shinlari Qohirani egallab olishdi. Arabiy sudga tortilib, Seylonga surgun qilindi.
8.Хааг М. История Египта: перевод.с английского.M.:2008.- B 255.
9.Луцкий В. B. Новейшая история арабских стран.M.:1965.- B 144.
Do'stlaringiz bilan baham: |