MUNDARIJA
KIRISH
I. BOB. Meningit bilan kasallangan bemorlarning yosh xususiyatlari
1.1. Meningit kasalligining tarixi va kelib chiqish sabablari...............................10-19
1.2. Kasallikning turlari va davolash usullari.......................................................19-25
II. BOB. Meningoensefalit bilan kasallangan bemorlarning psixologiyasi.
2.1. Meningoensefalit kasalligi haqida tushuncha...............................................26-30
2.2. Meningoensefalitning klinik ko’rinishlari.....................................................30-37
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Bugungi kunda Respublikada sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko’rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi. O’tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog’i takomillashtirilmoqda.Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug’ma kasalliklar bilan tug’ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o’lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o’limi 3,1 barobar kamaydi. O’rtacha umr ko’rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so’nggi yillarda to’planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog’ig’ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to’sqinlik qilmoqda. Yurtimizda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash imkonini beradigan sifatli sog’liqni saqlash tizimini tashkil etish, sog’lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoit yaratish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.Mamlakatimizda ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi. Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga — 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2017-yilda 73,7 yoshga oshdi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o’ta xavfli yuqumli kasalliklar (o’lat, vabo), poliomiyelit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, mahalliy kelib chiqqan bezgak, qizamiq va qizilcha yuzaga kelishidan to’liq himoya qilish imkonini berdi. Poliomiyelitning yovvoyi shtammi (2002-yil), qizamiq va qizilcha (2017-yil), bezgak (2018-yil) yo’q qilinganligi to’g’risida Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sertifikatlari olindi. Xususan, tarmoqni kompleks huquqiy tartibga solishning mavjud emasligi, o’lim va nogironlikni keltirib chiqarish ehtimoli katta bo‘lgan kasalliklarning oldini olish va ulardan aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunosti va idoraviy hujjatlarning haddan ortiq ko’pligi sog’liqni saqlash tizimi barqarorligini ta’minlash imkonini bermayapti. Transplantologiya, ko’makchi reproduktiv texnologiyalar, teletibbiyot kabi talab yuqori bo‘lgan yo’nalishlarning tartibga solinmaganligi milliy sog’liqni saqlash tizimi tibbiyot ilm-fani va amaliyotining zamonaviy yutuqlaridan ortda qolib ketishiga sabab bo’lmoqda. Aholiga, ayniqsa bolalar va fertil yoshidagi ayollarga patronaj xizmati darajasi past ekanligi (72 — 77%) qayd etilmoqda, umumiy amaliyot shifokorlarining bilim va ko’nikmalari darajasi onalar va bolalarga tibbiy yordamni to’liq hajmda ta’minlash imkonini bermayapti. Sog’liqni saqlashning jadal rivojlanayotgan xususiy sektorini davlat tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikka faol jalb qilishga g’ov bo‘layotgan to‘siqlar qo’shimcha moliya resurslaridan sog’liqni saqlash uchun samarali foydalanish imkonini bermayapti. Shu bilan birga, tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishdagi sustkashlik va buning oqibatida shifokorlar hamda o‘rta tibbiyot xodimlari kasbiy bilimlari darajasining yetarli emasligi ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Tibbiyot xodimlarini ijtimoiy-moddiy himoya qilish darajasi pastligi, ular ijtimoiy-huquqiy holatining o‘z zimmasiga yuklanayotgan javobgarlik darajasiga mos kelmasligi malakali kadrlarning tizimdan chiqib ketishi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishi uchun sharoit yaratmoqda. Sog’liqni saqlash tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yetarlicha joriy etilmaganligi, tibbiyot hujjatlarining juda katta hajmi qog‘oz shaklida yuritilishi qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini tezkor kuzatib borish va samarali ijrosini ta’minlash imkonini bermayapti, shuningdek, ortiqcha byurokratizm va katta xarajatlarga sabab bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi 2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali sog’liqni saqlashning konseptual yangi modelini shakllantirish zarurati paydo bo‘ldi.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar hamda ularning xavf omillarining oldini olish, davolash va nazorat qilish, aholining barvaqt o’lim hamda kasallanishini kamaytirish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida profilaktika chora-tadbirlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi mavjud emasligi fuqarolarning jismoniy faolligi darajasini qo’llab-quvvatlash va sog’lom turmush tarzini yuritishda kelishilgan choralar ko’rish imkonini bermayapti.Aholining tibbiy va sanitar-gigiyenik madaniyati darajasining pastligicha qolayotganligi natijasida asosiy e’tibor profilaktikaga emas, kasalliklar bilan kurashishga qaratilmoqda.Yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5590-son Farmoniga muvofiq:
2019 — 2022-yillarda yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish Konsepsiyasi
2019 — 2022-yillarda yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari Dasturi ishlab chiqilsin.
Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilansin — xodimlar jamoasining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish, ushbu vazifalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilib borish.1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022-yil 9-noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilish oʻtkazildi.Davlatimiz rahbari barcha islohotlardan asosiy maqsad odamlar hayotini yaxshilash ekani, sifatli tibbiy xizmat bu borada muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Keyingi ikki yilda Prezidentning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ular soni 16 taga yetdi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlim, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi. Umuman olganda, joriy yilda tibbiyot sohasiga davlat budjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz koʻp mablagʻ ajratildi. Yigʻilishda kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgani qayd etildi. Prezidentning yaqinda qabul qilingan "Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori sohadagi yana bir ijobiy yangilik boʻldi. Unga muvofiq, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 1 dekabrdan 20 foizga, 2019-yil 1-apreldan yana 15 foizga oshiriladi.2 Farmon va qarorlar chiqarilib, sohaga shuncha imkoniyatlar yaratildi, dolzarb masalalar hal qilib berildi. Lekin sogʻliqni saqlash tizimida kutilgan natijalar koʻrinmayapti. Ayniqsa, tumanlar, chekka qishloqlardagi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub oʻzgarishlarni o’z hayotida sezayotgani yo’q, dedi Shavkat Mirziyoyev. Joriy yilning oʻtgan davrida Prezidentning Virtual qabulxonasiga tibbiyot sohasiga doir 45 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani bu sohada hali muammolar borligidan dalolat berayotgani qayd etildi. Masalan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi, tuman markaziy shifoxonalarining moddiy-texnik bazasi va malakali kadrlar bilan taʼminlanish darajasi talabga javob bermaydi. Buning oqibatida hududlardagi bemorlar katta mablagʻ sarflab, Toshkent shahriga kelishga yoki chet davlatlarga borishga majbur boʻlmoqda. Shu bois yigʻilishda tibbiyot tizimidagi muammolarni vaqtida aniqlash va hal etish, buning uchun hududlardagi holatni toʻliq qayta oʻrganib chiqish, bunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardan markaziy tibbiyot muassasalarigacha qamrab olish kerakligi taʼkidlandi. Tibbiy xizmat ko’rsatishda respublika, viloyat, tuman va qishloq boʻgʻinlari oʻrtasida bogʻliqlikni kuchaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bunda, avvalo, mahallalarda profilaktika ishlari va tibbiy koʻriklar sifatli tashkil etilib, kasalliklarning oldi olinadi, zarur hollarda bemorlar tuman va viloyat markazlariga yuboriladi. Tuman tibbiyot birlashmalari kasallarni imkon qadar o’zida davolab, og’ir bemorlarni viloyat va respublika muassasalariga yoʻnaltiradi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari esa oʻz ixtisosligi bo’yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika siyosatini amalga oshirib, aholi salomatligini mustahkamlashga koʻmaklashadi. Yigʻilishda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Onalar va bolalar o’limiga sabab boʻlayotgan omillarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni profilaktika qilish ishlari talab darajasida yo’lga qoʻyilmagani qayd etildi. Qator ixtisoslashtirilgan markazlarning bu boradagi faoliyati tanqid qilindi. Ayrim hududlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash ishlari ham qoniqarli emas. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida gepatit, oʻpka sili bilan kasallanish soni respublika boʻyicha 20 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida salbiy koʻrsatkichlar saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi moddiy-texnik baza va davolash holatini oʻrganib, mavjud kamchiliklarni hal etish, OITSning oldini olish, xorijiy davlatlarda mehnat qilib qaytgan shaxslarni majburiy test tekshiruvidan oʻtkazishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Mamlakatimizda xususiy tibbiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qoʻshni davlatlar fuqarolariga ham tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha katta imkoniyatlar mavjud. Shuning uchun mutasaddilarga xususiy tibbiyot muassasalari tarmogʻini kengaytirish, Toshkent, Samarqand, Andijon kabi yirik shaharlarda "tibbiyot xab"larini barpo etish boʻyicha vazifalar topshirildi. Kasalliklarni oldini olishning eng kamxarj va samarali yoʻli sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish madaniyatiga amal qilishdir. Afsuski, kamharakatlilik va notoʻgʻri ovqatlanish oqibatida Oʻzbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, odamlarimizning 46 foizi qon tarkibida meʼyoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida qon bosimi yuqori. Shu bois aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va sogʻlom ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish orqali kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi. Videoselektor yigʻilishida tibbiyot sohasini oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi. Prezidentimiz Oʻzbekistonda 2025-yilgacha sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.3 Masalan, sohani moliyalashtirishning amaldagi smeta usuli eskirgani, tibbiyot muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, koyka-oʻrinlar soniga qarab moliyalashtirib kelinayotgani qayd etildi. Bugungi zamon talablari va xorij tajribasidan kelib chiqib, sinov tariqasida mamlakatimizning 14 ta hududida bittadan tibbiyot birlashmasini aholi jon boshiga va statsionar sharoitda davolanganlar soniga qarab moliyalashtirish boʻyicha topshiriq berildi.Bugungi kunda barcha rivojlangan davlatlarda majburiy tibbiy sugʻurta tizimi joriy etilgan. Bu orqali byudjet xarajatlarini kamaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirishga erishilgan. Yigʻilishda 2021-yildan boshlab yurtimizda ham majburiy tibbiy sugʻurta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya kabi davlatlardan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tibbiyot sohasida davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ayrim davolash muassasalarini shunday sheriklik asosida yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularga toʻliq moliyaviy mustaqillik berish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. Tibbiy taʼlim tizimini isloh qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari filiallarini ochish, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ixtisoslashgan tibbiyot markazlari oʻrtasida integratsiyani kuchaytirish masalalari boʻyicha ham topshiriqlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |