Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim
turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. Shulardan besh toifa
mehmonxonalarga ma`lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1
yulduzli, 2yulduzli, 3 yulduzli, 4yulduzli, yoki 5yulduzli mehmonxonalar).Bir toifa–
yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlar bozorini ancha to`liq qamrab
olish imkonini beradi.
Germaniya tasniflash tizimiga ko`ra mehmonxona korxonalari besh
toifaga ajratiladi. Bu tizimni bilan uyg`unlashtirish maqsadida bu yerda xar bir
toifa ma`lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
– turistik toifa – 1 yulduz;
–standart toifa–2yulduz
–kamfort toifadagi –3yulduz;
–birinchi toifadagi –3yulduz;
–lyuks toifa–5yulduz;
Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy xamda korxonalar toifasiga bog`liq
bo`lmagan mezonlar bo`yicha talablarni belgilaydi:
–qabul qilish xizmatining ishi;
–nonushta servisi;
–ichimlik servisi;
–ovqatlasnish servisi
–nomerda telefonning mavjudligi;
–nomerlarning 75% minimal maydonga egaligi ( vanna va xojatxona maydonini ham qo`shganda);
–sanitariya qulayligi (vanna va xojatxonani umumiy jihozlanishiga nisbatan foiz xisobida);
–vanna va xojatxonalarning jihozlanishi;
–‘’suite’’-nomerlar (apartamentli)ning mavjudligi;
–nomerlarni mebel va boshqa anjomlar bilan jihozlanishi;
–nomerda radio va televizorni mavjudligi;
–mehmonlar uchun sovg`alar mavjudligi;
–kir yuvish dazmollash mavjudligi;
–seyflarning mavjudligi;
–xollar miqdori va xolati;
–naqd pulsiz xisob-kitoblar qilish imkoniyatining mavjudligi;
–telefaksning mavjudligi;
–mexmonxona barlari miqdori va ularning ish rejimi;
–restaranlarning miqdori va ularning ish rejimi;
–konferensiya va banketlar o`tqazish imkoniyati;
–qo`shimcha (fakultativ) xizmatlar miqdori.
Boshqa tasniflash tizimlari ham o`zining ‘’yulduzlar’’ tizimiga muvofiqligini
belgilashga xarakat qiladi.
HARFLAR tizimi (A, B, C, D).Gretsiyada qo`llaniladi;
Gretsiyada A toifa darajasi mehmonxonalar to`rt yulduzli darajaga, B tiofa
mehmonxonalar uch yulduzli darajaga, C toifa mehmonxonalar ikki yuldizli
darajaga, D toifa mehmonxonalar bir yulduzli darajagamos keladi. Italiyada
birinci toifadagi mehmonxonalar shartli ravishda to`rt yulduzli darajaga, ikkinchi
toifa mehmonxonalar uch yulduzli darajaga,uchunchi darajali mehmonxonalar
ikki yulduzli darajaga mos keladi.
Minimal talab-mezonlarga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga
davogar bo`la olmaydi.Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhda birlashtiradi
A–xonalar miqdori;