III.Xulosa
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo‘lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘lga qo‘yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsad – yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo‘lib kelayotgani o‘ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishga imkon yaratdi.
Bu jarayonda xalqimizning iqtisodi to’yingan xolda sug’urtaning rivojlanishi yanada takomillashadi. Sug’urta turli xavf xatarlarni oldini olishda juda muhim soha va shunday kutilmagan favqulotda vaziyatlarda juda asqotadi. Sug’urta sohasining rivojlanishi bu kelajakda mamlakatimizning zamonaviylashuvi va mukammaligiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. Т., “O‘zbekiston”, 2013 y.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Т.:O‘zbekiston, 2009. - 56 b.
Страхование: учебник для студентов, обучающихся по специальностям “Финансы и кредит”, «Бухгалтерский учет, анализ и аудит» /под ред.В.В.Шахова, Ю.Т.Ахвледиани. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2010 г. – 511 стр.
Страхование: учебник/под. ред. Т.А. Федоровой.- 3-е изд., перераб. и доп. - М.: Магистр, 2008.-1006 стр.
Абрамов В.Ю. Страхование теория и практика. Учебник. – М.: Волтерс Клувер. 2007 г. – 512 стр.
Никулина Н.Н. Страхование. Учебное пособие. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2008 г. 511 стр.
Хodjayev Yu., Doschanova N. Sug‘urta ishi. O‘quv qo‘llanma Т.: “Iqtisodiyot”, 2008 y.
~ ~
Do'stlaringiz bilan baham: |