Kurs ishi muammolari: MTT da bolalarda bog`lanishli nutqini rivojlanishida tarbiyachi, so'z haqida g'oyalarni shakllantirish, uning semantikasini o'zlashtirish, nutqning ifodali va obrazli vositalarini ajratish ona tilini bolalar MTTda o'zlashtirishga yordam beradi va shu bilan bolani maktabga tayyorlash.
Kurs ishi obekti: MTT da bolalarning bog`lanishli nutqini rivojlanishida tarbiyachining ta`siri oila va ta’lim jarayoni.
Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda bog`lanishli nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda bog`lanishli nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I. BOB. MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA KATTA GURUH BOLALARNI BOG`LANISHLI NUTQQA O`RGATISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Bog‘lanishli nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda rivojlantirish xususiyatlari
Har bir bola MTTda o‘z fïkrini mazmunli, grammatik jihatdan to‘g‘ri, bir-biriga mantiqan bog‘langan holda bayon etishga o‘rganishi kerak. Bog`langan nutqda bolaning mantiqiy tafakkuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlay olishi va mantiqiy nutqda uni to ‘g‘ri, aniq bayon etishi aks etadi. Bolaning o ‘z fïkrini
bayon etishiga qarab, nutqining rivojlanganlik darajasini belgilash mumkin.
O‘z fikrini aniq, ifodali, izchillik bilan bog‘lab bayon eta olishi bolaning estetik rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Bog’lanishli nutq deganda, ma'lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-biriga bo g lab, izchil ravishda, grammatik jihatdan to‘g‘ri va obrazli qilib bayon qilish tushuniladi.
Bolalarda bog'lanishli nutqning rivojlanishi ona tiliga o‘rgatishning quvidagi vazifalarini ham hal qiladi:
1) lug'at ishini (keng so‘zlar to'plami va undan foydalana olish, fikrni aniq va to'liq ifoda etishga yordam beradi);
2) nutqni grammatik jihatdan to ‘g‘ri shakllantirishni (o`z fïkrini sodda va yoyiq, ergashgan va bog'langan qo'shm a gaplardan, son, sifat, kelishik qo‘shimchalaridan to ‘g‘ri foydalanib bayon etish);
3) nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni (nutqning aniq, ma’noli, burro bo’lishi).
Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo`llib, ularning har qaysisi o ‘z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining suhbati, savollar va uning javoblari) bu to`iq bo`lmagan (qisqa) javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari—to liq bo'lmagan, undov so'zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e ’tirozni bildirish. Katta guruh yoshidagi bolalarda bog`lanishli nutq ancha rivojlangan bo‘ladi. Ular umumlashtirish, xulosa chiqarish, muhokama yuritish kabi malakalarga ega bo`lishadi. Dialogik nutqlarga, savollarga aniq, qisqa yoki keng tarzda javob bera oladilar. Savollarni to‘g‘ri tuza olish malakasi paydo bo`ladi, kerak paytda luqma tashlash, o‘rtog‘ining javobini toldirish va tuzatish kabi xususivatlar rivojlanadi.
Ularda katta kishilarning ta’siri ostida fikr yuritish faoliyati takomillashadi, uning mazmuni va shaklida o'zgarish yuz beradi. Narsa-buyumlardagi yoki hodisalardagi eng muhim belgilarni aytib berish malakasi shakllana boshlaydi. 5 — 6 yoshli bolalar suhbatda va so‘zlashishda faol ishtirok etadilar: tortishadilar, muhokama qüadilar, o‘z fikrlarini asosli deb biladilar, o‘rtoqlarini
bunga ishontiradilar. Endi ular narsa-buyumlarning, hodisalaming nomlarini aytish bilangina chegaralanmaydilar, balki ularning eng xarakterli belgilarini, sifatlarini aytadilar, narsa-buyumlarni yoki hodisalarni yetarli darajada to‘liq tahlil qiladilar. Buyumlar va hodisalar o‘rtasidagi ba’zi bir bog`lanishlarni belgilay olish malakasi bolalarning monologik nutqida o ‘z aksini topadi. Bu
yoshga kelib ularning nutqida ergashgan q o ‘shma gaplar paydo bo‘la boshlaydi, to‘liq bo`lmagan va oddiy gaplar miqdori kamayadi. Taklif etilgan mavzuda tasviriy va voqeiy hikoya tuzish malakasi paydo boladi. Biroq bu yoshda ham bolalar tarbiyachining nanuinasiga muhtoj bo`ladilar. Ularning hikoyasida tasvirlanayotgan narsa- buyumga yoki hodisaga o‘zining emotsional munosabatini bildirish hali yetarli darajada rivojlanmagan bo'ladi. Bolalarda bog'lanishli nutq mashg'ulotlar va kundalik hayot jarayonida rivojlantiriladi. „Bolalar MTTda ta’lim-tarbiya dasturi“ning kichik guruh bolalarini hikoya qilishga o'rgatish
bo`limida bog'lanishli nutqni rivojlantîrishga yordam beruvchi tayyorgarlik ishlarini olib borish ko‘rsatilgan. Ayniqsa, ushbu guruhda so‘zlashuv nutqini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalaming har bir aytgan fikriga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lib, uni qo‘llab-quvvatlash kerak. Avval bolalarni so ‘z yordamidagi topshiriqlarni (o'yinchoqni
olib kelish, nim anidir ko`rsatish yoki suratdan kimnidir, nimanidir ko‘rsatish) bajarishga, so‘ngra tarbiyachining savollariga javob berishga, uni tinglashga, ertakdagi ayrim qahramonlarning ashulalarini tarbiyachi bilan birgalikda takrorlashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan savollar bola uchun aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. („Sen qimday o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘rasan? Bu o‘yinchoq haqida gapirib ber. Bu suratda nima tasvirlangan?“ )
Tarbiyachi bolaning bitta yoki ikkita jumladan iborat bo`lgan fikrlarining mazmunini fahmlab, o‘zining savollari bilan bolaning fïkrini to‘liq va grammatik jihatdan to`g`ri bayon etishga undaydi. So‘zlashuv nutqini rivojlantirish — bolalarni kattalarning nutqini tinglash va tushunish, savollarga javob berish, boshqa bolalarning oldida o`z fïkrini aytish, bir-birini tinglashdan iborat.
O‘rta va katta yoshdagi bolalar monologik nutqning asosiy turi — hikoya va qayta hikoya qilish malakasini egallaydilar. Hikoya va qayta hikoya qilish bog'langan nutqning cng murakkab turidir. Bolalarda bog`lanishli nutqni rivojlantirish ularni hikoya qilishga o'rgatish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |