Tetiklashtiruvchi mashq
Bolalar doira bo’lib turib oladilar. Bolalar qo’llarini harakatlantirib tarbiyachi bilan birga talaffuz qiladilar: Nasosdan havo chiqyapti va xushtak chalyapti: ”s-s-s- s-s-s”
“s” tovushi ishtirok etgan bo’g’inlarni talaffuz qilish.
Tarbiyachi so, si, sa, su, so’ bo’g’inlarini talaffuz qilib, bolalarga o’zi namuna ko’rsatadi. Bolalar tarbiyachi ketidan xo’r bo’lib aytadilar.So’ng yakka-yakka ayttiriladi.
SA- SA- SA SU-SU-SU
SA- SA- SA SU-SU-SU
Necha marta qarsak ovozini eshitsangiz, shuncha SA bo’g’inini talaffuz qiling
Shu tartibda so, si, se, so’ bo’g’inlari talaffuz etiladi.
“So’zlarni to’ldiring”o’yini
Amaliy mashq
“Rasmlarni nomlang” mashqi Ta’limiy o’yin kiritish
Bolalarga oldilaridagi rasmlarni nomlash va “s” tovushini to’g’ri talaffuz qilish, so’zni bo’g’inga bo’lish kabi topshiriqlar beriladi. Bolalar so’zda necha bo’g’in bo’lsa , shuncha marta chapak chaladilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
-Tovushni nima qilamiz? (eshitamiz)
- Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?"
- “s” tovushi ishtirok etgan so’zlarni ayting.
-Qaysi transportning nomida “s” tovushi bor? (samolyot-rasmlar asosida)
-Qaysi sabzovotning nomida “s” tovushi bor? (sabzi)
-Qaysi jihozning nomida “s” tovushi bor? (sandiq)
-Qaysi hayvonning nomida “s” tovushi bor? (sigir)
-Qaysi qushning nomida “s” tovushi bor? (sava)
XULOSA
Bola hayotining birinchi yilida uning nutqiy rivojida ulkan siljishlar ro’y bеradi. Bu jadal borayotgan umumiy rivojlanish va ona tilining turli qirralarini o’zlashtirib olish bilan bеlgilanadi.
Birinchi yilda ovoz munosabatlari, taqlid va tushunish rivojlanadi, dastlabki so’zlar o’zlashtiriladi;
Ikkinchi yilda – tushunish, taqlid qilish, faol nutq rivojlanadi (asosan lug’at o’zlashtiriladi);
Uchinchi yilda – tushunish, faol nutq: lug’at, grammatik shakllar, sintaktik tuzilmalar (turli gaplar) rivojlanadi. Birinchi yilning o’zidayoq nutq muloqot vazifasini bajara boshlaydi va rivojlantiruvchi fikrlash quroliga aylanadi.
Nutqni rivojlantirish uchun bola tarbiyalanayotgan hayotiy vaziyat – unga qarov, atrofdagi kattalarning munosabati, ularning tarbiyaviy ta'siri, shuningdеk o’z faolligi (bolaning turli faoliyatdagi faolligi) katta ahamiyatga egadir.
Dastlabki uch yilda nutq bolaning hayot faoliyati jarayonida: rеjimli davrlarda, mustaqil o’yinda, maxsus uyushtirilgan mashg’ulotda shakllanadi.
Bola nutqining o’z vaqtida rivojlanishida unga nisbatan kattalarning munosabati muhim ahamiyatga egadir. Diqqat-e'tiborli, yaxshi munosabatga javoban bolada ijobiy hissiyotlar va turli xil munosabatlar rivojlanadi. Ta'sirni tarbiyalash doimiy ravishda amalga oshirilishi va bolaning butun asab-ruhiy rivojlanishining barcha tomonlariga yo’naltirilishi lozim. Faqat har tomonlama rivojlanish bo’lgandagina unda o’z vaqtida nutq shakllanadi. Ilk yoshda muloqot tarbiyaviy ta'sir shakli hisoblanadi. Muloqot shakli va mazmuni bolaning rivojlanishiga qarab o’zgarib boradi: emotsional muloqot; ularning ovoz intonatsiyasini tushunishlari asosidagi muloqot; mimika, imo-ishoralar, harakatlar, so’ngra kattalar nutqi; nutqiy muloqotning o’zi. Kichik bolalar bilan ishlashda kattalar nutqiga alohida talablar qo’yiladi. U taqlid uchun namuna bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun u har tomonlama namunali bo’lishi, ya'ni: grammatik to’g’ri, intonatsion ifodali, unchalik baland emas, unchalik tеz ham emas, ko’p so’zli emas va aniq bo’lishi zarur. Nutqni ilk rivojlantirish ikki davrga bo’linadi: birinchisi – tayyorgarlik, ikkinchisi – mustaqil nutqni rasmiylashtirish. Tayyorgarlik davri bolalar nutqini kеlgusida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki aynan shu davrda tеgishli poydеvor yaratiladi. Uning nеgizida esa kеlgusida bola nutqi quriladi, muloqotga ehtiyoj shakllanadi, ovoz munosabatlari, nutqiy harakat (artikulyatsiya) apparati, fonеmatik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini tushunish, so’zlarni eslab qolish va o’zlashtiralayotgan so’zlardan muloqot qilish maqsadida erkin foydalanish rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |