Mundarija: kirish. I. Bob. Maktabgacha ta`lim tashkilotida dialogik nutqni rivojlantirishning mazmun mohiyati



Download 0,77 Mb.
bet9/10
Sana24.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#698785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O’RTA GURUHLARDA SO’ZLASHISH DIOLOGIK O’RGATISHNING INTERFAOL METODLARI

Dam olish daqiqasi.
Uycha baland bo’lsin desangiz,
Uycha mahkam bo’lsin desangiz,
Mixlarin tekis qoqing.
O’ngga “To’q-to’q”,
Chapga “To’q-to’q”,
O’ngga “To’q-to’q”,
Chapga “To’q-to’q”,
Bolajonlar 5 ta markazga bo’lindilar . Qurish-yasash va matematika markazida legolardan uycha yasaldi, raqamli kartochkalar ketma-ketlikda joylashtirildi, “O’xshashini top” ta’limiy o’yini o’ynaldi.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markazida “Po’stloqli uycha” ertagi qo’l qo’g’irchoqlari orqali sahnalashtirildi.
Til va nutq markazida “Mening uyim”, “Mening xonam” mavzusida rasmlar asosida hikoya tuzildi.
Fan va tabiat markazida “Qumning xususiyatlari” nomli amaliy tajriba o’tkazildi. Qum qoliplari, patnis, suvdan foydalanib turli ko’rinishli shakllar hosil qilindi, nam qumda kaft izlari qoldirildi.
San’at markazida “Uy” applikatsiyasi hosil qilindi, “Sevimli uyim” rasmi chizildi, “Mening uyim” plastilindan uy yasaldi.
Yakuniy qism. Markazlarda bajarilgan ishlar tahlil qilindi, ota-onalar
farzandlarining bajargan ishlari bilan tanishdilar va ko’maklashdilar , bolalarga rag’bat kartochkalari taqdim etildi
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, dutor.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  • Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?

  • «D» qanday tovush ekan?

  • Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?»

  • «D» tovushi qaysi harf bilan yoziladi?

  • «D» harfining shakli qanaqa ekan?

  • «D» harfining necha xil shakli bor ekan? (bosh va kichik, bosma

  • shakli)

  • Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?

  • Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?


XULOSA
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlangan, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk va ma’naviy jihatdan shakllangan etib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda albatta zamon talabiga mos keladigan Davlat talablarini yangi, qo‘shimchalar kiritilgan variantini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. Shulardan kelib chiqqan xolda, bir qator olim va tajribali amaliyotchilar ishtirokida ushbu Davlat talablari yaratildi. Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son «2017 - 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 929-son «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi qaroriga asosan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta’limtarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Yaratilgan Davlat talablari ko‘p jihatdan mavjud bo‘lgan Davlat talablaridan keskin farq qiladi. Birinchidan, yangi turdagi Davlat talablarining vazifalari takomillashtirilgan. Ikkinchidan, soha va kichik sohalarida farq bor. Uchinchidan, Davlat talablari soha va kichik soha indikatorlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari bolalarning psixologik xususiyatlariga asoslangan holda ta’lim-tarbiya jarayonini belgilab beradi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlaridan pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirish talab etiladi.
Bugungi bolajondan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkilotsida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. Sohalar kichik sohalarga bo‘lingan va shu bilan birgalikda, ular bolaning meyorda rivojlanish ko‘rsatkichlarini aks e Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limiga kompetensiyaviy yondashuvda maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy (intellektual), psixologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanishlari va mavjud qobiliyatlariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturida “Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari ham belgilab berilgan. Binobarin, umumiy va rivojlanish sohalari kompetensiyalari bola rivojlanishi dinamikasini belgilovchi mezonlar hamdir. Bolaning rivojlanish xaritasi bolada umumiy kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini diagnostika qilib boruvchi hujjat hisoblanadi.
Rivojlanish xaritasida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniq ifodalash, natijalarga qarab, o‘quv-tarbiyaviy jarayonga individual va tabaqalashgan yondashuv tamoyili asosida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish zarur bo‘ladi.
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konseptsiyasi”da: “Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish, ...ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim” ligi alohida ta’kidlangan. Bola asta-sekin zaruriy malakalarga ega bo’la boradi va shu malakalar tufayli u o’z kuchini to’g’ri sarflay oladigan, o’yin paytidagi turli vaziyatlarda yaxshi o’ylab harakat qila oladigan va kelgusida, tajribasining ortishiga qarab, turmushda uchraydigan qiyinchiliklarni osongina yenga oladigan bo’ladi.
Bolani oilada tarbiyalashda ham, bog’chada tarbiyalashda ham uning tevarak-atrofdagi olamni bilishga faol intilishi dastlab o’yinda namoyon bo’ladi. O’yin jarayonida ularning borliq haqidagi tushunchalari chuqurlashadi va mustahkamlanadi. Bolalar oilada va bolalar tashkilotlarida tarbiyalanganda butunlay o’yin va ermaklar bilan band bo’lsalar, maktabga kirish bilan ularning asosiy qiziqish va e’tibori o’qishga qaratiladi.
O’yin bolalar uchun shunday bosqichki, bunda ular yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan mustaqil faoliyatni boshlaydilar. Bolalar bog’cha maydonchalarida ishlash va uyda foydali mehnat qilishdan tashqari, bo’sh vaqtlarining bir qismini turli o’yin va ermaklarga sarflaydilar. Bunday qilish ularga o’z ehtiyojlarini qondirish va yaxshi dam olish imkonini beradi.
Harakatli o’yinlar bola harakatlarini o’stirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yurish, yugurish, sakrash, biror narsani irg’itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib chiqish kabi mashqlarni o’z ichiga oladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy etadi, yurak va nafas olish sistemasining faoliyati yaxshilanadi.
Bundan tashqari harakatli o’yinlar bolalarni jismoniy jihatdan o’stirish uchungina emas, balki aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlarda bolalarda maqsadga erishish uchun qat’iyatlilik ko’rsatish, jamoa oldida, o’z xatti-harakatlari uchungina emas, balki o’rtoqlarining xatti-harakalari uchun ham mas’uliyatni sezish xislatlari tarbiyalanadi.
ttiradi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish