2.2 Zamonaviy Koreys Pop janrining butun dunyoga ta’siri
Korona virus oqibatida ko’p sohalar ziyon ko’rib, ishini to’xtatishiga to’g’ri kelgan vaqtda ham Kpop o’z ishini davom ettirdi. Hozirgi kunda qayerga qaramang barcha yerda (comment, ishtimoiy tarmoq) KPOP fanatlar. O’z yoqimtoylarini account yuziga qo’yib, ishtimoiy tarmoqlarda faol bo’lishadi. Hattoki koreys tilini bilmasalar ham ularning musiqalari ko’ngilnni ko’targani, dipressiyadan chiqarib, hayotga undagani uchun tinglovchilar oramizda talaygina. Bundan kelib chiqadiki, bizni bog’lab turuvchi o’ziga xos til mavjud bo’lib, qaysidir qiymatda KPOP buni o’z ichiga ola olishmoqda. "A'zolar juda chiroyli. Mamlakatimiz odamlari haqiqatan ham kelishgan”. “Yaqinda ijro etgan “Butter” qoʻshigʻingiz Billboard chartida 1-oʻrinni egallaganingiz va AQSh MTV Music Awards mukofotida 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritganingiz bilan tabriklaymiz. Maʼlum qilinishicha, bu yil BTS va BLACKPINKning kumir guruhlar sohasidagi raqobati KPOP qudratini isbotladi”.20 Kpop guruhlari va ularning musiqalari nega bunchalik muvaffaqiyatga uchrayotgani, Koreyaga tashrif buyuruvchilarning soni oshayotganligi haqida factlarni ko’p uchratamiz. 2021-yil hisobotiga qaraydigan bo’lsak, Koreya deganda nimani ko’rasiz? Degan savolga 97% odamlar KPOP deb javob berishgani, odamni tajubga soladi. Keyingi o’rinlarni esa Zamonaviy shahar, 2-New York, Drammatik davlat (Shimoliy Koreya bilan adashtiradigan odamlar ham kam emas oramizda). Nafaqat Koreya balki butun dunyoda o’tkaazilgan so’rovnomaga ko’ra Koreyadagi eng mashhur odamlar quyidagilardir:21
BTS
BLACKPINK
Koreya Prezidenti
Son Hyon Min
(5-rasm “BTS in White House with Prezident of J.Korea”)
(6-rasm “BTS-United Nation” )
(7-rasm “Blackpink-Climate Change conference”)
(8-rasm “Blackpink-Global ambassadors”)
Butun dunyo hozirda Kpop tinglashmoqda. Hattoki Koreya Prezidenti ham o’z nutqida Bts jamoasining muhlisi ekanligini aytgan. Men BTS muxlisiman. Biroq, birinchi navbatda, men BTSga juda minnatdorman, chunki ular KPOP va KPOP madaniyatining mashhurligini eng yuqori darajaga ko'tardi va shuning uchun koreys xalqining qadr-qimmatini ko'tardi. Nafaqat KPOP, balki koreyscha dramalar, filmlar, o‘yinlar va webtoons kabi boshqa koreys kontentlari ham eksport bo‘yicha eng yuqori pog‘onada. Bularning barchasi BTS yetakchisi tufayli. Sizning sharofatingiz bilan mamlakatimizning kosmetika mahsulotlari eksporti ham avjiga chiqdi.
COVID-19 pandemiyasining tarqalishi tufayli Koreya va butun dunyoda yoshlar qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Shuning uchun musiqa odamlarning yoshlarga hamdard bo'lishiga yordam berishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Musiqa va musiqiy tadbirlardagi xabarlar orqali biz bu davrda yoshlarga tasalli berishimiz va ko‘nglini ko‘tarishimiz mumkin”.22
Bu ikka guruh esa hozirda ularning erkatoy jamoalaridir. Hattoki ularning birorta so’zlariga tushunmay turib ortlaridan qaytarishib, koreys tiliga qizayotgan odamlar talaygina. Koreya tashrif buyuruvchi sayyohlarning 60% dan yuqori qismi Koreya kinolari hamda qo’shiqlari tufayli kelishganliklarini aytishadi. Bundan kelib chiqadiki, biz ham talabalarni o’qitishda shunday usullarni qo’llashimiz, ularning so’zlarini takrorlash orqali talaffuz qilish qobiliyatimizni oshirishimiz mumkin.
Qo’shiqni tinglash
Matnlarga ajratish
Yangi so’zlarni chiqarib yodlash
Qayta qo’shiqni tinglab, ma’nosini tushunishga harakat qilish
Bu ishni qayta qayta takrorlash
Bu usul ko’pchilik talabalar tomonidan tuzilgan bo’lib, ular bu ishni har kuni qaytishganliklari, kinolarni qo’shiqlarni shunday tarzda takrorlash ularning talafuzlarini ravon, bilimlarini esa ziyoda etganliklarini aytishdi. XXI asr zamonaviy texnalogiya asri- Biz ham zamondan ortda qolmay yangi uslublarni amalda joriy etib, turli metodlarni qo’llab, o’quvchilarga yordami tegishi mumkin bo’lgan mukammal uslub tayyorlashimiz va shu yo’sinda ta’lim berishimiz kerakligini hozirgi muhitdan anglash qiyin emas.
Xulosa
O’tgan bir necha yil og’ir o’tganligiga qaramas, hayot to’xtab qolganligi yo’q. Shu bilan bir qatorda musiqa san’ati ham. Nafaqat koreys tilini balki istalgan tilni o’rganishda shu xalqning so’zlashuv tilida aytilgan qo’shiqlarni tinglash, ular ortidan qaytarish nafaqat tinglash qobiliyatini balki so’zlashuv qobiliyatini ham oshirib, so’z boylik ko’paytirishda ham katta yordam berishi hech kimga sir emas. Shunday ekan XXI asr texnalogiya asrida zamonaviy texnalogiyadan faol foydalangan holda darslarni olib borish, o’quvchilarni o’z ustida ishlashlarida musiqa san’tiga kiritish har birimizning burchimizdir. Butun dunyo ahli hozirgi kunda Kpop musiqalarini tinglab, o’zlariga mativatsiya olishmoqda, hayotga qiziqishini oshirishga harakat qilishmoqda. Bu tilni bilmagan holda ham qo’shiqchilar ortidan takrorlashib, hatto ularni tinglash uchun, tushunish uchun koreys tilini o’rganayotgan yoshlar oramizda talaygina. Bu factni Koreya hududiga kirib kelgan migrantlar misolida tushunishimiz osonroq. Koreya siyosatida Kpop hamda Kdrama oldi o’rinda turishi, katta sarmoya kiritilishining sababi ham bir vaqtning o’zida nafaqat musiqa yoki kino balki Koreya madaniyati, qudratini namoyish etib, dunyo xalqining qiziqishini uyg’tish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Koreya deganda qo’shiqlar, tarixiy yoki romantik-melodrama filmlar hayolimizga kelishi shu strategiyaning oqibatida desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu kurs ishidan qanday xulosa chiqarish mumkin, o’zbek xalqida zamonga moslashish, musiqa san’tiga o’zgartirish kiritish, nafosat hamda rang-baranglik yetishmayotganligini tushunish mumkin. Katta sarmoya hamda to’g’ri tanlangan musiqa davlatni yuksalishida, tanitilishida katta rol o’ynashi mumkinligi, bu jabhada zamonaviy metodlar qatoriga musiqa tinglashni kirita olishimiz mumkinligi fikrimizni yakunlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |