Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………….3
I-Bob. Ko'plik taqqoslanishlar
1.1. Biologik ketma, ketlikni taqqoslash asoslari…………………………5
1.2. Juft va ko’plik taqqoslanishlar……………………………………….6
II-Bob. Filogenetik daraxtni yaratish
2.1. Filogenetikaning asosiy tushunchalari va filogenetik daraxt qurish metodlari…………………………………………………………………8
2.2. Filogenetik daraxtlar tuzish…………………………………………13 2.3. Daraxtlarni tuzishda molekulyar maʼlumotlardan foydalanish……..21
2.4. Misollar……………………………………………………………..22
Xulosa…………………………………………………………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..30
Kirish
Odamlar narsalarni tartibga keltirish boʻyicha katta qobiliyatga ega. Faqat kiyim javoni yoki xonalarnigina emas (shaxsan oʻzim bu ikki narsa boʻyicha maqtana olmayman). Odamlar borliqdagi narsalarni guruhlarga jamlash va tartib bilan joylashni yoqtiradi. Qadimgi yunon faylasufi Aristoteldan boshlab insoniyat tomonidan Yer yuzidagi xilma-xil tirik jonzotlar tasniflab chiqilgan.
Eng soʻnggi qilingan tasniflarning katta qismi organizmlar orasidagi evolyutsion aloqalar, yaʼni ularning filogeniyasiga asoslangan. Bunday filogeniyaga asoslangan tasniflash tizimlarini tuzish tur yoki boshqa guruhlarning umumiy ajdoddan qanday qilib rivojlanib chiqqanligi haqidagi tushunchalarimizni aks ettiradi.
Ushbu kurs ishida organizmlar orasidagi evolyutsion aloqalarni ifodalovchi diagrammalar, yaʼni filogenetik daraxtlar bilan tanishib chiqamiz. Ulardan aynan nimani oʻrganish (yoki oʻrganib boʻlmasligi) mumkinligi haqida bilib olamiz. Bundan tashqari, organizmlarning qarindoshlik darajasi bu daraxtlarda qanday ifodalanishi haqida ham oʻrganamiz.
Mavzuning dolzarbligi: Filogenetik daraxt bu guruhlar, populyatsiyalar, turlar yoki boshqa har qanday taksonomik toifalarning tarixi va ajdodlari-avlodlari o'rtasidagi munosabatlarning grafik matematik tasviri. Nazariy jihatdan barcha filogenetik daraxtlarni umumbashariy daraxtni tashkil etuvchi hayot daraxtiga birlashtirish mumkin.
Ushbu grafik tasvirlar evolyutsion biologiyani o'rganishda tub burilish yasadi, chunki ular turlarni yaratish va aniqlash, turli evolyutsion gipotezalarni sinash (masalan, endosimbiyotik nazariya), kasalliklarning kelib chiqishini (masalan, OIV) va boshqalarni baholashga imkon beradi
Daraxtlarni morfologik yoki molekulyar belgilar yoki ikkalasi yordamida tiklash mumkin. Xuddi shu tarzda, ularni qurish uchun turli usullar mavjud, eng keng tarqalgani kladistlar metodologiyasi. Bu sinapomorfiya deb nomlanuvchi, birgalikda olingan belgilarni aniqlashga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |