2.2. JISMONIY HARAKATLAR SIFATINI O’STIRISHDA ISHLATILINADIGAN METODLAR
O’QUVCHI YOSHLARning harakat qobiliyatlarini shakllantirish bolalar organizmining o`sishi va rivojlanish qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. O’QUVCHI YOSHLAR uchun o`sish va rivojlanishga ta`sir
etadigan asosiy atrof-muhit omillari: ovqatlanish, yetarli harakat faolligi,
me`yoriy darajadagi uyqu, o`tkir va surunkali kasalliklarning yo`qligi,
iqlim va geografik sharoitlardir. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi bolalarning yoshi bir xil bo`lsa ham ularning harakat qobiliyatlarining rivojlanishi har xil ko`rsatgichga ega. Bunga sabab, tabiat tomonidan ino`m etilga iqtidor, genetik irsiyat, atrof-muhit omillaridir.
Misol uchun, tezlik va kuch qobiliyatlari qo`zg`alish jarayonlari
va nerv impulslarining tezligiga, mushaklardagi oq va qizil mushak
tolasining nisbatlariga bog`liq. Bolaning tanasining turli xil harakat faoliyatiga tayyorligi, uning turli tashqi omillarga chidamliligi tegishli funksional tizimlarning chiniqqanlik darajasi bilan belgilanadi.
Harakat qobiliyatlari tuzilishida morfologik, psixofiziologik, aqliy,
biokimyoviy, biomexanik, individuallik va boshqa komponentlar ajralib
turadi. Shunday qilib, masalan, tezlik va kuch qobiliyatlari qo`zg`alish
jarayonlarining kuchiga va asab impulslarining tezligiga, mushaklardagi
oq va qizil mushak tolalari nisbatiga bog`liq.
Bolaning harakatini boshqarishda ishtirok etadigan mexanizmlarni
shakllantirishning aniq ketma-ketligi mavjud. Harakat qobiliyatlarini
jadal rivojlantirishning birinchi davri 3-3,5 yoshida kuzatiladi. Bu
bolaning harakatlari hajmini kengaytirish bilan bog`liq. Harakat
qobiliyatlarini faol rivojlanishining ikkinchi davri 5 yoshdan 7
yoshgacha bo`ladi. O’QUVCHI YOSHLARning jismoniy sifatlari turli xil harakat faoliyatida shakllanadi va rivojlanadi. Bolaning yoshi qanchalik kichik bo`lsa, ular shunchalik integratsiyalashgan (bog`liq) holda namoyon bo`ladi. Yoshga oid jismoniy sifatlarning namoyon
bo`lishining o`ziga xos xususiyati ortadi. Rivojlanish uchun eng yaxshi sharoitlar jismoniy kuchning miqdori har bir yoshdagi bolaning o`sib borayotgan tanasining funksional imkoniyatlariga, yoshiga, jinsiga mos keladigan hollarda belgilanadi. Agar jismoniy faollik miqdori har bir yoshdagi bola o`sayotgan organizmning funksional imkoniyatlariga mos bo`lsa, rivojlanish uchun eng yaxshi sharoitlar yaratiladi.
O’QUVCHI YOSHLARda har qanday harakat qobiliyatini
rivojlantirishga maqsadli pedagogik jarayon orqali erishiladi.
Tizimlashtirilgan mashg`ulotlar ketma ketligi boshqa jismoniy
sifatlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi. ULARDA asosan chaqqonlik va tezkorlik sifatlari shakllanishi aniq namoyon bo`ladi. Ularning maqsadli shakllanishi fonida, tug`ma qobiliyatlar va chidamlilik tabiiy ravishda rivojlanadi. ULARDA jismoniy tayyorgarlik
darajasini oshirish uchun eng samarali usul - bu mashqlarni bajarish
bo`lib, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, kuch egiluvchanlik sifatlari
kompleks namoyishini talab qiladigan mashqlardan foydalanib, ammo
ularning bajarilishi bu sifatlarni faqat bittasini rivojlantirishga qaratilgan.
XULOSA:
Do'stlaringiz bilan baham: |