JISMONIY HARAKAT, UNING MOHIYATI VA AHAMIYATI
O’quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o’rinni egallaydi. Bu jarayonda harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo’lagini bajarishga o’rgatiladi, jarayon mashq qilish- takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug’ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning
shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. BU O’RINDA “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o’rgatish”, “harakat malakasi”, “harakat ko’nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi. Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o’rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir.
HarakatNI o’rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo’lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo’llaniladi. Harakat faoliyatini o’qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko’nikma vujudga keladi, bir vaqtning o’zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik,
chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo’g’imlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda hal qilinmay, sog’lomlashtirish xususiyatiga ega bo’lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo’lmaydigan sog’lomlashtirish vazifasi harakat faoliyatini o’qitishda yorqin namoyon bo’ladi. Harakat faoliyatini o’qitishda bilim berish vazifalari ham o’zining xususiyatlariga ega. O’quv
materiallarini egallash jarayonining etakchi tarkibiy qismi o’quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o’quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi.
O’quvchining o’quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog’liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to’plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo’lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi. Odatdagi sharoitda inson o’z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo’yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo’lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o’qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o’quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa
harakat faoliyatlari bilan ko’p marotaba bog’lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo’nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog’liqdir. eng avvalo, aynan o’sha
harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo’lgan harakat sifatini rivojlantirish bir
vaqtning o’zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa
sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi.
Harakat faoliyatlarini o’rgatishning samaradorligi jismoniy bilim va jismoniy rivojlanganlik darajasi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to’g’ri tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlarining oshishiga olib keladi.
1.2. JISMONIY HARAKAT SIFATLARINI OSHIRISHDA JISMONIY MASHQLARNING TUTGAN O’RNI
Do'stlaringiz bilan baham: |