Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari (KES) organik yoqilg‘ining energiyasini avvalo mexanik, so‘ngra elektr energiyasiga aylantiradi. Valning aylanishdagi mexanik energiyasi bug‘ yoki gaz molekulalari harakatini o‘zgartirish (aylantirish) orqali hosil qilinadi.
Barcha issiqlik motorlari foydalanuvchi ishchi massaning turi bo‘yicha bug‘ va gaz, issiqlik energiyani mexanik energiyaga aylantirish
usuli bo‘yicha porshenli va rotorli turlarga bo‘linadi. Porshenli usulda energiyani o‘zgartirishda ishchi massani qizdirish natijasida paydo bo‘luvchi potensial energiyadan foydalaniladi. Rotorli usulda o‘zgartirishda esa, katta tezlikda harakatlanuvchi ishchi massa zarrachalarining kinetik energiyasidan foydalaniladi.
XVIII va XIX asrlarda bug‘ mashinasi sanoat va transportda foydalaniluvchi yagona motor turi hisoblangan. Hozirgi davrda u amalda uchramaydi, o‘tmishda keng qo‘llanilgan paravoz va paraxodlar ishlab chiqarishdan deyarli to‘liq olib tashlangan.
Hozirgi davrda, asosan avtomobil transportida qo‘llaniluvchi, ichki yonuv motorlari keng tarqalgan. Statsionar energetikada ichki yonuv motorlari cheklangan miqdorda qo‘llaniladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi KESlarda bug‘ turbinalaridan foydalaniladi. Uch fazali elektr generatorlarini aylantirish uchun xizmat qiluvchi birinchi bug‘ turbina 1899-yilda Elberfeld elektr stansiyasida o‘rnatilgan. Shu davrdan katta quvvatdagi bug‘ turbinali elektr stansiyalari taraqqiyoti boshlandi.
KESlarda issiqlik motorlari sifatida gaz turbinalaridan ham foydalaniladi.
Issiqlik motorlari samaradorligini oshirish uchun ishchi massaning harorati va bosimini, konstruktiv materiallarning mexanik mastahkamligini ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, maksimal darajagacha oshirishga harakat qilinadi.
Energetikaning asosini tashkil etuvchi zamonaviy bug‘ qurilmalarida harorati 6000C gacha va bosimi 30 MPa gacha bo‘lgan bug‘dan foydalaniladi. Ishchi massaning haroratini pasaytirish uchun sovuq suvdan foydalaniladi va bunda harorat 30-400C gacha pasayadi. Natijada bug‘ bosimi juda tez kamayadi. 2.3-rasmda organik yoqilg‘ining birlamchi energiyasini elektr energiyasiga aylantirish bosqichlari sxematik tarzda ifodalangan.
2.3-rasm. Issiqlik elektr stansiyalarida energiyaning o‘zgartirilish sxemasi.
Yuqorida qayd etilganidek, bug‘ qurilmalarida issiqlik siklining asosiy jarayonlari quyidagi elementlarda yuz beradi: bug‘ generatorida – issiqlik uzatish, turbinada – bug‘ning kengayishi, kondensatorda – issiqlikni olish (sovitish). Yuqori bosim nasoslari yordamida kondensat bug‘ generatoriga haydaladi.
Gaz taqsimlash punktidan yonish kamerasiga uzatiladi. Uning yonishida paydo bo‘lgan issiqlik quvurlardagi suvni isitib, bug‘ga aylantirish uchun foydalaniladi. Suv regeneratsion isitkichlarga nasos yordamida haydaladi. Regeneratsion isitkichlarda qizdirilgan suv qozonga kirib boradi. U yerda suv bug‘ga aylantirilib, yuqori darajada qizdiriladi.
Qozondan chiqqan yuqori harorat va bosimdagi bug‘ ketma-ket tarzda turbinaning yuqori, o‘rta va past bosim silindrlariga kirib borib, uni harakatga keltiradi. Turbinada bug‘ energiyasi generator rotori aylanishining mexanik energiyasiga o‘zgartiriladi. Turbinaning yuqori o‘rtacha bosim silindrlaridan chiquvchi bug‘ning bir qismi yuqori bosimli regeneratsion bug‘ isitkich va past bosimli regeneratsion suv isitkichlarda foydalaniladi. Uning past bosim silindridan chiqqan bug‘ kondensatorga kirib keladi va u yerda sovitilib, suvga aylanadi. Paydo bo‘lgan suv nasos yordamida past bosimli regeneratsion suv isitkich va yuqori bosimli regeneratsion bug‘ isitkichlarda qizdirilib qayta qozonga haydaladi. So‘ngra sikl takrorlanadi. Bug‘ni kondensatorda sovitish havzadan (hovuz, daryo, kanal) ta’minlovchi nasos vositasida olinuvchi suv yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘mirning yonishida paydo bo‘luvchi chiqindilar tozalovchi inshootlar orqali o‘tadi. Bu yerda kul va ko‘mirning yonmay qolgan qattiq zarrachalari ajratib olinadi, gazlar esa 26 quvur orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Elektr generatori statoridan olinuvchi elektr energiyasi chiquqlar orqali elektr sistemasiga beriladi.
2.4-rasmda ko‘mirda ishlovchi kondensatsion IESda issiqlikni olish va uni elektr energiyasiga aylantirish texnologik jarayonining umumiy sxemasi keltirilga
Tegirmon
Ko‘mir ombori
Generatorо
Ko‘mir
Havo
Chiqindilar
2.4-rasm. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi texnologik jarayonining sxemasi.
Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining (KES) issiqlik balansi. KESda energiyaning ko‘p sonli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi va bunda isroflar yuz beradi. Yoqilg‘ining kimyoviy energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning iqtisodiyligi va har bir bosqichdagi isrofni elektr stansiyasining issiqlik balansidan aniqlash mumkin (2.5- rasm). Agar yoqilg‘ining kamerada yonishi natijasida hosil bo‘luvchi issiqlik energiyasini 100% deb olsak, uning taxminan 30% qismi elektr energiyaga aylantiriladi, qozon qurilmasida 12%, quvurlarda 2%, turbogenerator (elektr generatori)da 6% va kondensatorda 50% energiya isrof bo‘ladi.
Yoqilg‘ining birlamchi issiqlik energiyasi: 100%
2% 6%
qurilmasidagi
isroflar
2.5- rasm. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining taxminiy issiqlik balansi.
Do'stlaringiz bilan baham: |