Mundarija: kirish I. Bob. Jamiyatning ilmiy-texnikaviy taraqqiyotida energetikaning roli


Dunyoning ba’zi davlatlaridagi tabiiy gaz qazib olish va uning zaxirasi



Download 1,53 Mb.
bet4/10
Sana17.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#817241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAMIYATNING ILMIY TEXNIKAVIY TARAQQIYOTIDA ENERGETIKANING ROLI

Dunyoning ba’zi davlatlaridagi tabiiy gaz qazib olish va uning zaxirasi
1.1-jadval

Davlat

Qazib olish, mlrd m3

Zaxira, mlrd m3

Rossiya

560,90

48140

AQSH

539,07

4711

Kanada

167,83

1840

Indoneziya

74,23

2045

O‘zbekiston

54

5000

Malayziya

38,52

2258

Meksika

33,06

1808

Avstraliya

29,54

550

Xitoy

20,11

1160

Tailand

16,33

198

Vetnam

10,313

170

Yangi Zelandiya

5,65

68

Yaponiya

2,28

39

Jahon miqiyosida tabiiy gazning yillik iste’moli 2005-yilga kelib, diyarli 3 trln. m3 ni tashkil etdi. Tabiiy gazning dunyoning yoqilg‘i- energetik kompleksidagi ulushi 22% tashkil etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining tabiiy gaz zaxirasi taxminan 5 trln. m3 ni tashkil etib, bu dunyo zaxirasini 1,3% tashkil etmoqda (1.1- jadval). Ma’lumotlarga ko‘ra Respublikamizda 2004-yilda 187 ta uglevodorodli xomashyo konlari aniqlangan va ochilgan, shulardan 91 tasi gaz va gaz kondensatlaridir. Hozirgi kunda mamlakatimiz 25 ta kompressor stansiyalariga egadir. Yirik stansiyalarimizdan biri bo‘lmish
«Kokdumoloq» kompressor stansiyasida kuniga 4,2 mln. m3 gaz ishlab chiqarilmoqda.

1.4- rasm. O‘zbekiston Respublikasida mavjud elektr stansiyalari o‘rnatilgan quvvatlarining tuzilmasi.




O‘zbekiston Respublikasining issiqlik elektr stansiyalari
1.2-jadval

Stansiya

O‘rnatilgan quvvat, MVt

Sirdaryo IES

3000,0

Yangi-Angren IES

2100,0

Toshkent IES

1860,0

Navoiy IES

1250,0

Taxiatosh IES

730,0

Farg‘ona IEM

330,0

Angren IES

484,0

Muborak IEM

60,0

Toshkent IEM

30,0

Tollimarjon IES (1- blok)

800

Jami:

10644,0

Gidroelektr energetikasi O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimidagi bir nechta unchalik katta bo‘lmagan quvvatli GES kaskadlari bilan belgilanadi. Bulardan O‘rta-Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kirib, suv omborlariga ega bo‘lgan 600 ming kVt quvvatli Chorvoq va 165 ming kVt quvvatli Hojikent GESlari asosan quvvat balansini rostlovchi stansiyalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qolgan GESlarning ish holatlari esa havzadan oqib o‘tuvchi suv miqdori bilan belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida mavjud GESlarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 1419 kVtni tashkil etadi.
O‘zbekistonning energetika tizimi Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika tizimilari bilan tutashgan bo‘lib, Markaziy Osiyo Xalqaro Birlashgan energetika tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ko‘p miqdorda ishlab chiqariluvchi elektr energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarga taqsimlash turli kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi taxminan 240 ming km bo‘lib, jumladan, 500 kV kuchlanishli liniyalar 2,1 ming km, 220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 ming km ni tashkil etadi.
Kelajakda xalq xo‘jaligining taraqqiy etib borishi bilan hamohang tarzda Respublikamiz energetikasi ham yanada yuqori jadallikda rivojlanib boradi. 1.3- jadvalda O‘zRda 2020-yilgacha elektr energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi dinamikasining ssenariysi tasvirlangan.
Elektr energiya balansini ushbu jadvalda keltirilgan darajada bo‘lishini ta’minlash elektr stansiyalarida qo‘shimcha, samarali bloklarni o‘rnatib, ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiyalash, qo‘shimcha elektr tarmoqlarini qurishni nazarda tutadi.
2015-yilgacha bo‘lgan vaqt davomida issiqlik energetikasi sohasida Navoiy IESni 478 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ)ni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent issiqlik elektr markazini 3 ta
27 MVt quvvatli gaz-turbina qurilmasi (GTQ)ni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Tollimarjon IESni 2 ta 450 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga kengaytirish, Toshkent IESni 370 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish hisobiga modernizatsiyalash, Angren ko‘mir havzasini modernizatsiyalash orqali Yangi-Angren IESning 1-5 bloklarini butun sutka davomida ko‘mir yoqishga o‘tkazish bo‘yicha investitsiya loyihalarining bajarilishi ko‘zda tutilgan.
Gidroenergetika sohasida esa, ushbu vaqt davomida moder- nizatsiyalash ishlarini amalga oshirish hisobiga Chorvoq GESning quvvatini 45 MVtga, Toshkent GESlari kaskadining quvvatini 8,3 MVtga, Quyi Bo‘zsuv GESlarining quvvatini 2,5 MVtga oshirishga oid investitsiya loyihalari bajariladi.
O‘zRda elektr energetika taraqqiyotining 2016–2020-yillarga mo‘ljallangan navbatdagi dasturi Navoiy IESda ikkinchi 450 MVt quvvatli BGQni o‘rnatish, Tollimarjon IESni navbatdagi 450 MVt quvvatli BGQ hisobiga kengaytirish, Muborak IEMni 120 MVt quvvatli GTQ hisobiga modernizatsiyalash, Yangi-Angren IESda 300 MVt quvvatli 8- blokni qurish, Angren IESda yuqori darajadagi zonali ko‘mir yoqiladigan 150 MVt quvvatli 2- blokni qurish va Surxondaryo viloyatida 300 MVt quvvatli IESni qurish orqali IESlarning umumiy quvvatini 1770 MVtga oshirish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, ushbu dastur Toshkent viloyati hududida Pskem (404 MVt), Mullalak (240 MVt), Quyichotqol (100 MVt), Oqbuloq (60 MVt), Irgalaylik (13,6 MVt), Suxondaryo viloyati hududida Zarchob (90 MVt) va Nilyu-2 (30 MVt) kabi GESlarning qurilishi hisobiga respublikada mavjud GESlarning o‘rnatilgan umumiy quvvati 955,7 MVtga ortishini nazarda tutadi. Ushbu muddatda o‘rnatilgan umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol qurilmalari parki, 100 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi, umumiy uzunligi 1271,2 km bo‘lgan 220-500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari, transformatorlarining umumiy quvvati 3450 MVA bo‘lgan podstansiyalarning qurilishi mo‘ljallangan.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish