Mundarija. Kirish I. Bob Jamiyat haqida asosiy tushuncha. 1 Jamiyat o’zi nima?


O’zbekistonda jamiyat hayotini erkinlashtirish



Download 54,08 Kb.
bet5/6
Sana02.07.2022
Hajmi54,08 Kb.
#729565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbekistonda jamiyat hayotini erkinlashtirish

2.2 O’zbekistonda jamiyat hayotini erkinlashtirish
Tanlash erkinligi iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining ustunligini, ularning o‘z hohishi, istaklari, didi, daromadiga mos tovar va xizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi. Buning uchun birinchidan, tovar xizmatlar hamda resurs bozorlari ham qimmat ham arzon, bir-birlarining o‘rnini bosuvchi va to‘ldiruvchi tovarlar ularning hayoti va salomatligiga ziyon va zarar yetkazuvchi tovarlardan himoya qiladi. Shu maqsada O‘zbekiston Respublikasining «is’temolchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublika iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o‘zlarida bor bo‘lgan qobiliyatlarini va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot subyektlari shaxsiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning chegarasini belgilaydi.Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, xaridorlar manfaati, didi xohishi inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnoldogiyadan foydalanishga undaydi. Tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va davlatning roli cheklangan bo‘ladi. Davlat bozor mexanzmining amal qilishiga ko‘maklashadi. Buning uchun davlat iqtisodiyot subyektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning faoliyat, «o‘yin» qoidalarini belgilaydi.Aholining turmush darajasining barqaror o‘sib borishini, boy-kambag‘allar o‘rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, tranfert to‘lovlari vositasida qayta taqsimlaydi. Makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishini ta’minlash maqsadida soliq budjet va pul-kredet vositalari orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Davlat bozor mexanizmi to‘la-to‘kis bajara olmagan vazifalarni o‘z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot subyektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi. Hamda jamiyat uchun kerak bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi. Demak, O‘zbekiston iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi xususiy mulkning miqyoslarini kengaytirish va uning daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tanlash erkinligiga, raqobatga asoslangan bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda davlatning iqtisodiy funksiyalari va faoliyat doiralarini cheklash bilan chambarchas bog‘liqdir Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotini erkinlashtirishga yo‘naltirilgandir. Iqtisodiyotni davlat iskanjasidan, tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 y.y.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yangisi, tenglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulklilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonuniy qabul qilingan;kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida (1995-1999 yillarda) davlat mulkini dastlabki, kichik xususiylashtirishni tugallash, mulkni xaqiqiy egalari qo‘liga topshirish tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilanadi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport sohasidagi, agrosanoat komplekssining go‘sh-sut oziq-ovqat va paxta sanoati tarmoqlaridagi o‘rta va yirik korxonalar, shuningdek.toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi sayyoxlik komplekslari xusisiylashtirilishi boshlandi. Bu bosqichda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari yaratildi, ularning aksiyalarni erkin sotishga chiqarildi hamda keng ko‘lamdagi ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keldi. Davlatning aksiyalardagi ulushi 26 foizdan oshmaydigan qilib quyildi. Aksiyalarning 50 foizdan ko‘prog‘i aholiga, milliy va xorijiy investorlarga erkin sotiladigan bo‘ldi. Ammo shu davrda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat va turli nazorat organlarini noo‘rin noqonuniy aralashuvi holatlari ko‘paydi. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korxonalar vujudga keldiki, ular ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida o‘z hokimliklarini o‘rnatib, narx-navoning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldilar. Ushbu sektordagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida, aksiyalarida davlat ulushi katta miqdorda saqlanganligi oqibat davlat ishonchli vakillarining ularning faoliyatiga noo‘rin aralashishiga imkon yaratar edi.
Valyuta tizimi va bozorning davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi esa korxonalar va tadbirkorlikning tashqi bozorlarga erkin chiqish imkoniyatini kamaytirardi. Bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi bu fayli tadbirkorlar moddiy texnika resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kreditlar olishga qiyinchilikka uchrar edilar. Ushbu noxush holatlar iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinliklarini kengaytirish, xususiy mulkdorlar mavqeini yanada ko‘tarishni taqozo etib qoldi. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vazifasini qo‘ydi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov «O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimzning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘li o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylandi»,-deb ta’kidlaganlar. Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda o‘rta mulkdorlar sinfi shakllanadi. Prezidnet I.A.Karimov iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan:
Birinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish;
Ikkinchidan, mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish. Buning uchun xususiy mulkchilik yetakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish:
Uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish:
To‘rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish:
Beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish:
Oltinchidan, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xo‘jalik faoliyatga noo‘rin aralashishni cheklab qo‘yish.
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish tadbirlari olib borildi.2000-2002 yillarda 3117 ta tarmoq tarkibini belgilab beruvchi yirik korxonalar, ijtimoiy-madaniy obyektlar davlat tasarrufidan chiqarildi.Shu davr oxiriga kelib, aksiyadorlik jamiyatlari soni 6000 dan oshib ketdi (qarang 1-jadval).
Mulk shaklini o‘zgartirgan davlat korxonalari orasida «Elektrokimyosanoat», «Navoiyazot» «Ammofos», «O‘zbekrezinotexnika» ishlab chiqarishi birlashmalari, Toshkent va Farg‘ona issiqlik markazlari, Sirdaryo GRESi yuk vagonlarini ta’mirlash zavodi, yo‘lovchi tashiydigan vagonlarni ta’mirlash korxonasi.O‘bekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli materiallar kombinati singari strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik korxonalar bor. Bu jarayon sifat jihatdan ham o‘zgardi chunki xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlarni keng aholi qatlamlarini jalb etish ishlari olib borildi.Aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushlari butunlay yoki qisman ayrim yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar butunlay xorijiy investorlar sotilishi boshlandi.Korporativ guruhiy ulushli mulk egalarining manfaatlarini huquqlarini muhofaza qilish uchun aksiyadorlik jamiyatlaridagi korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda. Iqtisodiyotni erkinlashtirishddagi bosh vazifa bo‘lgan davlatning nazoratchilik va boshqarruvchilik vazifalarini funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar faoliyatiga noo‘rin aralashishini keskin kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda, daromad solig‘i stavkalari qisqartirilib, soliq yuki yengillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi 2000 yilda qonunning qabul qilinib, joriy etilishi oqibatida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash kuchaymoqda. Bunday ijobiy ishlar ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik sube’ktlarining soni 2003 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 240 mingtaga yetdi( qarang 1- jadval) . Ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 % dan oshdi. Xususiy sektorda iqtisodiyotda band bo‘lganaholning qariyb 52 %dan ortig‘i faoliyat yuritmoqda. Ushbu vazifalari amalga oshira borishi oqibatida 2002 yilda 1990 yilga nisbatan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi YAIM da 38.1 foizdan 73.3 foizga ,sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 10,4 foizdan 71,4 foizga yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmidan 65 foizdan 99,1 fotzga chakana savdo aylanmasida 51 foizdan 97,6 foizga, aholining ish bilan bandligida 37.2 foizdan 76.6 foizga yetdi. Demokratik jamiyatga xos bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarning birgalikda amalga oshirilishi tufayli O‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) buyurtmasiga ko‘ra Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o‘sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106.8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu ko‘rsatkich 38.4 foiz, Rossiyada 64.3 foiz, Qozog‘istonda 85.6 foizni tashkil etgan.Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz-so‘m 2003 yil 15 oktabrdan joriy to‘lovlar bo‘yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
3. Demokratik jamiyatni qurishni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.


Xulosa
Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi.Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o’z ichiga qamrab oladi.Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, ehtiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.Huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini tahminlovchi yetuk mutaxassislar yetishtirishni taqozo etadi.Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlariga, «O’zbek modeli»ning mazmuni va mohiyatiga mos bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda.Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga xos bo’lib, bunda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi.O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda.

Download 54,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish