II.Bob asosiy qism.
2.1 Jamiyat hayoti va yashash tarzi
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Хususan, eng avvalo, mamlakat xukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo’nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk yuulishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho’rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas «ma’naviy» merosdan poklanmasdan turib istiqlolga ximazt qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
Тo’rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri-o’tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho’ro davrida tarkib topgan munosabat kib «illat» sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg’unligi ta’minlandi. Mamlakat Perizdenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustivor vazifa «xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir.
Mustaqil O’zbekistonda istiqlol ma’naviyat sohasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho’rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim.
Ikkinchi, eng muhim vazifalardan yana biri erkin fuqarolik jamiyatining ma’naviyatini shakllantirishdir, zero «ozod, o’z haq-huquqilarini yaxshi taniydigan. Boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib ashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |