6-rasm. Avtotransport vositalarining havo muhitiga ta’siri.
Avtotransport vositasidan atmosfera havosiga tashlanadigan ba’zi zaxarli gazlar meteorologik sharoitlarda fotokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Azot qo’sh oksidi parchalanib, azot oksidiga aylanadi, natijada atomlar xolidagi oksigen(kislorod) xosil bo’ladi, aldegid va kationlar esa radikallarni paydo qiladi. Mazkur ko’rinishdagi reaksiyalar navbatdagi ikkinchi reaksiyalarning kelib chiqishiga yordam beradi, oqibatda o’ta zaxarli tarkibga ega bo’lgan smog xosil bo’ladi. Biz yuqorida tashqi muxitga nixoyatda tasirchan ko’rg’oshin bilan ifloslanishiga asosan avtomobillar sababchi ekanligini ko’rsatib o’tgan edik. Manbalarda keltirilishicha, 1928-yildan avtotransport yonilg’ilari tarkibiga tetroetilko’rg’oshin birikmasi ko’shiladigan bo’ldi va bu usul 1959-yildan boshlab tadbiq etila boshlandi.
Ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan qo’rg’oshin birikmalari 1 m3 atmosfera h avosida 1-2 mg.dan 4-5 mg.gacha yetadi, bunda albatta, motorlarning ish rejimiga qarab, xavoning ifloslanish darajasi o’zgarib turadi. Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, qishloqlardagi turar joylardagi 1m3 havo tarkibida qo’rgoshin miqdori 0,1 dan 0,5 m ga teng bo’lsa, shaharlar havosida 1 dan 5 mkg atrofida bo’ladi. Katta magistral yo’llar atrofidagi 1 m3 havo tarkibida 14-38 mkg qo’rgoshin borligi aniqlangan.
Avtotransport vositalari sonining ortib borishi tashqi muhitga ajralib chiqayotgan qonserogen moddalarning salmog’ini ortishiga olib keladi. Ko’rinib turibdiki, tajovuzkor va zaxarli hisoblangan qo’rg’oshin va qonserogen moddalar orasida qandaydir uzviy bog’lanish bo’lib, ulardan biri salmog’ining ortishi ikkinchisining ham ortishiga ham bog’liq bo’ladi. Ularning tabiatda aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
——> inson
Xavo —>tuproq—>o’simliklar dunyosi —>tirik organizmlar.
——> hayvon
Ko’rsatilgan tarix asosida xavfli, tajovuzkor moddalar tashqi muhitda aylanib yurib, pirovardida odam organizmiga salbiy tasirini ko’rsatmasdan qolmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.
Avtotransport vositalari atmosfera xavosini azot oksidi bilan 40,5%, uglerodlar bilan 42% zararlantiradi. Xavoga chiqarib tashlanadigan 100 mln.tonnaga yakin is gazining 73,5 mln.tonnasi yoki 78% i avtotransport vositalariga to’g’ri keladi. Shaxarlar havosining 60% ini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi avtotransport hisobiga to’g’ri keladi.
Tabiat boyliklari shunday taqsimlanganki, bir region neftga boy bo’lsa, boshkasi metallarga boy, qaysi bir mamlakat qurilish materiallariga juda boy bo’lsa, ikkinchi mamlakat undan maxrum. Bunday tabiiy boyliklarni bir regiondan ikkinchi regionga tashishni avtotransportlar orqali amalga oshirish mumkin emas. Bunga bir tomondan, kit’alar katta okean va dengizlar bilan ajratilganligi bo’lsa, ikkinchidan, katta hajmdagi yuklarni avtotransportlarda tashish iqtisodiy jixatdan samara bermaydi. Shu sababli transport vositalari orqali tashilayotgan yukning umumiy miqdori bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak, birinchi o’rinda dengiz va okean taransportlari turadi. 1980 yillar atrofida neft maxsulotlari qazib olish dunyo bo’yicha o’zining eng baland nuqtasiga chiqqan edi. O’sha yillarda 3 mlrd.tonna atrofida neft qazib olingan bo’lsa, uning taxminan 60% i Fors ko’ltig’i mamlakatlariga to’g’ri keldi. Shu bilan birga jaxonda ayrim mamlakatlar borki, ularda umuman neft qazib olinmaydi. Masalan: Yaponiyaga o’xshagan sanoati juda rivojlangan mamlakat yiliga 300-400 mln.tonna neftni qayta ishlab undan energiya, avtotransport yoqilg’ilari, kimyoviy maxsulotlar va boshqa doridarmonlar ishlab chiqaradi. Shu neftni taxminan 90 % dan ko’prog’i tankerlarda O’rta Shark mamlakatlaridan va uzoq indoneziyadan olib kelinadi. Yevropadagi juda ko’pchilik mamlakatlar Fors qo’ltig’i mamlakatlaridan, bir qismini sobik ittifoqdan olar edi. Mana shunday katta xajmdagi neft va neft mahsulotlarini tankerlar va super tankerlarda tashilishi natijasida yiliga 10-12 mln.tonna neft va neft maxsulotlari dengizlarga to’kilmoqda. Tankerlarni qanday yuk bilan avariya bo’lishi va cho’kishidan qat’iy nazar, dengiz suvlar u yomon darajada ifloslanadi. 1960-yili AQSH ning Liberiya bayrog’i bilan yurgan “Tori kanvon” nomli super tankeri Angliyaning janubiy Yevropa qismida dengizning sayoz joyida toshga urilishi natijasida 12000 tonna xom neft bilan halokatga yuz tutdi. Juda katta urinishlarga qaramay qutqarish mumkin bo’lmadi, natijada tanker cho’kib ketdi. Undan to’kilgan katta miqdordagi neft Angliya va Fransiya qirg’oqlarigacha yetib keldi. Bir necha oy davomida cho’milish xavzalaridan foydalanish mumkin bo’lmadi. Eng achinarlisi shundaki, biosferaga, ayniqsa gidrosferaga juda katta zarar etdi. Bir necha ming tur dengiz hayvonlari va shuningdek dengiz kirg’og’ida yashaydigan hayvonlar va qushlar xalok bo’ldi. Dengiz ekologiyasi buzildi. 1976 yili Tinch okeanida 10000 tonnali tanker, shu yili Ispaniyaning uncha uzok bo’lmagan rayonida 40000 tonnali tanker, shu yili Amerikaning shimoliy sharqida 27000 tonnali tanker, Los-Anjeles yakinida 40 ming tonnali tanker avariyaga uchradi. Amerikada chiqadigan “Taym” jurnalida ta’kidlanishicha, fakat 1976 yilning o’zidagina 19 ta tanker xalokatga uchradi. 1964-1976 yillar orasida 198 ta tanker xalokatga uchradi va uning oqibatida 108 kishi xalok bo’lgan. 1917 yili 2 ta AQSHning super tankeri har biri 330 ming tonnadan neft bilan o’zaro to’qnashib xalokatga uchradi va okeanga 26 ming tonna neft to’kildi. Tarixda eng katta xalokat 1978 yili Amerikaning Liberiya bayrog’i bilan yuradigan “Amakades” super tankerida O’rta yer dengizida yuz berdi. Tankerda 220 ming tonna neft maxsulotlari bo’lib, ularning to’kilishi natijasida dengizning 3,5 ming kv.m qismi neft maxsulotlari bilan qoplangan. Bir necha yuz ming dengiz hayvonlarining xalokatiga sabab bo’ldi.
Atmosfera xavosining ifloslanishiga juda tez rivojlanayotgan aviatsiya ham o’z xissasini qo’shmoqda. Bitta o’rtacha xavo layneri 8 soat uchishi davomida 25 tonna aviakerosin sarflab, 200 tonna kislorodni boshqa gazlarga aylantirib yuboradi. TU-144 tipidagi samolyotlar yuqoridagiga nisbatan 3-4 barobar ko’proq yoqilg’i va kislorod sarflaydi. Samolyotlarda ham yonish maxsulotlari asosan avtomabillarnikiga o’xshash. Ammo bu yerda azot oksidlarining miqdori ancha ortiq. Samolyotlar uchishi natijasida atmosferada sun’iy bulut xosil bo’ladi va o’z navbatida mikroiqlim yomonlashuviga olib keladi. Eng yomoni shundaki, samolyotlardan xosil bo’layotgan azot oksidlari xisobiga ozon kavati yemirilib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |