Korxona va uning texnik ishlab chiqaruvchi manbalari. Iqtisodiy nuqtai-nazaridan korxona to`liq yoki qisman iqtisodiy va xo`jalik yakkalikni, tashkiliy – ma`muriy mustaqillikni, texnik ishlab chiqarish, birligi sifatlariga ega bo`lgan xo`jalik strukturasini ifodalaydi. Texnik ishlab chiqarish birligi asosini bir butunlikni mujassam etuvchi o`zaro bog`langan va o`zaro to`ldirgan ishlab
Ular umumiy xom-ashyo, material va texnologik jarayonlar xizmatidan foydalanib tayyor mahsulot hosil qilish bilan xarakterlanadi. Korxonaning ma`muriy tashkil etish mustaqilligi munosabatlar va aloqalardan yopiq ma`muriy tashkiliy tizimni ifodalaydi. Buning markazida rahbar turadi. U korxona va xodimlar faoliyatining natijalari va mexanizmga yondoshib o`z huquqi chegarasida mustaqil qarorlar. Korxonaning moddiy asosini va undagi ishlab chiqarish jarayonlarini
uning texnik ishlab chiqarish manbalari tashkil etadi. U o`z ichiga mehnat predmetlariga – xom-ashyo, materiallar, komplektlashtirish buyumlariga bevosita ta`sir etuvchi aktiv elementlarni, shuningdek shu ta`sir etish jarayoniga sharoit yaratib beruvchi, ya`ni obhavo o`zgarishi, shamol, yogingarchiliklar oladi. Texnik ishlab chiqarish manbasining asosiy elementlariga avvalo ishlab chiqarishga mo`ljallangan bino va jihozlar sexlar korpusi, trubalar, omborlar kiradi. Boshqa asosiy element bir qancha alohida mustaqil guruhlarni tashkil etuvchi turli mashina va jihozlar hisoblanadi. Yana texnik ishlab chiqarish manbaining ikki asosiy elementlari transport vositalari va har xil turdagi asboblar hisoblanadi. Boshqaruv qarorlarini, korxonani texnik ishlab chiqarish manbalari
holatini yaxshi bilgan holda qabul qilishi kerak.
Korxonaning funksional ostki tizimlari. Korxonani ostki tizimlaridan
iborat ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko`rish mumkin. Ostki tizimlar sifatlariga qarab guruhlash mumkin. Korxona birlik tizimida ierarxiya funksional, kibernetik ostki tizimlar alohida o`rin tutadi (ierarxiya – quyi mansablarning yuqori mansablarga bo`ysunish tartibi). Korxona murakkab ierarxik tizim hisoblanadi (1.2-rasm). Uning pog`onalari sifatida ishlab chiqarish, sex ish joyini olish mumkin.
Bu tizimda har bir yuqori pog`ona pastki pog`ona uchun tashqi muhit
elementini ifodalaydi, har bir pastki pog`ona esa yuqori pog`onaning ichki elementi hisoblanadi.
Ierarxiya pog`onalarining barchasi funksional ostki tizim xarakteriga ajralish mumkin va kibernetik tizim singari boshqaruv ob`yekti va
subeyktlarga egadir.
Funksional ostki tizimlar:
1. Ishlab chiqarish jarayonlari ostki tizimi: Tirikt mehnatni tashkillash, mahsulot sifatini ta`minlash, asosiy ishlab chiqarish jarayonlari.
2. Ishlab chiqarish elementlari tarkibining ostki tizimi: Mehnat predmetlari, kadrlar, ishlab chiqarishga ta`sir etuvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari.
3. Ishlab chiqarish infrastrukturasini ostki tizimi. Tayyor mahsulotning sotish va ishlab chiqarishni moddiy texnik, energetik, transport xizmati bilan ta`minlash, asosiy ishlab chiqarish fondlarini remont qilish va texnik xizmat ko`rsatish.
4. Korxonani boshqaruv ostki tizimi: texnik-iqtisodiy rejalash, moliyalash, buxgalteriya hisobi, korxonaning ilmiy texnik rivoji, kollektivning ijtimoiy rivojlanishi.
Korxonaning har bir bo`limi va har bir funksional ostki tizimi: kibernetik tizim sifatida ham mavjud bo`ladi. Ular aloqa kanallari bilan o`zaro
bog`langan boshqaruv ob`yektlari va sub`yektlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |