Mundarija: Kirish I bob. Ishlab chiqarish mazmuni va ishlab chiqarish funksiyasi



Download 1,32 Mb.
bet15/17
Sana08.03.2022
Hajmi1,32 Mb.
#486507
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ishlab ariyasi[1] tayyor

Xulosa va takliflar

Biz xulosa o`rnida shuni takidlab o`tishni joiz deb bildik. Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiziqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o`zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o`tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Bunda tarkibiy o`zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg`i- energetika va g` alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta`minlash shuningdek, bu o`zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom- ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda istiqbolda xalqaro va davlatlararo me hnat taqsimotida, jahon bozorida


O`zbekistonning mustahkam o`rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur`atlar bilan o`stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqob atga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg`or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o`rta korxo nalar uchun mo`ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to`ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcham
texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish zarurligi g`oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir.
Ishlab chiqarishni texnik yangilash va modernizatsyalash jarayonlarni namoyon bo`lish shakllari va usullari o`ziga xos xususiyat kasb etib, ularning samaradorligi iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda erkinlashtirish jaryonlariga ham bog`liq bo`ladi. Korxonalar o`zining ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi va maqsadini samarali amalga oshirish uchun innovatsion asosda barqaror rivojlanishi zarur. Bu esa, korxonalar uchun manfaatdor, yuqori darajada daromad keltiradigan ishlanmalar va yangiliklarni qo`llab-quvvatlash, energiya, resurs tejamkorligini ta`minlovchi samarali ilmiy hajmdor texnologiyalar va intellektual tizimlarni amaliyotga joriy etadigan innovatsion jarayonlar strategiya elementlarini quyidagi ko`rinishda ifodalashimiz mumkin.
Demak, yuqoridagi mulohazalar korxonalar raqobatdoshligini oshirishning muhim omili texnik yangilash va modernizatsyalash jarayonlarni strategik boshqarish ekanligini ko`rsatadi. Chunki modernizatsya jarayonlar strategiyasi raqobatchilarga nisbatan mazkur korxona salohiyati va kuchini mustahkamlashga qaratilgan, qo`yilgan maqsadlarga erishishning o`zaro bog`liq bo`lgan tadbirlar majmui hisoblanadi. Bu esa, korxona innovatsion staregiyasini to`g`ri tanlashga, mahsulot raqobatdoshligini oshirish mexanizmlarini samarali tashkil etishga, ishlab chiqarish uchun ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Pirovard natijada korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga sharoit yaratiladi.
Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini o`zgartirish orqali tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish yo`llarini tadqiq qilish va o`rganish asosida quyidagi muhim xulosalarni va takliflarni shakllantirishga muvaffaq bo`lindi:



  1. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi va davlatning iqtisodiyotni tartibga solish rolining kuchayib borishi bilan iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida paydo bo`lgan yoki paydo bo`lishi mumkin bo`lgan nomutanosiblikni bartaraf etshda bozor mexanizmining sof holdagi amal qilish doirasi cheklanib bormoqda. Turli-tuman iqtisodiy manfaatlarni yagona umummilliy manfaat doirasida uyg`unlashtirish, barqaror iqtisodiy o`sishni va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta`minlash maqsadi bozor regulyatorlarini ham ma`lum ma`noda nazorat qilish va tartiga solish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.

  2. Tarmoq va hudud dasturlarini muvofiqlashtirish va umumlashtirish asosida respublikada iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan nomutanosiblikni oldindan bartaraf etish chora-tadbirlari majmuini ifodalovchi kompleks dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir

  3. Innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqarishga transfer qilish darajasi juda past. Shu bois, xodimlarning yangilikni joriy etishga manfaatini oshirish hamda natijalarni transfer qilish bo`yicha samarali mexanizmini ishlab chiqish zarur.

  4. Innovatsion faoliyat bilan shug`ullanuvchi, ayniqsa yangilik asoschilarini (ilmiy xodimlar, muhandislar, konstruktorlar)ni turli xil rag`batlantirish choralar (mukofot, yorliq, tashakkurnoma berish, bepul dam olish, sanatoriyaga yuborish, sayyohatni uyushtirish va h.k.) nazarda tutish lozim.

  5. Internet tarmog`ida innovatsion muammolar, texnik va patentli axborotlar juda ko`p, biroq, tadbirkorlar uchun eng muhim bo`lgan bozorlar to`g`risida axborot juda kam. Shu bois mazkur axborotni va innovatsion faoliyat bilan bog`liq boshqa ma`lumotlarni o`z ichiga olgan rasmiy portal yoki saytni yaratish va yurg`izish hamda uni nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifalarni manfaatdor idoralar zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq.

  6. Zamonaviy texnologik bozor murakkab iqtisodiy tuzilmani o`zida namoyon etib, u nafaqat milliy doirada, balki global doirada amal qiladi. Bunda oldi-sotdi predmeti nafaqat tovarlar, balki turli texnologik yangiliklarga bo`lgan patentlar, litsenziyalar va h.k. hisoblanadi. Shu bois yangilikni yaratishdan oldin ishlab chiqarish, davlat va jamiyat ehtiyojlarini o`rganish, marketing va menejment bo`yicha tadqiqotlarni olib borish, shu jumladan soha mutaxassislar bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish