L1, L2 – Mehnatning ikkita ketma-ket kelganlari.
Bir o`zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
-jadval
Kapital sarfi,
K
|
Mehnat sarfi,
L
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi,Q
|
O`rtacha mahsulot,
|
Chekli mahsulot,
|
15
|
0
|
0
|
-
|
-
|
15
|
1
|
12
|
12
|
12
|
15
|
2
|
32
|
16
|
20
|
15
|
3
|
60
|
20
|
28
|
15
|
4
|
80
|
20
|
20
|
15
|
5
|
95
|
19
|
15
|
15
|
6
|
108
|
18
|
13
|
15
|
7
|
112
|
16
|
4
|
15
|
8
|
112
|
14
|
0
|
15
|
9
|
108
|
12
|
-4
|
15
|
10
|
100
|
0
|
-8
|
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashadigan kapitalning o`zgarmasligini ko`rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to`g`ri keladigan mahsulot o`rtacha mahsulot bo`lib, u to`rtinchi ustunda keltirilgan. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O`rtacha mahsulot maksimal bo`lganda mehnat sarfi to`rt birlikni tashkil etadi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPLkeltirilgan. U qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayirish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o`zgarmas bo`lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o`zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo`shimcha mahsulot yaratadi. O`rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya`ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o`sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari, kapital sarfiga ham bog`liq. Agar mehnat sarfi o`zgarsa kapital sarfi ham o`zgarishi mumkin.
Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni shuni ko`rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o`zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo`shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi1.
Korxona iqtisodiy strategiyasining lokal ishlab chiqarish
maqsadlari. Lokal maqsadlar o`zining mohiyatiga ko`ra bo`ysunuvchi maqsad
xarakteriga, ya`ni korxonaning iqtisodiy strategiya umumiy maqsadini amalga oshiruvini ta`minlovchi ishlab chiqarish maqsadlariga ega.
Lokal maqsadlarga qo`yiladigan quyidagi umumiy talablar mavjud:
- maqsadlarning aniq va o`lchash imkoniyati bo`lishi kerak;
- maqsadlar vaqt bo`yicha qisqa davrga, o`rta davrga, uzoq davrga
mo`ljallangan bo`lishi kerak;
- maqsadlar erishishi mumkin imkoniyatda bo`lishi kerak;
- maqsadlar bir-biriga zid bo`lmasligi kerak.
Iqtisodiy strategiyaning lokal maqsadlari ichki va tashqi omillar ta`sirida shakllanadi. Ularni birgalikdagi hisobi korxona asosiy vazifalarini ifodalashga, uni ishlab chiqarish turi va raqobatdoshligini baholashga imkon beradi.
Korxonaning asosiy vazifasini (missiyani) ifodalash iqtisodiy strategiyaning asosiy elementlaridan (maqsadlaridan) hisoblanadi. Missiya deb, umumiy asosiy maqsadga aytiladi – maqsadda korxonaning bog`liqlik sabablari aks etishi kerak.
Missiyaning ifodasi quyidagi elementlarni o`z ichiga olishi kerak:
1. Firmaning asosiy tovarlari va xizmatlarini uning asosiy bozori va asosiy texnologiyasi nuqtai nazaridan uning maqsadi. Missiya, firma qanday
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ulanishi savoliga javob beradi.
2. Tashqi xo`jalik muhitini firmaga munosabati bo`yicha ta`riflash, firmaning
mehnat parametrlarini, uning vazifasidagi shart-sharoitlar to`plashni aniqlaydi.
3. Firma madaniyati, uning ostida firmaning ichidagi mavjud mehnat muhiti
xarakteri tushuniladi. Madaniyat tushunchasiga shuningdek firma obro`i,
uning biznesdagi o`rni, u haqida jamiyatdagi fikrlar tushuniladi.
Firmaning missiyasi mijozlarni jalb eshtish omili sifatida xizmat qiladi.
Masalan, taniqli “Ford” kompaniyasi missiyasining ifodasi - “insonlarga arzon transportdir``.
Firma missiyasi uning ishlab chiqarish ixtisosligini oldindan aniqlaydi, ya`ni uning tarkibini, tuzilishini va iste`molchilarning talabini sifatli resurslardan foydalanib tovar va xizmatlar bilan qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |