Mundarija kirish i-bob. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarining mazmun-mohiyati va turkumlanishi


IIBOB. MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI QIYMATINI BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI



Download 120,51 Kb.
bet9/12
Sana24.01.2021
Hajmi120,51 Kb.
#56677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mundarija kirish Investitsiya Yangi manba

IIBOB. MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI QIYMATINI BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI

2.1. O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tahlili

Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar.

Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida 2011 yilda o’nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn 0’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo’yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung”

kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasini barpo etish, O’zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo’nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg’in pallaga kirdi.

 “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan.

2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.



rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yillar davomida o’sish dinamikasi9, foizda.3

O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat investitsiya siyosatining naqadar to’g’ri yo’ldan olib borilayotganligini va uning odil siyosat sifatida butun dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof qilinib kelayotganligi bilan ham tasdiqlamoqda.

Quyidagi rasmda 2003-2011 yillar davomida Davlat investitsiya dasturi doirasi jalb qilingan jami xorijiy investitsiyalar haqidagi ma’lumot keltirilgan:

Strategiyaning asosiy vazifalari uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha: investitsiya muhitini yaxshilash, ichki investitsiya manbalarini kengaytirish va investitsiya manbalarining samaradorligini oshirish, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish aniqlangan.

2025 yilgacha investitsiyalarning asosiy manbalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik, davlat investitsiyalari va korporativ qimmatli qog‘ozlar sarmoyalari bo‘ladi. 2019-2025 yillarda amalga oshirilayotgan hamda istiqbolli yangi investitsiya loyihalari doirasida 1002,5 milliard so‘mdan ortiq markazlashtirilmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko‘zda tutimoqda. Shuningdek, yaqin 30 foizi  korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yildagi 30,5 foizdan 2025 yilda 37,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, 2025 yilda jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 11 milliard AQSh dollarga yetkaziladi, bu ko‘rsatkich 2018 yilda 1,6 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.

Investitsion siyosat strategiyasining amalga oshirilishining natijasi respublikaning hududiy va sanoat rivojlanishini har tomonlama ta’minlash, shuningdek mahsulotlarning xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirlarini shakllantirish, mavjudlarini mustahkamlash va yangi hududlararo va tarmoqlararo aloqalarni shakllantirish, sohalar, hududlar, davlat organlari va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarinin amalga oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi va bu iqtisodiyotda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo’lib xizmat qiladi.

Investitsiyalarning mulkiy tuzilishi sodda ko’rinsa-da, uning tarkibida murakkabliklar mavjud. Bu, eng avval, nodavlat investitsiyalariga taalluqlidir. O’zbekistonda shakllangan nodavlat sektori ikki qismdan iborat. Birinchisi, xususiy sektor bo’lsa, ikkinchisi, jamoa sektoridir. Xususiy mulk esa tarkiban bir xil emas, u individual va korporativ mulkdan iborat. Bu mulklar tabiatdan xususiy hisoblansa-da, ular farqlanadi. Shunga binoan investitsiyalarni ham mulk ob’ekti sifatida farqlantirish zarur. O’zbekistonda xususiy sektor kengayishi natijasida xususiy investitsiyalarning ahamiyati ancha oshdi, biroq, bu, ko’proq, individul mulkchilikka xos bo’ldi. Natijada turli mulkka oid korxona va tashkitotlaming investitsiyadagi ishtiroki o’zgargan.


2.2. Investitsiya loyihalarini markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar hisobiga moliyalashtirish amaliyoti tahlili

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amaldga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.

Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari:

«Chet ellik investorlаr huquqlаrining kаfolаtlаri vа ulаrni himoya qilish chorаlаri to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

«Erkin iqtisodiy zonаlаr to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

Xorijiy investorlаr vа xorijiy investitsiyalаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o`z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to`g`risidа Nizom

Qabul qilinayotgan sohaga oid hujjatlar quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:

- yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish;

- ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish;

- xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish;

- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik.

Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

- O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;

- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;

- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;

- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;

- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;

- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;

- mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.

Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar: 
- Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish; 
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish; 
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.

Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi: 


- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi; 
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim; 
- Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim.  

Download 120,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish