O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV O‘RQ-604-son1
Butun dunyoda davlat-xususiy sheriklik tizimi investitsiya jalb qilishning muhim omillaridan biridir. Shuni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tuzilgan edi. Yig‘ilishda mazkur agentlik faoliyatini tashkil etishga ham e’tibor qaratilib, mutasaddilarga transport, energetika va xizmat ko‘rsatish sohalarida davlat-xususiy sheriklik asosida chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
Yangi tuzilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha chet el sarmoyalarini jalb etish uchun xorijiy davlatlarda taqdimotlar – roud-shoular o‘tkazish zarurligi aytildi.
Bu yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, markazlashgan mablag‘lar hisobidan 3 mingga yaqin ob’ektda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston rahbari moliyalashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni tezroq yakunlab, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda boshlash bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.
Bunday dasturlarni ishlab chiqishni takomillashtirish maqsadida loyiha institutlarini boshqarishga xorijiy tajribani keng joriy etish kerakligi qayd etildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, hududlarda ishlab chiqarish sohalariga investitsiya jalb qilish ahvoli talabga javob bermaydi. Vaholanki, mamlakatga ko‘p miqdorda farmatsevtika va gigiyena vositalari, oziq-ovqat tovarlari, bolalar kiyimlari import qilinmoqda. Aslida bunday mahsulotlarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud.
Shu bois, Shavkat Mirziyoyev vazirlik va idoralar rahbarlariga o‘zlariga biriktirilgan hududlarga chiqib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun investorlarni hududlarga, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalarga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashdagi holatini o’rganish va jahon tajribasidan kelib chiqqan holda investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari va xususiyatlarini qo’llash yuzasidan taklif- tavsiyalar ishlab chiqish Kurs malakaviy ishning maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar qo’yildi:
-investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlarini rivojlantirishni ochib berish;
investitsiya loyihalari moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashning ob’ektiv zaruratini asoslash;
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni ochib berish;
investitsiya loyihalarini moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini moliyalashtirish manbalari va xususiyatlariga asoslangan holda baholash;
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni takomillashtirish bo’yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishning ob’ekti va predmeti. Iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirish manbalari va xususiyatlarini taminlashning asosiy mezonlari hamda baholash tizimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |