Asosiy farqlar
Novatsiya
|
Innovatsiya
|
Amaldagi nazariya doirasida qo‘llaniladi;
O‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi;
Metodlar yangilanadi;
Natija avvalgi tizimni takomillashtiradi
|
1. Tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi;
2. Ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3. Sub’ektlarning faoliyati to‘la yangilanadi;
4. Yangi texnologiyalar yaratiladi;
5. Faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6. Amaliyotning o‘zi ham yangilanadi
|
Ta’lim innovatsionlari quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlasi’y):
pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi;
o‘quv jarayonining o‘zgarishi;
pedagogik nazariyaning o‘zgarishi;
o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi;
o‘quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi;
ta’lim mazmunining yangilanishi;
o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi;
ta’lim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi;
ta’lim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi.
Ta’limda innovatsion faoliyatning sub’ekti o‘qituvchi, uning shaxsiy
imkoniyati hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellectual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o‘quv-bilish faoliyati va
uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Pedagogik innovatsiyada "yangi" tushunchasi markaziy o‘rin tutadi.
Innovatsion ta’lim metodlari deganda ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va
mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi
bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim
oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida
ishtirok etadi.
Jahonning yuksak darajada rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimi shuni
ko‘rsatdiki, ta’limga texnologik yondoshuv mutaxassis kadrlar tayyorlashning
sifatiga samarali ta’sir o‘tkazib mamlakat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi.
Ta’limga texnologik yondoshuv ta’lim jarayonini aniq vositalar yordamida
samarali boshqarish va qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish
natijalarini kafolatlaydi.
Innovatsion faoliyat bir necha bosqichlarda tarkib topadigan faoliyat bo‘lib,
o‘zining nazariy va amaliy asoslariga ega bo‘lgan pedagogik faoliyatning o‘ziga
xos bosqichidir.
Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim sifatini oshirish,
samaradorligini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Pedagogik texnologiyalardan foydalanayotgan ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga erishayotganligi xayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Texnologiyalardan foydalanayotgan ta’lim beruvchilar talabalarga bilim
berishda, albatta samarali natijalarga erishadi. Ayniqsa, bu talabalarning mustaqil
fikrlash, kasbiy mahorati, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Innovatsion texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishga oqilona va
ijodiy yondoshishga, bunda ta’lim beruvchi o‘z erkinligiga ega bo‘lishi, darsda
qo‘llanilgan turli usullar, vositalar samaradorligini o‘zi baholashi uchun imkoniyat yaratadi.
O‘zbekistonda innovatsion ta’lim texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchilar
tomonidan boy tajriba orttirilgani ko‘zga tashlanadi va ular o‘qitishda o‘zining
samarasini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham
innovatsion ta’lim texnologiyalari samarali qo‘llanilmoqda deyishimiz ham
noo‘rin. Lekin, boy tajribaga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilar ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarning ayrim elementlaridan nazariy va tizimli tarzda anglamagan bo‘lsalarda samarali foydalanib kelmoqdalar.
Zamon shiddat bilan o‘zgarib borar ekan ta’lim sohasida ham yangi va yangi
texnologiyalar shakllanib boraveradi. SHunday ekan, har bir pedagog o‘z
faoliyatida innovatsion ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarga tayyor turishi va pedagogik mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib borishi talab etiladi.
CHiqarilgan xulosalar asosida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ilgari
surish mumkin:
darslarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratish;
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan har bir fan o‘qituvchisi
tajribasini doimiy oshirib borish;
Kadrlar malakasini oshirishda mutaxassislik fanlarini o‘qituvchi pedagoglar
orasidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay oladiganlarini malaka oshirish kurslarini o‘qitishga jalb etish;
respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni samarali tatbiq etish orqali bu borada pedagoglarning ish tajribalarini boyitish va ularda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga nisbatan ijodiy, innovatsion yondashuvni qaror toptirish;
ta’lim sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlash yo‘lida innovatsion
texnologiyalaridan samarali, muvaffaqiyatli foydalanishga doir mahalliy tajribalarni to‘plash, ularni ommalashtirish;
innovatsion pedagogik texnologiyalar sifatida: loyihaviy ta’lim texnologiyasi,
interfaol texnologiyalar, hamkorlikda o‘qitish texnologiyalar, Keys-stadi texnologiyasi, axborot-kommunikatsion texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz quyida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida dars jarayonida
qo‘llanganda kutilgan samarali natijani beruvchi bir qancha metodlarni
e’tiboringizga havola qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |