TOG’ TЕRAGI( ruscha-osinka) – yaproq bargli daraxt, po’stlog’ining rangi sarg’imtir, yupkaroq, tanasining pastki kismlarida chatnogi bo’ladi. Tog teragi yumshoq yog’ochlar turiga kiradi, yog’ochiga ishlov berish ason, yengil, tanasi oqish- sarg’imtir,tusda, namga chidamsiz, yililk xalqalari anik ko’rinadi. Undan turli tuman uyinchoqlar, idshlar, gugurt kutisi va donalari, faner, har xil buyumlar tayyorlanadi. Qurilishda, eshik va romlar yasashda foydalanish mumkin. Yog’och o’ymakorligida namga chidamsizligi va juda tez chiriganligi uchun kam ishlatiladi.
CHINOR( ruscha – platon)- yaproq barglilar turiga kiruvchi bu daraxtning po’stlog’i qizg’ish –sariq tusli, tanasining ranggi qizg’ish qoramtir, ko’p shoxli, mustaxkam va qattiq, pishiq puxta, yupqa , silliq. Chinordan olingan materiallariga ishlov berish qiyin, yog’ochida tabiiy atlassimon gullari bor, loklanganda o’zgacha chiroy va joziba baxsh etadi. Yog’och tolalari betartib bo’lganligi bois o’ymakor ustadan maxorat va sinchkovlikni talab etadi. O’yilganda o’yma sifatli va pardozi nafis chiqadi. Chinordan qimmatbaxo mebellar va randalangan fanerlar tayyorlanadi. Yog’och o’ymakorligida keng- ko’lamda ishlatiladi.
SHUMTOL( ruscha-yasen) –yaproq bargli, kam yoriluvchan, kovushkoq yog’ochli, och qizg’ish rangli, mustaxkam, puxta, pishiq, tabiiy gulli, chiroyli, va egiluvchan daraxt. Uning yog’ochiga ishlov berish qiyin, silliq randalanadi va pardozlanadi. Yillik tolalari anik ko’rinadi bug’langanda esa yaxshi egiluvchan bo’ladi.Shumtolning yog’ochidan olingan matriallar faner tayyorlashda, vagonsozlikda, samolyotsozlikda, kemasozlikda qo’llaniladi.Uning yog’ochidan har –xil asbob dastalari, sport buyumlari tayyorlanadi.Yog’och o’ymakorligida keng foydaniladi.
URIK (ruscha-uryuk) – yaproq bargli daraxt. Mevali, tanasi qoramtir- qizg’ish, qattiq va mustaxkam. Uning yog’ochidan har-xil mayda buyumlar, laux, qutichalar tayyorlashda va inkrustatsiya ishlashda foydalaniladi. Yog’och o’ymakorligida keng ishlatiladi.
QARAG’AY( ruscha-sosna) - ignabarglilar turiga kiruvchi ushbu daraxtning po’stlog’i qalin, to’q jigarrang tusda bo’ladi. Uning yog’ochi puxta, yengil, smolali, oq-qizg’ish, namga chidamli daraxt. Qarag’ay tik va usadi, uning balandligi 30-40 metrgacha, yoshi 120-150 yilgacha bo’ladi. Qarag’ay yumshoq youlib, uni yorish, ararlash, randalash, yelimlash, buyash, loqlash, ishlov berish oson. Ukemasozlikda, mebel ishlab chiqarishda va duradgorlikda ishlatiladi. Yog’och o’ymakorligida monemuntal ishlarda keng ko’lamda ishlatiladi.Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan turli xomashyolar o’zinig pishiqligi, nuqsonsizligi, qurt yemaganligi, rangining tiniqligi, mustaxkamligi, loklansa yanada go’zal tovlanishi, ko’p yillar davomida yorilmasligi, buralmasligi, namga chidamliligi, pardozlanishi, o’yishda qo’porilmasligi va shunga o’xshash o’ziga xos xusisiyatlarini xisobga olgan xolda yasalayotgan buyumga mos keladigan materiallardan tanlash aloxida axamiyatga ega. Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan asbob- uskunalar va uning turlari.Yog’och o’ymakorligida asosiy ish quroli iskanalar bo’lib, ular tuzilishi va bajaradigan vazifalari jixtidan turlicha bo’ladi.Iskanalar ikki turga yo’nuvchi iskanalar va o’yuvchi iskanalardan iborat ( 22-rasm). Yo’nuvchi iskanalar kul kuchi bilan yunib ishlanadigan, randa bilan ishlashning imkoniyati bulmagan joylarga ishlov berishda foydalaniladi.O’yuvchi iskanalar esa tashki kuch ta’siri ostida ishlatiladi, ya’ni bolga bilan urib ishlatib, bu iskanalar yordamida yog’ochlarni teshishda, uyachalar kilishda, kuloqchalar ochishda, asosan o’yma bezaklarni bajarishda foydalaniladi.Yo’nuvchi iskanalar bilan o’yuvchi iskanalar bir-biridan tashki ko’rinishi jixatidan, ya’ni dastalaring bir yoqi ikki tamonda xalkasi bulishi, utkirlik burchaklari bilan fark kiladi.Yo’nuvchi iskanaga tashki kuch ta’sir etmaydigan bo’lganligi uchun fakat dastasining pastki tamonida xalkacha ko’yiladi xamda utkirlik burchagining kichik bulishi bilan ajralib turadi.Chunki uning yo’nuvchi pichogi yupka bo’ladi.O’yuvchi iskanalarning kesuvchi pichogining qalinligi, tashki kuch ta’sirida dastaning yorilib, titilib ketmasligini oldini olish, uzoqroq ishlashini ta’minlash maksadida ikki tamoniga teir xalkachalar ko’yiladi. Iskanalarning dastasi pishiq yog’ochlar, ya’ni qora qayin, kayragoch, zarang, yong’oq , urik, shumtol va boshka daraxt yog’ochlaridan tayyorlanadi. Iskanalar yog’och to’qmoq bilan urib ishlanadi.Shuning uun xam iskanalarning dastasi pishiq yog’ochdan yoqi plastmassadan tayyorlanmogi lozim.Plastmassali dastalar tashki kuchga ta’sirli, yorilishga chidamli bo’lib, bolga urishda yorilib ketmaydi.Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan iskanalarni maxsus asbob tayyorlaydigan ustalar tayyorlaganlar yoqi ustalarning uzlariyasaganlar.Xozirda yog’och o’ymakorlil iskanalari metalsozlik korxonalarida tayyorlanadi. Yo’nuvchi va o’yuvchi iskanalarni charxlashga aloxida e’tibor karatish kerak. Iskanalar bir tamonga qarab charxlanib, o’ziga xos utkir burchak ostida charxlanadi.
Yo’nuvchi va o’yuvchi iskanalarning bir necha xillari bo’lib, ular quyidagilardan iborat: oddiy to’g’ri iskana, kovza iskana, morpech iskana, chekma iskana, chuv iskana, kingir iskana va boshqalar.
Oddiy to’g’ri iskana- to’g’ri sterjen keskichli bo’lib, tig’ining eniga qarab kichkina, o’rtacha va katta iskanalar bo’ladi. Tig’ining eni 1,5 mm dan 30 mm gacha bo’ladi. Mazkur iskana yo’nishda va o’yishda ishlatilib, ko’pincha girix, gulli girix naqshlarini kesishda va zaminini o’yishda, tekislashda ishlatiladi.
Kurakcha iskana- kesadigan tigining uchi bir tamonga kiya xolatda bo’lib, u kurakcha ko’rinishda bo’ladi.Uning katta–kichikligiga qarab turlicha bo’ladi. Kurakcha iskanalar ensiz zanjira, xoshiya nakshlarini o’yishda, zaminsiz o’ymani bajarishda ishlatiladi.Yo’nuvchi va o’yuvchi bu asbob bilan iskanani ung kulda dastasini ushlab, tasvir yoqi naksh chizigi ustidan kerakli chuqurlikda sanchgan xolda o’ymakor usta uzi tamonga tortib kesib boradi.
Zamin iskana-o’ymaning zaminini o’yishda olishda ishlatiladi.Zamin iskananing eni 2 mm dan 10 mm gacha bo’ladi.
Baliq sirti iskana-tig’i botiq, kamalaksimon ko’tarilgan, baliq qovurg’asi shaklida bo’lib, baliq tangalari ko’rinishdagi o’ymalarni amalga oshirishda ishlatib o’ymaga o’zgacha ko’rk baxsh etadi. Baliq sirti iskana keskichining eni 4 mm dan 19 mm gacha, katta- kichikligiga qarab uning kichik, o’rtacha va katta turlari bo’ladi.
Morpech iskana-o’ymaning chetlaridagi xoshiya, zanjira, yarim doiralar, nuqtalar chiqarishda qo’llaniladi.
Chekma iskana-o’yilgan naksh zaminini aptir yuzasiga o’xshatib chekmalab o’yib chikishda ishlatiladi. U o’yilgan nakshlarni anik ko’rinishi, zaminini bir tekisda chikishi va o’ziga xos badiiy ko’rinishi ta’minlash uchun ishlatiladi. Ishlatish joyiga qarab bir tishli, uch tishli, besh tishli, un olti tishlichekma iskanalar bo’ladi.
Chekma kalam-o’yma nakshning zaminini chakichlab chikish uchun ishlatiladigan asbob. Bu sabob yog’och banddan va uzun temir sterjendan iborat. Chakichlar bir katorli, ikki katorli va uch katorli bo’lib, har bir katorida 2, 3, 4, 5 va xakoza buyurtma tishli bulishi mumkin. Chekma kalamda chakichlangan naksh anik, mayin, yanada nafs ko’rinishga ega bo’ladi.
Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan yordamchi asboblar.
Yog’och o’ymakorligida o’yib bezashda asosiy asbob uskuna, ya’ni iskanalardan tashkari yordamchi asboblar xam kerak bo’ladi.Kalam, sirkul, chizgich, uchirgich, jilvir kogozi, knopka, duradgorlik asboblari, bolga, yelim va boshkalar shular jumlasidandir
KALAM (arabcha) - Urtasi ingichka, uzun kumir, grafit, kurgoshin, kuruk buyoqdan kilingan kotishma joylashgan chup shaklidagi yozuv asbobi.Kalam asosan yozish, rasm solish xamda chizmachilik uchun ishlatiladi.Urta Osiyoda xattotlar siyox bilan yoziladigan kalamlardan foydalanganlar. Chex olimi Y. Graxmut maydalangan grafit va gil aralashmasidan yozuv sterjenlar tayyorlashni taklif kilib, ishlab chikarishga asos solgan. Yog’och kalamlar ishlash joyi va xususiyatiga qarab grafitli, rangli va boshkalarga bulinadi va ular joyiga qarab ishlatiladi. Grafit qattiq va yumshoqligiga qarab uch turga bulinadi. Qattiq kalamlar T, 2T, 3T, N, 2N, 3Nyumshoq kalamlarM, 2M, 3M, 4M yoqi V, 2V, 3V;o’rtacha yumshoqlikdagi kalamlar TM, NV, G harflar bilan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |