Mundarija kirish i-bob. Geometrik yasash elementlari va ularni bajarish qonun qoidalari



Download 0,94 Mb.
bet1/13
Sana06.03.2022
Hajmi0,94 Mb.
#484866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ilmiy ish 2022


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB.GEOMETRIK YASASH ELEMENTLARI VA ULARNI BAJARISH QONUN QOIDALARI……………………………..

    1. Chizmaning paydo bo’lish tarixi va taraqqiyoti ………

    2. Oddiy geometrik yasashlar……………………………….……

    3. Aylanani teng bo’laklarga bo’lish va muntazam ko’p burchaklar yasash.

I-bob bo’yicha xulosa……………………………………………..
II-BOB.YOG’OCH O’YMAKORLIGI ISHLARINI BAJARISHDA GEOMETRIK YASASH ELEMENTLARINING AMALIY AHAMYATI.…
2.1. Yog’och o’ymakorligida ishlatiladigan materiallar, asbob-uskunalar va uning turlari .……………………………………………………..…….
2.2. Yog’och o’ymakorligida geometrik yasash elementlari vositasida oddiy naqsh elementlarini chizish va o’yish metodikasi ……………………….
2.3. Yog’och o’ymakorligida geometrik yasash elementlari vositasida murakkab naqsh elementlarini chizish va o’yish metodikasi ……………
II-bob bo’yicha xulosa………….………………………………….…..…….
III-BOB.YOG’OCH O’YMAKORLIGI ISHLARINI BAJARISHDA GEOMETRIK YASASH ELEMENTLARINING O’RNI VA AMALIY AHAMYATI TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI………….………………….…………….
3.1.Yog’och o’ymakorligi ishlarini bajarishda geometrik yasash elementlarining o’rni va amaliy ahamyati
Tajriba sinovlarini o’tkazish va uning mazmuni………………………….
3.2.Yog’och o’ymakorligi ishlarini bajarishda geometrik yasash elementlarining o’rni va amaliy ahamyati
Olingan natijalar tahlili………………………………………………….
UMUMIY XULOSA………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….
ILOVALAR…………………………………………………………………


KIRISH
Chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va quntbilan ishlashni talab qiladi. Chizmaning sifati chizuvchining qo’l sezgisiga bog’liqbo’ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo’l sezgisi kattaahamiyatga ega.Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil yo’g’onlikda, bir tekisqilib chizilishi lozim.
Insonda qo'l sezgisi yaxshi rivojlangan bo’lsa, qoliga olganqalamni qog’oz ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo’l sezgisini tekshirishuchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi(uchlanadi) va chizg'ichyordamida birnechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko'pchiligi birxil chiqsa, uning qo’l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi.Ba'zi odamlarning qo’lsezgisi nisbatan rivojlanmagan bo’ladi.Ular qalamning uchi ingichka yokiyo’g’onroq uchlangandan qat'iy nazar, qalamni bir xilda bosib chizishadi.Shundaingichka uchli qalam uchi sinib ketadi, bu yerda, ingichka uchli qalamni ohistalikbilan bosib chizish lozimligiga ahamiyat berilmaydi.Muntazam ravishda ingichkauchli qalam bilan chizishni mashq qilib turish orqali qo’l harakati sezgisinime'yorlash mumkin.Turli jismoniymehnat jarayonidan keyin qo’l sezgisi pasayibketadi.Bunda chizmalarni chizish bir muncha qiyinlashishini ham hisobga olishtavsiya etiladi.Hayotimizda chizmaning o’rni juda kattadir.
Hozirgi ishlabchiqarishni chizmalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.Narsalarni texnikada qabul qilingantasvirlash usullari ko’p asrlar davomida yaratilgan. Ishlab chgiqarishda birorbuyumni, masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularniy ig’ish, shuningdek, bino hamda inshootlar nqurish uchun ularning chizmalaribolishi zarur. Chunki chizmalarsiz buyumlarni yasab bo’lmaydi. Buyumningshaklini va o’lchamlarinitekislikda aniq ko’rsatadigan tasvir kompleks chizma yokiqisqacha qilib chizma deyiladi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan, mehnat bozorida o’z o’rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash”1bizning eng birinchi vazifamiz deb ta’kidlagan fikrlarining negizida, yurtimizdagi barcha OTMlari oldida O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish masalasi yotadi.
Respublikamizda ta’limning asosiy maqsadi bizning demokratik erkin davlat qurayotganimiz, “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”2bilan bevosita bog’liq.Chunki davlatning buyuk kelajagi o’z fuqarolarining ma’lumotliligiga, madaniyatiga, bunyodkorligiga tayanadi.
O’zbekiston Respublikasida professor-o’qituvchilarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’yilmoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagi fikrlarni qayd etgan edilar: “Bugun har bir o’qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta’lim va ilm-fan sohasidagi eng so’nggi ijobiy yangiliklarni o’quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so’z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg’or vakillari bo’lishlari kerak”.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun professor-o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan ekanligi aytib o’tildi va “..Bu boradagi dolzarb vazifalarni Bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy vazifasi mustaqil fikrlay oladigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ijodkor, axloqli, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat.Bu vazifalarni amalga oshirishda hozirgi zamon o’qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o’qitishga yangicha munosabat va fidoyilik talab etiladi” – degan fikrlarni bildirdi. Muhtaram yurtboshimizning ushbu fikrlaridan to’g’ri xulosa chiqargan holda ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yanada oshirish uchun bir qancha usul va vositalardan foydalanilmoqda. Ushbu tadqiqot ishi ham shu sohadagi ishlardan misol qilish mumkin.
Ma’lumki, zamonaviy texnikaga doir bilimlarni mukammal egallashning shartlaridan biri grafik savodxonlikni oshirish, ya’ni chizmalarni o’qish va bajarishni bilishdir. Shu boisdan chizmalar chizishning asosi bo’lgan – chizma geometriyafanini mukammal o’rganishni talab etadi.
Chizmachilik fani matematikaning bir tarmog’i hisoblanib, u uch o’lchamli fazodagi ob’ektlarning tekislikdagi grafik modelini qurish asoslarini o’rganadi. Shu tufayli, chizmani fazodagi geometrik shaklning tekislikdagi grafik modeli deb qarash mumkin. Bu esa chizmachilikni Oliy texnika ta’lim tizimidagi o’rnini aniqlaydi.
Mazkur tadqiqot ishini tayyorlashda «Chizmachilik fanini keyingi yillarda erishilgan nazariy, amaliy va uslubiy yutuqlari, o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalaridan, shuningdek, olimlarning uzoq yillar shu sohadagi pedagogik tajribalaridan foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot ishidagi barcha chizmalar kompyuterda rangli qilib bajarildi.
Chizmalarni chizish, ularni o’qish va chizma geometriyani fan sifatida rivojlanishida Gospar Monj, N.Chetveruxin, I.Kotov, N.Rijov, V.Mixaylenko, A.Pavlov, I.Japaridze, V.Filippov, A.Padgorniy, Sh.Murodov, D.Qo’chqorova, P.Adilov, R.Ismatullayev, J.Yadgarov, E.Ro’ziyev, A.Valiyev va shular kabi ko’plab olimlar tomonidan fundamental ishlar yaratilgan.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish