MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. ELEMENTAR ZARRACHALARNING KLASSIFIKATSIYASI…..6
Nuklonlar va leptonlar………………………………………………………6
Adronlar va fotonlar………………………………………………………...18
II BOB. FERMIONLAR VA BOZONLAR UCHUN TO`LQIN FUNKSIYALAR…………………………………………………………………25
2.1. Fermionlar va bozon sistemalari uchun to`lqin funksiyalar. Pauli prinsipi…………………………………………………………………………….25
2.2. Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar……………………….………..…29
Xulosa…………………………………………………………………………..…38
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…......................................................................39
Kirish
Respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq.
Bugungi kunda ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlarning yo’nalishlari va prinsiplari O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va davlat ta’lim standartlari talablarida ko’rsatib berilgan.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan biri yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini shakllantirish fanlarga qiziqishni oshirish, rivojlantirish, izlanish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ko’nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Bu esa har bir o’qituvchida yuqori bilim va yuksak madaniyat egasi, tashkilotchi hamda tadbirkor bo’lishni talab qiladi.Chunki ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi.Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yurtimizda fizika-texnika fanini rivojlantirish strategiyasini belgilab berdi. Mamlakatimizda fizika-texnika fanining rivoji bevosita universitetlarda olib borilayotgan fizik ta’limning sifatiga bog‘liq bo‘lsa, ta’limning sifati esa ko‘p jihatdan kadrlar salohiyatiga bog‘liq.
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
• umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;
• fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
• ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
• pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;
kabilarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |