Mundarija kirish I bob chet til o’qish metodikasidagi zamonaviy metodlar



Download 54,78 Kb.
bet1/17
Sana20.06.2022
Hajmi54,78 Kb.
#678852
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5273929388029643850




MUNDARIJA

KIRISH………………...……………………………………………………………………2
I BOB CHET TIL O’QISH METODIKASIDAGI ZAMONAVIY METODLAR…………
1.1. Kommunikativ didaktika metodi……………………………………………………….
1.2.Madaniyatlararo muloqotni o’rgatish metodi……………………………………….....
II BOB ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR............................................................................................. 2.1. Chet til o`qitish metodikasida ta`lim texnologiyalari va ularning mohiyati........................
2.2. Chet tili o’qitish jaroyonida qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va ularning turlari....
2.3. Chet til o’qitish metodikasida zamonaviy pedtexnologiyalardan........................................
XULOSA………………………………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………………………………..

Ma’lumki, chet tillarini o’rganish va o’rgatish barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Vatanimiz - O’zbekistonda ham zamon talabiga aylandi. Chet tillarini o’rganish uchun yoshlarga, qolaversa barcha yurtdoshlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar o’zining ijobiy natijasini isbotlab bermoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. Nafaqat chet tillari misolida, balki ilm dunyosining barcha jabhalarida jiddiy o’zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday ulkan bunyodkorlik ishlarining boshida yurtboshimizning ko’rsatgan jonbozliklari, yoshlarga bo’lgan e’tibor, kelajakga ishonch tuyg’usi yotadi.


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29avgustda) qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda, muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tatbirlari tog’risida”gi 1875sonli PQ qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir.
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Jahon ilm fanining zamonaviy yutuqlaridan bahramand bo’lish, davr talabidir. Bunga esa faqatgina chet tillarini mukammal bilish, tilga oid barcha qonun-qoidalarni egallash zarur. Shu maqsadda chet tillarini o’rganishning yanada samarali yo’llarini izlash, turli xildagi o’qitish metodlarini yaratish olimlarimiz, izlanuvchi o’qituvchi va bilimli yoshlarimiz oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimiga chet tillarini o’rgatish bo’yicha xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish va chet tillarining Umumyevropa kompetensiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash darajalariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha yangi davlat ta’lim standartini tasdiqlash tog’risida”gi 2013-yil 8-maydagi qarori asosida xorijiy tillar fani uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida bir qator ko’rsatmalar belgilab qo’yilgan.
Jahon amaliyotida talabala-yoshlarning xorijiy tillar bo’yicha kasbiy kompetentligini (layoqatlilik) rivojlantirishda chet tillardagi nutq kompetensiyasini shakllantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashga doir innovatsion faoliyatni modernizatsiyalash, og’zaki nutqqa differensial yondashgan holda va nutq odobi kompetensiyalarini bosqichmabosqich shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirish, o’quv fanlari bo’yicha electron o’quv vosita va darsliklar yaratish, ta`lim berishda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish alohida ahamiyatga molikdir. Bu o’z navbatida, talabalayoshlarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishning aosiy omili bo’lib, ta’limtarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, komillikka yetishishi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Bugun O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqorolik jamiyati qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ijobiy hislati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va natijaviy amalga oshiriladi. Darhaqiqat, dars-mashg’ulotlarining muvaffaqiyatli tashkil etishning 80% i ta’lim jarayonini tog’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi tog’risida”gi qarori, 2012- yil 10- dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashrirish choratadbirlari tog’risida”gi 1875-sonli PQ qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Usbu bitiruv malakviy ishining dolzarbligi tog’risida so’z ochishdan avval, “zamonaviy ta’lim” tushunchasiga to’xtalib o’tamiz.
Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g’oyaviy uyg’unlik ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy–ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaralganda buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosi yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o’z ta’sirini yo’qotgani yo’q. Shu o’rinda 1- Prezidentimiz I.A.
Karimovning quyidagi iboralari yodimga tushdi. “Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”. Demak, o’qituvchi-pedagogning muhim vazifalardan biri bu yosh avlodga yetarli bilim va tarbiya berishdir. O’quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani tog;ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini tog;ri tanlash, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalrini baholashni aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg’ulotlarga ajratilgan vaqt ichida ularni tog’ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg’unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun esa, o’quvtarbiya jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash va ularni amalda natijaviy qo’llash amaliyoti turadi. Ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir. Respublikamizning barcha ilm dargohlari: maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan yoshlarni zamonaviy, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan quurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Pedagogik texnologiyalarni qo’llash muammoli xususiyatlardan biri sifatida o‘quvchilarning bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va amaliy bilish faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. O’quvchi o’z fikrni erkin bayon etishi, mavzuni guruh yoki jamoa ichida erkin yoritib berishida esa bu kabi pedagogik texnologiyalarning o’rni katta ahamiyatga egadir. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdiki, ushbu bitiruv malakviy ish mavzusi bugungi kunda muallim, metodist va olimlar oldida turgan va yechimini kutayotgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
O’quvchilarga, talaba- yoshlarga til o’rgatishda yangi, zamonaviy pedtexnologiyalarni yaratish, ularni amalda qo’lash, tatbiq etish hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Avvalambor, chet tili va uning metodikasini o’qitishning maqsadlari jamiyatimiz va davlat manfaatlari talablariga mos kelishi va javob berishi lozim. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi sifatida ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar belgilab olindi:

  • Chet til ta`limi jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida chet el va vatanimizning bir qator olimlari nazariy fikrlari, metodlari va tavsiyalarini tanqidiy o’rganish va ishimiz uchun xulosalar chiqarish;

  • Pedagogik texnologiyalarni qo’llash masalasida materiallarni tanlash va taqsimlanishi kerak bo’lgan materiallarni to’liq va batafsil o’rganib chiqish;

  • Chet til o’qitish metodikasini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, turli texnologiyalardan dars jarayonida foydalanish imkoniyatlarini o’rganish;

  • Ta’lim jarayonida pedtexnologiyalarni qo’llash, tadqiqot natijalarini ilmiy jihatdan asoslash va amaliy ishlab chiqish va ularni nemis tilini o’rgatish jarayoniga tatbiq etish;

  • Chet til o’rgatish jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.


Download 54,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish