Mundarija: kirish I bob chet el bolalar adabiyoti fani, uning maqsadi va vazifalari


Daniel Defo, Djonatan Svift, Artur Konan Doyl, Lyuz Kerrol, Djozef Redyard Kipling – bolalar adabiyotining yetuk namoyondalari sifatida



Download 52,41 Kb.
bet7/11
Sana01.06.2022
Hajmi52,41 Kb.
#625811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gulhayyo Nazarova

2.4 Daniel Defo, Djonatan Svift, Artur Konan Doyl, Lyuz Kerrol, Djozef Redyard Kipling – bolalar adabiyotining yetuk namoyondalari sifatida.

Daniyel Defo (taxm. 1660-1731 yillar). Bu ajoyib ite`dod sohibi J.J. Russo, V.Gyote, U. Peynlar tomonidan ijodi zo`r maqtovlar hamda zavqlanish bilar tilga olingan, o`zining eng mashhur va eng taniqli romani "Robinzon Kruzo" bilan bolalar adabiyotiga kirib kelgan nafaqat zo`r yozuvchi, balki ajoyib noshir hamdir. O`zining o`ttiz yillik ijodiy faoliyati davomida Defo o`z nomi hamda bir qancha boshqa adabiy taxalluslar bilan siyosiy pamfletlar, huquqshunoslikka hamda falsafaga oid ilmiy asarlar, iqtisodga oid risolalar, savdogarlar uchun qo`llanmalar, o`zini jamiyatda qanday tutishga oid maslahatlar, san`at haqidagi doston, hunarmandchilikning umumiy tarixi va boshqalar haqida asarlar yozgan. To`rt yuzdan ortiq romanlar, esselar muallifi, mashhur jurnalist hamda noshir bo`lishiga qaramay, bir umrga barcha mamlakatlarning kitobxonlari uchun birday, ajoyib asar muallifi sifatida tanilib qoldi. Bu kitob chop etilishining birinchi yillaridanoq (besh oy mobaynida kitobning to`rtta nashri chiqdi) shunaqangi mashhur bo`lib ketdiki, Defo "Robinzon Kruzoning" ikkinchi hamda uchinchi qismlarini yozishiga to`g`ri keldi. Ammo bolalar faqatgina birinchi romanni sevib qolishdi. Rus tilida M.Shishmaryova va K.Chukovskiy tomonidan tarjima qilingan ajoyib nusxalari bor. "Robinzon Kruzo" sarguzasht romanning eng zo`r an`analari asosida yozilgan va shu janrning barcha talablariga javob beradi. Unda ham kemaning g`arq bo`lshi va quvg`inlar, ham qaroqchilar va piratlar, ham otishmalar va qochqinlar mujassam...4
Ammo uzoq muddat tanqidchilar bu asarni faqatgina ongli va maqsadi sari intilayotgan insonning qaynab turgan jo`shqin quvvati hamda uning mehnatining ma`naviy kuchini tarannum etuvchi va umuman, XVIII asr Angliyadagi ijtimoiy tuzumni ko`klarga ko`taruvchi asar deb baho berib kelishgan. "Robinzon Kruzo”ning muvaffaqiyati, eng avvalo, XVII asr va keyingi asrlar mobaynida o`quvchilargà bir xil qiziqish uyg`otgan, kimsasiz orolga tushib qolgan qahramon hayotiga bo`lgan katta qiziqish bilan baholanadi. "Robinzon Kruzo" asarining asosiga Xuan Fernandes orolida yakka-yolg`iz roppa-rosa to`rt yilu to`rt oy qolib ketgan shotlandiyalik matros Aleksandr Selkirk haqidagi real voqea yotadi. Kitobning birinchi nashri haqiqiy shov-shuvga sabab bo`lib ketgan edi, chunki Daniel Defo qo`lyozmani bechora dengizchining haqiqiy kundaliklaridan deb bergan, kitobxon esa dengizchining boshiga tushgan kulfatlariga haqiqiy deb ishonishgan. Asar markazida-har qanday qiyinchilik va musibatlarga bardosh bera oladigan qahramon turibdi. Tadqiqotchilar kitobning muvafaqiyatini ham qahramon obrazi va uning boshiga tushgan kulfatlarda deb bilishadi. Robinzon Kruzo kimsasiz orolga tushib, faqatgina o`zining tinimsiz quvvati hamda mehnati evaziga tirik qoladi. "Robinzon Kruzo" nafaqat o`zining ko`p sonli nashri bilan mashhur, balki rus, fransuz, nemis, shotland, golland, grek tillaridagi qayta ishlanmalari, taqlidlari hamda qalbaki nusxalari orqali dong taratdi. Rossiyada "Robinzon Kruzo" 1762 yildva Peterburgda ikki qismda chop etildi. 1785 yilda N.I.Novikovning "Ong va qalb uchun bolalar kitobxonligi" ("Detskoe chtenie dlya serdtsa i razuma") jurnalida chop etildi, 1819 yilda S. N. Glinkaning "Yangi bolalar kitobxonligi" ("Novoe detskoe chtenie") jurnalining birinchi soni "Robinzon Kruzo" bilan nashr qilindi. XIX asrda Rossiyada bu asarni nafaqat rus tilida, balki boshqa tillarda har xil qayta ishlangan hikoyalarda va parchalarda o`qishgan. Asarning rus tilidagi yangi talqini Lev Tolstoyning "Yasnaya Polyana" deb nomlangan pedagogik jurnalida chop etildi. Bu asar Tolstoyning o`zi tomonidan tarjima qilinmagani ehtimoldan xoli bo`lmasada, ammo jurnalda bir necha bor uning nomi bilan qayta nashr qilingan. Shuni qayd etib o`tish kerakki, Defoga ingliz adabiyotida birinchi urinish "gotik" asar - "Missis Villning arvohi", ingliz adabiyotiga xos ironiya (iztehzo) tarzida yozilgan asar ham tegishlidir.

Download 52,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish