Mavzu: Sinfdan tashqari òqish darslarida xorijiy xalq bolalar yozuvchilari ijodini òrganish
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB Chet el bolalar adabiyoti fani, uning maqsadi va vazifalari
1.1 Bolalar adabiyoti – har bir xalq axloqiy qarashlarini aks ettiruvchi pedagogik xrestomatiya.
1.2 Chet el bolalar adabiyotining paydo bo`lish omillari
II BOB Angliya bolalar adabiyoti va uning ayrim tamoyillari
2.1 Angliya bolalar adabiyotining yuzaga kelish omillari.
2.2“Beovulf” – qadimgi ingliz poemasi va bolalar kitobxonligining
asosi sifatida.
2.3 Balladalarning bolalar adabiyoti rivojiga ta`siri.
2.4 Daniel Defo, Djonatan Svift, Artur Konan Doyl, Lyuz Kerrol, Djozef Redyard Kipling – bolalar adabiyotining yetuk namoyondalari sifatida.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo'lagi bo'Igan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tatjima asarlarining o ‘mi, ahamiyati katta. Negaki taijima asarlarini o'qigan har bir yosh kitobxonning dunyoqarashi, fikri, tasawuri boyib, o'sha xalqlaming yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-intilishlari bilan oshno bo'ladi.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga o'tib, dillami yashnatib yurgan „Qizil Shapkacha“ (Sh. Perro). „Robinzon Kruzo“ (D. Defo), „Gulliveming sayohatlari“ (J. Svift). „Dyumchaxon“ (X. Andersen). „Oltin baliq“ (A. S. Pushkin), „Tom Soyerning boshidan kechirganlari“, „Shahzoda va gado“ (M. Tven), „Kapitan Grant bolalari“ , „Ostin-ustun“ (J. Vem), „Don Kixot“ (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarini jo'sh urdirib yuboradi.
Bolalar adabiyotining dunyoviy sarchashmasini, jahon adabiyoti qayerdan boshlagan bo`lsa shu yerdan izlash lozim: shubhasiz, avvalo, arxaik sivilizatsiyalar, antik davr, dunyo dinlari rivojining eng birinchi davrlaridan, shuningdek, bitmas-tuganmas ummon bo`lmish-jahon folkloridir. Slavyanlarda kitob madaniyatiga birinchi tamal toshini qo`ygan shaxslar aka-uka Kirill (826 -869) hamda Mifodiylardir (820-885). Makedoniyalik greklar janubiy slavyanlarga Vizantiyaning ilohiy kitoblarini olib kelishgan va shu yerdan qadimgi Rus zaminlariga ham birinchi kitoblar o`tib qolgan. Kirill va Mifodiylar qadimiy bolgar tilining makedon lahjasiga birinchi bo`lib Injilni tarjima qilishgan. Tarjima qilish maqsadida ruslar uchun muqaddas aka-ukalar 863 yillarda slavyan alifbosini yaratishgan, grek alifbosi asosida yahudiy hamda kopt harflarini qo`shish natijasida alifbo tuzgan. Bu alifbo kirill alifbosi deb nom olgan. Kiev Rusi adabiyoti X-XIII asr o`rtalarida paydo bo`lgan. Qadimgi rus kitobchisi yozuvni faqatgina xristianlikdagi pand - nasihatlarning qaysi birinigina to`g`ri desa, shuni yozish kerak, deb bilgan. U tasavvur qila olmagan hamda uni keraksiz deb bilgani uchn o`z shaxsini matn orqali bildirmagan , hattoki ismini ham matn oxirida ma`lum qilmagan. Rus bolalar adabiyotining rivoji XU11 asrning o`zgarishlari arafasida shakllana boshlagan. Bu vaqtda Moskva Rusi birlashib, o`zining chegaralarini Sibir va janub cho`llari tomon kengaytirayotgan, poytaxt jamiyatiga chet elliklarning ta`siri oshib, oliy tabaqa madaniyati rivoj topib borayotgan edi. Adabiyoò jarayoni o`quv – targ`ibot adabiyotidan, badiiy va ilmiy adabiyot sari rivojlana boshladi. O`quv kitoblari bolaga faqatgina tayyor axborot berib, bolaga uni yodlashgina qolayotgan edi. Bunday adabiyot o`quvchini faqtagina bir yoqlama fikrlashga hamda boshqa bir kishining monologini yodlab olishgà yo`naltirilgan edi. Shu bilan bir qatorda unga hamohang bo`lib, bolani dialogik nutqqa chorlovchi, uning bolalarcha "men"ini shakllantiruvchi, "nima uchun?" so`rog`iga javob beruvchi adabiyot ham rivojlana boshlagan. O`qishga hamda yozishga o`rgatuvchi kitoblar kichik yoshdagi bolalarga mo`ljallangan. Ular ikki turda bo`lgan: yarim qoidalarga javob beruvchi, muqovalangan, o`qish uchun alifbo-kitoblari va qog`ozlarda tez yozilgan, bog`lamcha bilan bog`lab yopishtirilgan alifbo-yozuv kitoblari.
Birinchi qadimgi rus bolalar shoiri deb, XVII asrning 30-40 yillarida Moskva bosma uyida ma`lumotchi (bu mansabga juda o`qimishli va hurmatli odam tayinlangan) bo`lib ishlagan Savvatiy hisoblanadi. U Moskvaning oliy tabaqaga mansub, mashhur oilalarining bolalarini o`qituvchisi bo`lgan. Savvatiy 1634 yilda chiqqan birinchi bosma alifboni tayyorlashda ishtirok etib, o`zining she`rlarini (virshilarini) bosmadan chiqaradi. Savvatiy virshilarning asosiy g`oyasi o`qishning foydasi, dangasa va yalqovlikning zarari haqidadir. Bu davrda bolalar prozasi ham rivojlana boshlaydi. Rus jangovor povestlari qayta ishlandi va bolalar uchun qisqartiriladi. Masalan, "Mamay janglari haqida hikoyalar" (Kulikovo jangi haqida), "Don kazaklarining qal`ada o`tirishlari haqidagi hikoyalar", oilaviy-turmush haqida so`zlovchi "Pyotr va Fevroniya haqida hikoya" larni shu ma`noda e`tirof etish mumkin. Ayni paytda bolalar uchun tarixiy asarlar ham rivojlana boradi: ko`pincha bolalar uchun tarixiy ma`lumotlar aks etgan maqolalar qayta ishlangan; boshlanishida "O`tgan davrlar hikoyasi" ("Povesti vremennix let"), keyin rus tarixidan qisqa hikoyalar bayon qilingan, masalan, "Sinopsis" kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |