Mundarija: kirish I bob chet el bolalar adabiyoti fani, uning maqsadi va vazifalari


“Beovulf” – qadimgi ingliz poemasi va bolalar kitobxonligining



Download 52,41 Kb.
bet5/11
Sana01.06.2022
Hajmi52,41 Kb.
#625811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Gulhayyo Nazarova

2.2 “Beovulf” – qadimgi ingliz poemasi va bolalar kitobxonligining
asosi sifatida.

"Beovulf" alliteratsion (badiiy nutqda, she`rda bir xil yoki ohangdosh undoshlarning qaytarilishi, ketma-ket, yonma-yon kelishi) she`rlar shaklida yozilgan. Zamonaviy ingliz tiliga "Beovulf" bir necha marotaba tarjima qilingan, lekin Uil'yam Morris (1895) va Archibal'd Stronglarning (1925) tarjimasi eng zo`r deb tan olingan. Hech mubolag`asiz aytish mumkinki, karol Arturning ritsarlari haqidagi afsonalar biror -bir o`spirinni befarq qoldirmasa kerak. Karol Artur haqida V asrning oxiri VI asrning boshlaridagi asarlarda eslanib, uni Britaniyaga bostirib kirgan anglosakslarga qarshi kurashning boshida turgan, afsonaviy qahramon kel'dlarning tarixiy dohiysi deb tilga olinadi. Kelgusi asarlarda Atrur qiyofasi biroz o`zgartirilib, u qirol Uter Pentragorning donishmand o`g`li qiyofasida gavdalansa, keyinchalik u ritsarlik timsoli qilib tasvirlanadi. Ritsarlik an`anasi Provansda Janubiy Fransiyada paydo bo`lgan va boshqa xalqlarga namuna bo`lib xizmat qilgan. Ritsarlik muhitida ma`lum kurtuaz (juda muloyimlik, nazokatlik, xushmuomalalik) qoidalari paydo bo`ldi - ritsarlar o`zini tutishida rioya qilishi kerak bo`lgan ma`lum qoidalar, chunonchi, o`ta xushmuomala bo`lib, o`zining Go`zal Xonimini sevishi, o`zining hamyurtlarini hurmat qilishi va kambag`al bechoralardan yordamini ayamasligi, mard-jasur bo`lishi, Muqaddas Cherkovga beg`araz hamda sodiq bo`lib xizmat qilishi singari g`oyalar ritsarlik romanlarida o`z aksini topdi. Ingliz tilida birinchi ritsarlik romanlari XIII asrda paydo bo`ldi. XIV asrda Shimoliy Angliyada yoki Shotlandiyada "Arturning o`limi" poemasi yaratiladi ( lotin tarixidagi Galfred Monmutskiyning she`riy qayta ishlangan shakli bo`lishi ehtimoldan xoli emas). Karol Atrur haqidagi dostonlarning bir necha xil ishlanmalari bo`lib, ularning barchasida ertak elementlari mavjud, romanlarning syujetida esa Muqaddas Greale haqidagi diniy-mistik motivlar mujassamlashib ketgan. XIV va XV asrlar - ingliz va shotland xalq she`riyatining gullab yashnagan davri. Qo`shiqlar va balladalar - uning eng ko`p tarqalgan shaklidir. O`smirlar kitobxonligi uchun ko`p bitilgan afsonaviy qahramon, serhimmat qaroqchi Robin Gud haqidagi asarlarning paydo bo`lishi bilan bolalar adabiyoti hamda butun bir ingliz adabiyotining rivojlanishiga balladalarning ahamiyati juda katta bo`ldi. Lirik va dramatik elementlar uyg`unligida yaratilgan, ba`zida musiqiy asboblar jo`rligida kuylashga mo`ljallangan, muallifsiz epik asar ballada deyiladi. Balladalarning kelib chiqishi har xil. Bularga ham xristian afsonalari, ham qadimgi epik qo`shiqlar, ham ritsarlik romanlari, hatto antik syujetlar ham kiritilgan. Barcha balladalar bayonida lavhalar asosiy o`rinni egallaydi, ya`ni voqelik oldindan kirish bayonisiz, sakrab harakatlanadi. Bu dalil, tinglovchilari oldindan tayyorlangan, ya`ni asarning boshi bilan avvaldan tanish bo`lgan auditoriya deb izohlashga asos bo`ladi. Real voqea-hodisalar sharoitida mavjud bo`lgan haqiqiy tarixiy shaxslar haqida so`zlovchi tarixiy balladalar eng katta guruhni tashkil etadi. Ballada qahramonlari turli-tuman bo`lib, ular orasida eng mashuri serhimmat qaroqchi Robin Gud haqidagisidir. Robin Gud haqidagi balladalar XV - XVI asrlar mobaynida ko`chirib yozilgan va bir butun to`plamlarga, sikllarga jamlangan. 1266 yil sanasi bilan ko`rsatilgan xronikalarning birida quyidagi yozuvni o`qish mumkin: "... Xususiy mulklaridan ayrilgan odamlar orasida qaroqchi Robert Gud (muallifdan: xronikada shunday ko`rsatilgan) juda mashur edi, uni xalq juda sevar va o`zining o`yin va teatr tomoshalarida qahramon sifatida ko`rsatishni yoqtirar hamda Aangliya sayyoh qo`shiq- chilarning eng sevimli tarixiy qahramoni sifatida kuylanar edi". 1521 yildagi Jon Merining lotincha "Buyuk Britaniya tarixi"da Robin Gud hamda uning ajoyib yordamchisi Kichik Jon Sher Yurak Richard zamonida yashab o`tganligi haqida ma`lumot bor. Tarixnavisning ta`kidlashicha, Robin Gud yuzlab ko`ngilli merganlar to`dasiga boshliq bo`lib, davlat qo`shinlari ularga hech teng kela olmas ekan. Qaroqchilar faqat boylarni tunashar, kambag`al bechoralarni esa himoya qilishar va ayollarga umuman yomonlik qilishmas ekanlar. XIX asrning birinchi yarmida Angliyani bosib olgan niderlandlarga qarshi kurash olib borgan kurashchi Robin Gud haqidagi talqin juda mashhur bo`lgan. Shu nuqtai nazarni Val'ter Skott ("Ayvengo" romanida) va fransuz tarixchisi Ogyust T'erri ("Robin Gud" va "Normandlar tomonidan Angliyaning bosib olinishi" kabi ishlarida) ilgari surishgan. Rus tilida Yskott Linning "Robin Gud va uning ozodligi " hamda A. Gershenzod va I. Tokmakovalarning - saxovatli qaroqchi haqidagi ikkita ajoyib tarjimalari mavjud.


Download 52,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish