II BOB Angliya bolalar adabiyoti va uning ayrim tamoyillari
2.1 Angliya bolalar adabiyotining yuzaga kelish omillari.
Buyuk Britaniya bolalar adabiyoti hech qachon shaxsan bolalar adabiyoti bo`lmagan va har doim kattalr adabiyoti uchun metaforalar hamda obrazlar vositasining xazinasi sifatida foydalanilgan. Shuni ta`kidlash mumkinki, tumanli Albionaning chuqur tarixi davomida qandaydir g`ayritabiiy odat mavjud: "kattalar" kitobini maroq bilan bolalar o`qiydi (mumtoz namuna - Daniel' Defoning "Robinzonning sarguzashtlari" asari), kattalar esa bolalar uchun yozilgan kitoblarni ishtiyoq bilan qo`lga oladilar. Shunday "kattalar" bolalar kitobiga Angliyaning qadimgi ingliz poemasi "Beovul'f" hamda Aylana stol atrofidagi ritsarlar haqidagi afsonalari kiradi. Bu yerda shunday dalilga e`tiborni qaratish joizki, boshqa davlatlar kabi Angliya ham murakkab tarixiy davrlarni boshdan kechirgan. R. Kipling ertagining qahramoni Pak ta`biri bilan aytganda, tumanli Albionaga xudolar kelishgan va ketishgan, ular bilan birga esa turli xalqlarning madaniyatlari ham kelib ketishgan. Qadimgi zamin tarixiga og`ir qismatlar yog`ilgan: bir necha bor ishg`ol qilingan hamda talon-taroj qilingan. Avval bular Sezar boshchiligidagi rimliklar edi, keyin piktlar hamda skottlar, keyinchalik esa Genget va Gorz boshchiligidagi anglosakslar bostirib kirishgan.
IX asrda anglosakslarning yetti grafligi (davlati) korol Egbert boshchiligida birlashtirilib Angliya degan umumiy nom oldi. Egbertning o`limidan so`ng anglosakslarga, butun G`arbiy Yevropani larzaga solgan Shimol xalqi - normandlar yoki vikinglar bilan kurashishga to`g`ri keldi. Birinchi bo`lib Angliyaga datalik bostirib kirib, o`zlarining davlatlarini - Data huquqi oblastiga (viloyatiga) asos solishdi. Ularning tashrifidan Angliyani Buyuk Al'fred xalos qildi (880-893 yillar). Lekin bu g`alaba qisqa muddatli bo`lib, vikingalar Angliya tinchligiga tez-tez rahna solib turadigan bo`lib qolishdi. Faqatgina bir necha yillardan so`ng Data va Angliya qiroli Knut o`limidan so`ng Angliya danlardan xalos bo`ldi, va normandlar sarkardasi Jahongir Vilgelm boshchiligadgi qo`shinlar istilosi ostida yashadi. Shu vaqtdan boshlab bir necha asrlar davomida Angliyada Fransuz hukmronligi ta`siri davom etib keldi. Yagona anglosakscha qahramonlik poeziyasining namunasi sifatida, bizgacha xalq an`analari voqeligini saqlab qolgan "Beovul'f" dostoni yetib kelgan va bolalar uchun minglab hikoyalar hamda qo`shiqlarda dunyo bo`ylab tarqalgan. Doston asosida badiiy filmlar va multfilmlar olingan, uning materiallaridan foydalanib, bolalar va o`smirlar uchun fantastik povestlar va romanlar yozilgan. Dostonning syujeti ikkiga bo`linadi, bosh qahramonning shaxsi va uning qahramonliklarining tasviri: birinchi qismda Beovul'f botqoq maxluqi Grendel hamda uning qahrli, badbashara onasi bilan olishishi haqida, ikkinchi qismida - ellik yil davomida davlatni baxtli, farovon boshqargani, keyin olovli ajdar bilan olishib yaralanib, umrini oxirlagani haqida bayon qilinadi. Asarning xalq folkloridan kelib chiqqan, deyilishiga ham asos bor.
Ko`p tadqiqotchilar, dostonning bosh qahramoni ayiqdan kelib chiqqan ertak qahramoniga juda o`xshash, bunga uning ismi guvohlik berishini, chunki qadimgi ingliz tilidan kelib chiqqan Beowulf "asalari bo`risi", ya`ni ayiq degan ma`noni anglatishini dalil deb ko`rsatishadi.3
Markaziy epizodlarning birinchi qismida qadimgi Islandiya sagalari bilan parallellik kuzatiladi, bu narsa asarning juda qadimiy ekanligidan dalolat bersa, ikkinchi qismi esa umumolmon ertaklari bilan hamohangdir. Olimlarning aksari qismi "Beovul'f" Angliya xristianlikni qabul qilmasdan oldin yaratilgan desa, hozirgi zamon olimlari asar VIII yoki IX asrlarda xristian kiriklari` tomonidan yozilgan degan fikrni ilgari surishadi. Bunga esa asarning bir butunligiga mone`lik qiluvchi, Eski Tavrotdan katta hajmdagi parchalarning keltirilishi guvohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |