Mundarija: kirish I bob. C++ Tilida xotirani zahiralash, butun sonlar o’lchami



Download 146,5 Kb.
bet2/7
Sana01.03.2023
Hajmi146,5 Kb.
#915589
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xotirani zahiralash

Kurs ishining maqsadi: C++ tilida ko'rsatkichlar va murojaatlar va C++ dasturlash tilini chuqurroq o'rganish.
Kurs ishini vazifalari quyidagilardan iborat: Mavzuga oid ilmiy adabiyotlardan, ilmiy tadqiqot ishlardan, dastur, darslik o’quv qo’llanmalardan foydalanish. Tajribali o’quvchilar, olimlar, metodistlar ish tajribalaridan foydalanish.
Kurs ishining predmeti: C++ tilida ko'rsatkichlar va murojaatlar
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, ilovalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BOB. C++ TILIDA XOTIRANI ZAHIRALASH, BUTUN SONLAR O’LCHAMI
1.1. C++ dasturlash tilida xotirani zahiralash
Xotirani zahiralash statik - kompilyatsiya paytida, yo standart kutubxonadan funksiyalarni chaqirish yo‘li bilan dinamik - dasturning bajarilish paytida, joylanishi mumkin. Bu usullarni ishlatishning asosiy farqi ularning effektivligida va moslanuvchanligidadir. Statik joylashtirish birmuncha effektivroq,chunki xotira ajratish dastur bajarilishidan oldin bajariladi. Ammo uning moslanuvchanligi ancha pastroq, chunki bu holda biz joylashtiriladigan ob’yektlarning turlari va o‘lchamlarini oldindan bilishimiz zarur.Masalan, matn fayllarni qatorlarning statik massivida, uning o‘lchamini oldindan bilish zarurligidan, joylashtirish ancha qiyin. Ayniqsa, oldindan noaniq sonli elementlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar uchun xotirani dinamik taqsimlash usulidan foydalanish qulay.C++ dasturlash tili C dasturlash tiliga asoslangan. C dasturlash tili o`z navbatida B va BCPLdasturlashgan tillaridan kelib chiqqan. BCPL - 1967 yilda Martin Richards tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, operatsion tizimlarni yaratish uchun mo`ljallangan. Ken Thompson o`zining B tilida BCPL ning ko`p xossalarini yaratishga harakat qilgan va B dasturlash tilida asosan operatsion tizimning birinchi variantlarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo`lgan. Ya`ni o`zgaruvchilarning ma`lum bir tipi bo`lmagan - har bir o`zgaruvchi kompyuter xotirasida faqat bir bayt joy egallagan. O`zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, ya`ni butun sonmi, haqiqiy sonmi yoki harfmi, dasturchining vazifasi bo`lgan.
C++ tilini Dennis RitchieB tiliga asoslanib yaratdi va ilk bor C tilini 1972 yili Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo`lladi. C o`zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko`p muhim tomonlarini o`z ichiga olish bilan bir qatorda o`zgaruvchilarni tiplashtiradi va turli yangiliklar kiritilgan. Boshlanishda C asosan UNIX tizimlarida keng tarqaldi. C mashina arxitekturasi bilan tez muloqot qiluvchi dasturlash tilidir. 1983 yilda, Ctili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 texnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo`yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda Cning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shuning uchun C da yozilgan dasturlar mayda o`zgarishlar yoki umuman o`zgarishlarsiz juda ko`p kompyuter platformalarida ishlaydi.
C++ 1980 -yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko`p imkoniyatlarni o`z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob`yektlar asosida dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozishga hozirgi kunda katta ahamiyat berilmoqda. Buni ta`minlash uchun ob`yektli dasturlash g`oyasi ilgari surildi. Xuddi 1970 - yillar boshida murojaatlarli dasturlash kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob`yektlar orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi.
C++ dan tashqari boshqa ko`p ob`yektli dasturlashga yo`naltirilgan tillar mavjud. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o`xshab murojaatlarli dasturlash yoki yangicha, ob`yektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob`yektli dasturlash falsafasi paydo bo`lganiga ham yigirma yildan oshyapti.
C++ funksiya va ob`yektlarning juda katta kutubxonasiga ega. Ya`ni C++ tilida dasturlashni o`rganish ikki qismga bo`linadi. Birinchisi bu C++ ni o`zini o`rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubxonasidagi tayyor ob`ekt-ko'rsatkichlardan foydalanishni o`rganishdir.

Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish