2.2. Oddiy va murakkab barglar
O‘simliklarning barglari tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. O‘simliklarning barglari tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi.
Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo‘l sa, bun day barglar murakkab barg deyiladi. Murakkab bargli o‘simliklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong‘oq, na’matak, qu lupnay, loviya, no‘xat, yeryong‘oq kabilar kiradi.
Barglar yaprog'ining shakliga qarab yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchburchaksimon va boshqa shakllarda bo'ladi. Barglar yaprog'ining qirrasi (cheti) te-kis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon va o'yilgan bo'lishi mumkin. Barglar o'simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo'ladi.
Oddiy barglarga misollar:
Oddiy barglar yaprog'ining tuzilishiga ko'ra patsimon, panjasimon va uch bo'lakli qirqilgan bo'ladi.
Murakkab barglar uch bargchali, panjasimon, toq patsimon va juft patsimon barglarga bo'linadi.
Murakkab barglarga misollar:
Uch bargchali murakkab barg - sebarga, beda, loviya, mosh, qulupnay kabi o'simliklarda, panjasimon murakkab barg esa soxta kashtanda bo'ladi.
Bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo'lsa, bunday barglar juft patsimon barg deyiladi (yeryong'oqda). Agar umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba'zan toq bargchalar o'rnida gajaklar hosil bo'ladi (no'xat va burchoqda).
Saksovul, qandim kabi ayrim o'simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo'ladi. Uning bandi ham bo'lmay, uzunligi 2 mm dan oshmaydi.
Xulosa qilib aytganda, barglar oddiy va murakkab, shakli jihatidan esa turlicha bo‘ladi.
2.3. Barglarning tomirlanishlari
Bargdagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil bo‘ladi.
Ular quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o‘simliklarda)
2. YOysimon tomirlanish. (zupturumda)
3. To‘rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda)
4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otkulokda)
5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug‘liklarda)
To‘rsimon tomirlanish 3 xil bo‘ladi:
1.PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervnыy)
2.BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervnыy) tomirlanish
3.YULDUZSIMON ( zvyozdchatonervnыy)tomirlanish
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi. (parallelonervnыy, dugonervыy)
Moy landishining bargi yoysimon: bug‘doy,jo‘xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan bo‘ladi (setchatonervnыy).
Barg vegetativ a’zo sifatida yuksak o‘simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o‘simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi.
Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi merestema xujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va barg plastikasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |