Mundarija: Kirish i-bob. Bargning morfologik va anatomik tuzilishi bo’yicha umumiy tushunchalar



Download 1,07 Mb.
bet2/8
Sana07.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#533647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Barg

Ishning dolzarbligi. Ushbu kurs ishining dolzarbligi shundaki, ushbu Respublikada amalga oshirilayotgan ko’kalamzorlashtirish ishlarida barglarning o’rni muhimdir. Barglar yurtimiz chiroyini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, insonlarga o’zgacha estetik ruh baxsh etadi. Bolalarga barglar, ularning tuzilishi va tarkibi haqida ma’lumot berish lozim.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi barglar haqida ma’lumot berish,turfa daraxt va o’zimliklarning barglari turfa xil bo’lishini tushuntirish, barglarning morfologik va anotomik tuzilishi bilan tanishtirish.
Kurs ishi ob’ekti. Biologiya fanidan ”Barglar” va ”Barglarning morfologik va anotomik tuzilishi” mavzularini o’rganish.
Kurs ishi predmeti. ”Barglarning morfologik va anotomik tuzilishi” mavzusini yoritib berishda qo’llaniladigan barcha turdagi tasviriy va ko’rgazmali vositalar.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, III bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bunda 3 bob, 10 adabiyot hamda internet ma’lumotlaridan foydalanildi. Ishning hajmi 28 betni tashkil qiladi.

I-BOB. Bargning morfologik va anatomik tuzilishi bo’yicha umumiy tushunchalar.
1.1. “Bargning morfologik va anatomik tuzilishi” haqida tushuncha
Barg o`simligining asosiy vegetativ organi bo`lib hisoblanadi. Barg birinchi marotaba urug` embrionidan yoki kurtakdan o`sib chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o`sadi. Ba`zi o`simliklarda ma-salan: qirqquloqsimonlarda barg uchi bilan o`sadi. Ko`pchilik o`simliklar bargi baxorda chiqib kuzda to`kiladi. Ba`zi o`simliklarning bargi esa bir necha yil to`kilmasdan turadi. Masalan: qarag`ayning bargi 3 yil,archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o`simlikning bargi 100 yil to`kilmasdan tura oladi. Barg asosan 2 qismdan iborat:
1.BARGNING BANDI (Chereshok)
2.BARGNING PLASTINKASI
Go`za bargi: 1-barg tomirlari, 2-barg yaprog`i, 3-barg bandi.
Ba`zi o`simliklarning bargi bandsiz bo`ladi, (sidyachiy list) Masalan, ko`knorining bargi. Ba`zi o`simliklarning bargi qinli (Vlagalishniy list). Masalan: G`alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga kirgan o`simliklar.
Lolaning bandsiz bargi Terakning to`rsimon tomirli bargi Bug`doyning parallel tomirli bargi
Barg bandli ham bo`ladi. Bunga chereshkoviy list deyiladi. Ba`zi o`simliklarning bargining tagida qo`shimcha bargi ham bo`ladi. (prilistnik) Masalan:no`xat, g`o`za barglari tagida.
Agar barg plastinkasi 1 ta bo`lsa oddiy barg deyiladi.
Barg plastinkasi butun yoki qirqilgan bo`lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o`rta tomiriga nisbatan 3/1 qismi qirqilgan bo`lsa, bo`lakli barg (lopastnoy list) deyiladi: chinor, anjir, g`o`za, terak, dub barglari. Agar barg plastinkasi bundan ham chuqurroq qirqilgan bo`lsa, ammo o`rta tomirigacha yetmagan bo`lsa, kesik barg (razdelniy list) deyiladi. Mas:qoqio`t,jag`-jag`.
Agar barg plastinkasi o`rta tomirigacha qirqilgan bo`lsa, ajralganbarg (rassechyonniy list) deyiladi. Mas: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali (selnokrayniy)yoki tishsimon (zubchatiy) arrasimon (pilchatiy) yoki o`yiqsimon (gorodchatiy) bo`lishi mumkin.
Barg plastinkasi har xil shaklda:ninasimon, chiziqsimon, lansetsimon, yuraksimon, buyraksimon, tuxumsimon, nayzasimon, strelkasimon va boshqa bo`lishi mumkin.
Turli shakldagi barglar:
1-qalami, 2-ellipssimon, 3-yuraksimon, 4-buyraksimon, 5-o`qsimon.
O`rikning bargi(oddiy barg).
Barg plastinkasi har xil kattalikda bo`ladi. Mas: Gruziyada o`suvchi Pterium barg nixoyat darajada katta bo`ladi. Odam bemalol ko`rpa qilib ustiga yopsa bo`ladi. Barg poyaga xar xil ravishda o`rnashadi. Ba`zi o`simliklarning bargi poyada ketma-ket (ocherdnoy, spiralniy) Mas: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi(suprotinniy) o`rnashgan Mas: labsimongullilar oilasiga kiradigan o`simliklar, yalpiz, shalfey. Ba`zi o`simliklarning bargi poyada xalqasimon ravishda (mutovchatiy)joylashgan. Sambitgul o`simligining bargi 3 tasi 1 ta joydan. Bargning asosiy bandi bo`lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o`zlarining bandchalari bilan joylashgan bo`lsa, murakkab barg (slojniy list) deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil bo`ladi:
1. 3 plastinkali murakkab barg (troychatoslojniy list) Mas: qulupnay, bedananing bargi.
2. Toq patli murakkab barg.(neparnoperistoslojniy list) Mas: na`matak, yong`oq, akatsiya bargi kiradi.
3. Juftpatli murakkab barg(parnoperistoslojniy list) Mas: no`xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.
4. Panjasimon murakkab barg (palchatoslojniy list) Mas: nasha, kashtanning bargi
Hashorotho`r o`simliklar:
1-drosera, 2-nepentes(kuvacha), 3-kaliforniya darlingtoni, 4-qapqonli hashorotho`r, 5-suv qaroqchisi, 6-aldrovanda.
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo`ladi. Bir pallali o`simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo`ladi. (parallelonervniy, dugonerviy) Moy landishining bargi yoysimon: bug`doy,jo`xori arpaning bargi parallel tomirlangan bo`ladi. Ikki pallali o`simliklarning bargi to`rsimon tomirlangan bo`ladi (setchatonervniy).
To`rsimon tomirlanish 3 xil bo`ladi:
1.PATSIMON TOMIRLANISH (Peristonervniy)
2.BARMOQSIMON (Panjasimon), (palchatonervniy) tomirlanish
3.YULDUZSIMON ( zvyozdchatonervniy)tomirlanish


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish