III-BOB. BARG ANATOMIYASI
3.1. Barg anatomiyasi
Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo`ladi:
1.DORZOVENTRAL
2.IZOLOTERIAL
3.RADIAL
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o`xshash bo`lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to`qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to`qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o`xshash bo`ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to`qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o`xshash bo`ladi.Bargning ichki tuzilishi o`simlikning yashash sharoitiga ham bog`liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o`simliklarni Kserofit o`simliklar deyiladi.
O`rta iqlimda yashaydigan o`simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o`simliklarni Gidrofit deyiladi. O`simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba`zi o`simliklarning bargi ko`p yillik bo`lsa ham, (archa, qarag`ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo`ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o`simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o`simliklarda qoziqsimon to`qima yaxshi taraqqiy etgan. Mezofit sharoitda yashaydigan o`simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to`qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo`ladi. Ba`zan 2 qavat ham bo`lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o`simliklarda qoziqsimon to`qima bo`lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o`simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo`ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o`simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo`ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o`simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo`ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
2.Bargning tomir o`tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to`qimalar joylashgan.
Barg kesmasining mikroskopda ko`rinishi:
1-ustki po`sti, 2-barg eti, 3-tomirlari, 4-orqa tomonidagi po`sti, 5-og`izchalari, 6-og`izchadagi oxirgi hujayralar(kattalashtirib ko`rsatilgan).
Shuvoq bargining ko`ndalang kesimi.
B-tuk, жв-bezli tuk, эв-ustki epidermis, эн-ostki epidermis, пт-ustunsimon to`qima, ксс-o`rtangi qavat, нн-o`tkazuvchi bog`lam, к-kutikula.
Odatda qoziqsimon to`qimaning ichkari tomonida bulutsimon to`qima joylashgan. Qoziqsimon to`qima zich joylashgan bo`ladi. Bulutsimon to`qimaning xujayralari orasida bo`shliq bo`ladi. Bargning mezofil qismida ba`zi xujayralarda kristallar to`planadi. Ba`zilarning xujayrasida suv zapaslari to`planadi. Ba`zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba`zan o`simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to`qimalarni-assimilyatsion to`qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo`lib turadi. Bulutsimon to`qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o`tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to`qimani ventelyatsion to`qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o`tgan qismida mexanik to`qima kollenxima, asosiy to`qima, hamda o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari joylashgan. O`tkazuvchi to`qima bog`lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O`tkazuvchi to`qima bog`lamida kambiy bo`lmaydi. Ya`ni o`tkazuvchi to`qima bog`lami yopiq bo`ladi. O`tkazuvchi to`qima bog`lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo`ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.
R a d i a l b a r g
Radial bargga misol qilib, qarag`ay bargini olamiz.
Radial barg.
Qarag`ayning bargi ko`p yillik bo`lsa ham, boshqa barglarga o`xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis xujayralarining po`sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to`qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog`ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to`qimasi chokli parenxima (skladchataya parenxima)dan tashkil topgan.Chokli parenximada xujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to`qima bargning po`stloq qismiga joylashgan. Bargning po`stloq qismida smola yo`llari bor. Smola yo`li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo`lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba`zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial xujayra atrofida mexanik to`qimaga kiruvchi o`lik xujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to`qima, mexanik to`qima sklerenxima hamda o`tkazuvchi to`qima bog`lamlari joylashgan. O`tkazuvchi to`qima bog`lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo`ladi. (Poyaga o`xshab) Qarag`ay ochiq urug`li o`simliklarga kirgani uchun o`tkazuvchi to`qimada suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya`ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o`tib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |