Mundarija: kirish i-bob. Bargning morfologik va anatomik tuzilishi bo’yicha umumiy tushunchalar


Bargning tabiatda va inson hayotida ahamiyati



Download 1,06 Mb.
bet3/10
Sana14.06.2022
Hajmi1,06 Mb.
#668933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bargning morfologik tuzilishi mavzusini o\'qitishda inavatsion texnologiyalardan foydalanish

1.2. Bargning tabiatda va inson hayotida ahamiyati
Barglar yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydi. Barglarning tabiat va inson hayotidagi roli beqiyosdir. Barglar deyarli barcha tirik organizmlarni nafas olishi uchun zarur kislorod bilan ta`minlaydi. Ular o`z faoliyati davomida anorganik moddalarni organik moddalarga aylatiradi. Ma` lumki, organic moddalar (o`simliklarning o`zi) kishilar va hayvonlar uchun zarur oziq hisoblanadi. Yashil o`simliklar hosil qilgan oziq moddalarda quyosh enengiyasi to`planadi (akkumilyatsiya bo`ladi). Bu to`plangan energiya hisobiga yerda hayot davom etadi, ya`ni kishilar sanoatda foydalanadigan energiya resurslarning asosini ana shu yashil o`simliklar to`plagan quyosh energiyasi tashkil etadi.
Sanoat uchun kerak bo`ladigan ko`pgina xomashyomahsulotlarini ham yashil o`simliklar yetkazib beradi. Ma`lumki, havo tarkibida azot, kislorod, vodorod, karbonat angidrid va shu kabi ozuqa moddalar bo`ladi. Atmosferaning 75.51 foizini azot, 23.01 foizini kislorod, 0.03 foizini karbonat angidrid va 1.28 foizini argon tashkil etadi. Vodorod, neon, geliy va shu kabi boshqa moddalar esa kam miqdorda uchraydi. Tirik organizmlar nafas olishida kisloroddan foydalanadi. Nafas olish va yonish jarayonida organik moddalar oksidlanadi, ya`ni kislorodni biriktirib karbonat angidrid va suv ajralib chiqadi.
Tabiatda bundan tashqari ham ko`p oksidlanish jarayonlari bo`lib turadi. Shu jarayonlart uzluksiz davom etib turish natijasida atmosferada kislorod miqdori kamayib tamom bo`lishi kerak edi. Vaholangki,bunday bo`lmaydi. Bunga sabab tabiatda kislorodning qayta hosil bo`lishi yashil o`simliklar tufayli uzluksiz davom etib turadi. Ana shu muhim jarayonning asosini suv va karbonat angidrid tashkil etadi. Karbonat angidrid o`simlik bargiga kirib, uni to`qimalari tarkibida bo`lgan suvda eriydi va quyosh energiyasi hamda xlorofill ishtirokida tabiatda uchraydigan eng ajoyib hodisalardan biri fotosintez jarayoni sodir bo`ladi. Fotosintez jarayonida suv kislorodi ajralib chiqadi va havoni kislorod bilan boyitadi. Lekin kislorodning ajralishi bu fotosintez jarayonining bir tomoni xolos. Ikkinchi tomoni bu biologik jarayonida qandlar, kraxmallar, uglevodlar, nuklein kislorod hosil bo`ladi. Nuklein kislorod esa oksidlarni hosil qiladi.
O`simlik inson hayoti uchun faqatgina kislorod ajratib bermasdan, balki zarur mahsulotlar, qand, kraxmal, oqsil, moy, kauchik,portlovchi moddalar , tola, qog`oz, efir moylari, dorivor moddalar va hayvonlar uchun yem-hashaklar yetkazib beradi. Ba’zi o‘simliklarning bargi asosay vazifadan tashqari, qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Mas: kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib qolishidan saqlaydi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari qismlarini qurib qolishidan saq-laydi. Makkajo‘xorining so‘tasini o‘rab olgan barglar ham jo‘-xori donini quyosh ta’sirida qurib qolish, chirish va qurtlarning yeb ketishidan saqlaydi.
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Mas: qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi. Kak-tus va Barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va Aloe degan o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sadi: Mosh, loviya, no‘xat. Avstraliyada o‘suvchi Avstraliya akatsiyasining bargining bandi yaxshi taraqqiy etib,barg plastinkasiga aylangan bo‘ladi. Bunday barglarni 2 Fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan barg bandida fotosintez protsessi bo‘ladi. Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi fotosintez protsessiga bo‘lgan talabdan deyiladi. Ba’zi bir o‘simliklarda oqsil modda yetishmaganligi sababli barg xashorat tutadigan qopqonga aylanadi. Bunday o‘simliklarga: Rosyanka, Muxolovka, Puzirchatka, Kuvshinkalar kiradi. Gul kosachasi, otalik va onaliklari qiyofasini o‘zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari yordamida vegetativ uchraydi. Mas:Begoniya va fikus. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi. Mas: suv qirqqulog‘i-Salviniya Salvinia natans. Bu o‘simliklarda 2 xil barg:suvning yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg deyiladi. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini bajaradi. Barg juda ham o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir tup o‘simlikning o‘zida ham xar xil barglar uchraydi. O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi, yuqoridagi barglar. Odatda o‘rta barglar o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib xisoblanadi.
BARG ANATOMIYASI
Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi:
1.DORZOVENTRAL
2.IZOLOTERIAL
3.RADIAL
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir. Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofit o‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil
2.Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan. Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning xujayralari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofil qismida ba’zi xujayralarda kristallar to‘planadi. Ba’zilarning xujayrasida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni-assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Bulutsimon to‘qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‘tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion to‘qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima, asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy bo‘lmaydi. Ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish