Mundarija kirish I bob. 1 Yorug’lik bosimi


Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasida talqin etilishi



Download 0,86 Mb.
bet8/8
Sana20.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#684637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5431872652811704574

1.3 Yorug’lik bosimining fotonlar nazariyasida talqin etilishi
Fotonlar nazariyasida yorug’likning bosimini fotonlar impulsining yutuvchi yoki qaytaruvchi devorga uzatilish natijasi talqin etish mumkin. Chastotasi ν ga teng bo’lgan monoxramatik yorug’likning devorga tik tushayotgan va 1 cm² yuzaga 1 s da E ga teng energiyaga olib keladigan oqimida N ta foton bo’lib, N ning qiymati quyidagi shartdan aniqlanadi:

.
Har bir foton hν/c ga teng imulsga ega bo’lgani uchun, u yutuvchi devorgacha hν/c impuls, qaytaruvchi devorgacha 2hν/c impuls uzatadi ( qaytish fotonlar impulse + hν/c dan - hν/c gacha, 2hν/c ga o’zgaradi).
Shunday qilib, absolyut yutuvchi devorchaning 1 cm² yuziga 1 s ichida uzatiladigan impuls quydagiga teng bo’ladi:

Lekin 1 cm² yuzaga 1 s.da berilgan impuls shu yuzaga ta’sir qiladigan bosimning o’zidir. Shunday qilib yutuvchi devorlarga ta’sir qilayotgan bosim P=E/c ga, to’liq qaytuvchi devorchaga ta’sir qilayotgan bosim p=2E/c ga teng. Qaytish koeffitsenti R ga teng bo’lgan umumiy holda 1 s ichida tushayotgan fotonlarning to’liq N sonidan (1-R)N tasi yutiladi, RN tasi qaytadi. Ular tomondan sirt birligiga uzatilgan impuls

bo’lib, Maksvell formulasiga to’g’ri keladi.
Yorug’lik bosimi hodisasi korpuskulyar yoki to’lqin nazariyasida qanday talqin etilgan bo’lmasin, bunday bosimning mavjudligini tajribada aniqlashning o’zi juda katta ahamiyatga ega. Bu fakt yorug’lik nuri energiyagagina emas, balki impulsga ham ega ekanligini ko’rsatib, yorug’likning moddiy ekanligini, yorug’lik ham modda bilan birga materiyaning bir ko’rinishi ekanligini shak-shubhasiz isbotlaydi.
1.4 Yorug’lik bosimining ba’zi bir kosmik hodisalardagi roli.
Yorug’lik bosimi mavjudligi Koinotda yuz beradigan bir qator hodisalarni izohlab berganligi haqida oldin gapirib o’tilgan edi.
Kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi, kometalar Quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib Quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib, kometa Quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’liq bosimi ta’sirida Quyoshdan uzoqlashadi, degan xulasani chiqarishga majbur qildi. Hisoblar va ayniqsa Lebedevning eksperemental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi. Bu ma’lumotlarga qarab o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni Quyosh nurlari ta’sirida Quyoshdan itarilishi Quyosh massasi ta’sirida Quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusining kubiga praporsional kamayadi. Itarilish esa radiusning kvadrati kabi kamayadi. Kerakli o’lchamdagi zarra uchun itarilishning tortilishga qaraganda ustunligi (yoki aksincha) Quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning zichligi ham, gravitatsion ta’sir ham masofaga qarab bir xil (1/r² kabi) o’zgaradi. Kometalarning quyruqlari faqat Quyosh yaqinida kattalasha boshlashishga o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralar quyosh yaqinida bug’lashish natijasida paydo bo’lishi sababchisidir. Ammo keyingi vaqtda kametalarda quyruq paydo bo’lishi juda murakkab protsess ekanligi va yorug’lik bosimi xilma xil hodisalarning sababini ochib berolmasligi aniqlandi.
Yaqinda yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Astronomiya ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, o’lchamlari ma’lum maksimumdan ortadigan yulduzlar mavjud emas ekan. Eddington yulduzlar o’lchamlarining ortishidan quydagi sharoit to’sqinlik qilishi kerakligiga e’tibor berdi. Yulduzning massasi ko’paygani tashqi qatlamlarining markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining siqilish ishi ham ortadi, natijada shu qatlamlarning harorati ortib bir necha million gradusga yetadi. Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi nur energiyasi zichligining, demak, yorug’lik bosimi kattaligini ortishini bildiradi. Hisoblar tortilish kuchi bilan yorug’lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari o’rtasidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymatdan ortmasligini ko’rsatadi: massasi ko’proq yulduzlar turg’un bo’lmaydi va tezda parchalanib ketadi. Haqiqatdan ham, yuqorida aytilgan fikrlar asosida o’tkazilgan hisoblarning natijasi bo’lmish yulduzlarning yuqorigi chegaraviy massasi astofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir.


Xulosa
Xulosa o’rnida quyidagi fikrlarni bayon qilsak bo’ladi, yorug’likning moddaga ko’rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega ekan. Yorug’likning bosimi yorug’lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi bundan tashqari, yorug’likning tabiatdagi ya’ni kosmik sohadagi hodislarni mohiyatini ilmiy asoslash uchun ham keng qo’llaniladi ekan.
Yorug’lik o’zi yoritayotgan jismlarga bosim berishi kerak degan g’oyani Kepler ilgari surib bu sohaga yo’l ochib bergandan buyon yorug’lik bosimi tabiatini o’rganish uchun ko’plab tajribalar o’tkazildi va Keplerning yorug’lik bosimi borasidagi gipotezasini barcha tajribalar tasdiqladi. Ya’ni, kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi, kometalar Quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib Quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi uni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib kometa Quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta’sirida Quyoshdan uzoqlashadi, degan xulosaning ilmiy asoslanishiga yordam berdi. Kepler ushbu o’rganishlari orqali yorug’lik bosimini qanchalik ahamiyatli ekanligini isbotlab berdi. U bu izlanishlari natijasida o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarni Quyosh nurlari ta’sirida Quyoshdan itarilishi Quyosh massasi ta’sirida Quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, bu esa astronomiya sohasida kometalar va yulduzlar ichki bosimi haqidagi ma’lum xulosalarni keltirib chiqardi. Hozirgi paytdagi izlanishlar natijasida yorug’lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o’lchamlari to’g’risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatildi. Keyinchalik Maksvell yorug’likning elektromagnitik nazariyasi asosida yorug’lik bosimining bo’lishi zarurligini keltirib chiqarganidan va hatto bu bosimning kattaligini hisoblab bergandan so’ng yorug’lik bosimini aniq qiymatini aniqlashni iloji topildi. Uning nazariyasiga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil topadi. Bu bilan elektromagnit nazariyada yorug’lik bosimini qanchalik o’rinli ekanligini isbotlab berdi.
Buni amaliyotda birinchi bo’lib P. N. Lebedev tajribalarida aniqlaganini va o’lchash jarayonlarini ham ko’rib chiqdik. Lebedevning natijalari Maksvellning elektromagnit nazariyasini tasdiqladi va o’lchangan yorug’lik bosimi nazariy hisoblangan yorug’lik bosimiga 20 foiz xatolik bilan mos kelishi kabi ushbu olimlarning izlanishlari natijalari orqali yorug’lik bosimi nimaligini, uni tabiatdagi rolini va alamliyotda qo’llanishini anglab olishimizga katta yordam berdi va keyingi ilmiy tadqiqod ishlarida qo’llash uchun asos bo’lishga xizmat qiladi deya olishimiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Landsberg G. S. “Optika” T. 1981.

  2. R.F. Ziyaxanov, S.N. Nuritdinov, I.U. Tadjibayev. Amaliy va umumiy astrofizika. I qism. -T.: “Fan va texnologiya”, 2017.

  3. R.F. Ziyaxanov, S.N. Nuritdinov, I.U. Tadjibayev. Amaliy va umumiy astrofizika. I qism. -T.: “Fan va texnologiya”, 2017.

  4. https://uz.wikipedia.org


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish