Mundarija kirish I bob. 1 Yorug’lik bosimi



Download 0,86 Mb.
bet3/8
Sana20.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#684637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5431872652811704574

1. Yorug’lik bosimi
J. K. Maksvell 1873- yili o ‘zining „Elektromagnetizm haqida traktat“ nomli asarida yorug‘lik ham har qanday elektromagnit to‘lqin kabi o‘z yo‘liga qo'yilgan to'siqqa bosim berishi kerak, degan xulosaga keladi. Yoruglikning bosimi borligi haqidagi Maksvell xulosasini tasdiqlovchi hech qanday eksperimental dalillar o‘sha davrda yo‘q edi va ko‘pchilik fiziklar bu xulosaga gumonsirab qarashar edi. Maksvell, havo ochiq kuni tush paytida Quyosh nurlariga perpendikular joylashgan qoraytirilgan (nur to‘)iq yutilishi uchun) sirtga Quyosh yorugligi beradigan bosim kuchini nazariy hisobladi. Bu bosim 4 • 10-6 Pa ekani ma'lum ho‘ladi. Bunchalik kichik bosimni sezish va o'lchash juda qiyin eksperim ental m asala boMishiga qaram ay, uni rus fizigi P. N . L e b e d e v (1866—1912) hal qilgan. Lebedevning eksperimental qurilmasida ingichka va elastik kvars ipga uchlarida yupqa metall folga (zar) dan qilingan qanotchalar bo'lgan shayin osilgan. Qanotchalardan biri qoraytiriigan (qurum bilan qoplangan. rasm). Qanotchalar kuchli yorug‘lik manbayi bilan yoritilgan.
Lebedev tajribasining asosiy g‘oyasi shundaki, qora qanotcha tomonidan yorug‘lik yutilganda, u to‘lqindan p impuls oladi, qoraytirilmagan yaltiroq qanotchadan yorug‘lik qaytganda esa, u to‘lqindan 2p impulsoladi. Bu yerda quyidagi o'xshashlik o'rinli: qumli qopga tekkan o‘q, impulsning saqlanish qonuniga ko‘ra, qopga p impuls beradi, po‘lat iistga urilib, undan urilishdan oldingidek tezlik bilan qaytgan o‘q esa po‘lat listga 2p impuls beradi. Shuning uchun qora qanotchaga berilgan yorug‘lik bosimi yaltirog‘iga berilganga qaraganda ikki marta kichik bo‘ladi. Bu esa shayinning burilishiga va elastik ipning eshilishiga olib keladi. Shayinning burilish burchagini, uning uzunligini, qanotchalaryuzini va ipning elastiklik xususiyatlarini bilgan holda yoruglik bosimini tajribada aniqlash mumkin. Shayinning burilish burchagi yorug‘lik nurlarining og‘ishiga qarab aniqlangan.
Yuqorida bayon etilgan sxema bo'yicha tajriba qo'ygan Lebedev qo‘shimcha — ikkinchi darajali hodisalarga duch kelgan. U lardan biri radiom etrik effekt deb yuritiladi. Buning ma'nosini tushuntiraylik. Yorug‘lik ta’sirida qanotchalar qiziydi. Qora qanotcha yorug'likni deyarli to'liq yutganligi sababli, u yaltirog'iga qaraganda kuchliroq qiziydi. Qanotchalaming molekulalari bilan to'qnashgan gaz molekulalari ularning impulsini oladi. Qora qanotchaning temperaturasi yaltirog'nikiga qaraganda yuqori bo‘lgani sababli, qora qanotcha gaz molekulalariga yaltirog'iga qaraganda ko'proq yig‘indi impuls beradi va impulsning saqlanish qonuniga ko‘ra o‘zi ham qarama-qarshi yo'nalishda ko‘proq impuls oladi. Natijada yorug‘Iik hosimi tufayli yuzaga keladiganga qaraganda 1000 marta kattaroq bo‘lgan burovchi moment yuzaga keladi. Radiometrik effektni bartaraf qilish uchun Lebedev butun asbobni havosi so‘rib olingan idishga joylashtiradi. Qo'shimcha hodisalarning oldini oluvchi boshqa choralar ham k o 'rila d i. P. N. Lebedev to m o n id an 1900- yili olingan eksperimental natijalar 2 foizgacha aniqlik bilan nazariy hisoblab topilgan yorug‘lik bosimi qiymatiga mos keladi va J. K. Maksvell to m onidan yorug‘likning elektromagnit tabiati haqidagi tasawurlarga asoslanib bajarilgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligini tasdiqladi.
Elektromagnit nazariyaga ko’ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit to’lqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligiga teng. Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm² ga tushuvchi va undan qaytuvchi to’lqin quvvati Q erg/sm², qaytish koeffitseynti R bo’lsa, u holda sirt yaqinidagi energiya zichligi u = Q(h+ R)/c . Bundan yorug’likning jism sirtiga bosimi quydagicha bo’ladi:



Yorug’lik bosimi ko’lamlari bir biridan farq qiluvchi astrofizik va atom sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo bo’lishi bilan yorug’lik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi. Yorug’lik vektori – yorug’lik energiyasining kattaligini va ko’chirilish yo’nalishini aniqlab beruvchi yorug’lik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida yorug’likning hajm zichligi, yorug’lik oqimini yutilishi, sirtning yoritilganligi va boshqalar aniqlanadi. Yorug’lik - foton enrgiyasi. Yorug’likning to’lqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, ya’ni kvant tabiatiga ham ega bo’lishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga ko’ra, yorug’lik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida yutuladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish mumkin. Kvant mexanikasi qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. Yorug’lik kuchi – ko’rinuvchi nurlanish manbaining muayyan yo’nalishini ifodalaydigan yorug’lik kattaligi. Yorug’lik manbaidan fazoviy burchak birligida tarqalayotgan yorug’lik oqimini ifodalaydi. Xalqaro birliklar sistemasida kandela(kd) yorug’lik kuchi o’lchov birligi qabul qilingan. Yorug’lik kuchini aniqlash yoritish texnikasida, tibbiyotda amaliy ahamiyatga ega. Yorug’lik oqimi – yorug’lik energiyasini sezishda, tabiiyki, ko’z alohida ahamiyatga ega. Inson ko’zining rangdagi yorug’likni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali o’tayotgan yorug’lik to’lqin energiyasi emas, balki bu yorug’lik energiyasining bevosita ko’zga ko’rish sezgisi uyg’otadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida o’tadigan va ko’rish sezgisi bilan baholanadigan yorug’lik energiyasi yorug’lik oqimi deyiladi. Yorug’lik oqimini birligi lyumen qabul qilingan. Yorug’lik energiyasi – inson ko’zi sezadigan elektromagnit to’lqinlar energiyasi qismi. U yorug’lik oqimining yoritish davomililigiga ko’paytmasiga teng. Yorug’lik energiyasi birligi – lyumen*sekundga teng.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish