11-rasm. Tumanlar kesimida YAIM. Diogrammasi.
Viloyatda temir yo'l transportining salmogi katta. Surxondaryoda dastlabki temir yo' 1915-yilda (Kogon— Termiz) qurilgan. Bu viloyatni boshqa regionlar bilan bogʻlaydigan dastlabki muhim yoʻl boʻldi. 1925-yilda 248 km li Termiz—Dushanba temir yo'lni qurishga kirishildi. Bu yoʻlning qurilishi Termizni Oʻrta Osiyoning yirik shaharlari — Toshkent va Dushanba bilan bogʻladi. 1971-yilga kelib Surxondaryo viloyatini Tojikistonning jan. tumanlari bilan bogʻlovchi Termiz—Qoʻrgʻontepa — Yavan temir yo'ini qurishga kirishildi. Gʻuzor — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻlning qurilishi yakunlanmoqsa. Amudaryo ustidan Hayraton temir yo' koʻprigi qurilgan. Viloyat hududidan Moskva — Dushanba, Ashxobod — Dushanba temir yo'llari oʻtgan. Termiz — Toshkent, Termiz — AmuZang, Termiz — Sariosiyo, Termiz — Boldir yoʻnalishlarida poyezdlar kdtnaydi. Shuningdek, Termiz orkali Dushanba — Astraxon, Dushanba — Konibodom, Qoʻrgʻontepa — Konibodom, Koʻlob — Astraxon yoʻnalishlarida poyezdlar qatnaydi. Viloyatdagi temir yoʻllarning uz. 300 km. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yoʻlining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yoʻllarning uz. 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli —Katta Oʻzbekiston traktoʻ. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi yuklarni qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatining yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha xorijiy mamlakatlar va
O ʻzbekistonning ichki tumanlariga avtomobil transporti qatnaydi. Termiz — Qarshi, Termiz — Hayraton (Afgʻoniston), Termiz — Dushanba, Termiz — Toshkent, Denov — Qarshi, Denov — Shahrisabz, Denov — Gʻuzor, Denov — Urganch, Denov — Samarqand yoʻnalishlari shular jumlasidan.(12-rasm)
12-rasm. Toshkent-Termiz elektrlashtirilgan poyezdi.
Surxondaryo viloyatida respublikada yagona boʻlgan Termiz dare porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda aeroport bor. Termiz aeroportidan Toshkent, Moskva, Ashxobod, Olmaota, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 30-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.
Davlatimiz rahbari 2018-yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida koʻplab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, tuman va shaharlarda qurilish-bunyodkorlik ishlari koʻlamini sifat jihatidan kengaytirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm, xizmat koʻrsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.
Oʻtgan vaqt mobaynida mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va servis yoʻnalishlarida umumiy qiymati 3 trillion 12 milliard soʻmlik 423 ta loyiha ishga tushirilib, 7 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda sement ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Granit va gabbro toshlarini qazib olish va qayta ishlash korxonasi barpo etildi. Zamonaviy taʼlim, tibbiyot muassasalari, issiqxonalar qurilib, turli ziroatlar yetishtirish, chorvachilik va parrandachilik sohalarini rivojlantirish, aholini arzon, sifatli uy-joy bilan taʼminlashga eʼtibor yanada kuchaydi. Olib borilayotgan islohotlar natijasida joriy yilning dastlabki choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yalpi hududiy mahsulot 3,4, sanoat 2, qurilish 25,5, xizmatlar 4,2 foizga oshdi.Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida viloyatda 42 ta loyihaga 23,6 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilindi. Sanoat sohasida 16,2 million dollar, qishloq xoʻjaligida 3,62 million, xizmat koʻrsatish va servis sohasida 3,16 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi.
Yangi loyihalarni ishga tushirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hududning eksport salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan hududiy eksport hajmi 131,5 foizga bajarildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi Sariosiyo tumanidagi Toʻpolang gidroelektr stansiyasidan boshlandi.
Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirish uchun tabiiy sharoitga ega joylar koʻp. Bu imkoniyatdan samarali foydalanib, energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish iqtisodiyotimizning eng muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilandi. Oʻsha yili 18 maydagi farmonga muvofiq, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Sohada yagona texnik siyosatni amalga oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini izchil oshirish, mavjud gidroelektr stansiyalarni zamonaviy qayta jihozlash va yangi quvvatlarni ishga tushirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Shu asosda Toʻpolang gidroelektr stansiyasi ham modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerda har biri 15 megavatt boʻlgan ikkita agregat ishlab turgan edi. Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq, avvaliga Toʻpolang suv ombori toʻgʻoni 20 metrga koʻtarildi. Natijada uning sigʻimi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Ayni paytda jami quvvati 145 megavattli yana ikkita agregat oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, har biri qariyb 38 megavatt boʻlgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” kichik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilmoqda. Shu tariqa energiya olish quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.
Ahamiyatlisi shundaki, bu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvchandir. Ekologiyaga hech qanday zarar yetkazmagan holda barqaror energiya ishlab chiqarilib, sanoat korxonalari, turli idoralar va aholiga yetkazib beriladi. Davlatimiz rahbari yangi toʻgʻon va gidroelektr stansiyani koʻzdan kechirdi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida viloyatda 42 ta loyihaga 23,6 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilindi. Sanoat sohasida 16,2 million dollar, qishloq xoʻjaligida 3,62 million, xizmat koʻrsatish va servis sohasida 3,16 million dollar miqdorida xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi.
Yangi loyihalarni ishga tushirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hududning eksport salohiyatini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan hududiy eksport hajmi 131,5 foizga bajarildi.
P rezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi Sariosiyo tumanidagi Toʻpolang gidroelektr stansiyasidan boshlandi. Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantirish uchun tabiiy sharoitga ega joylar koʻp. Bu imkoniyatdan samarali foydalanib, energiya ishlab chiqarishni koʻpaytirish iqtisodiyotimizning eng muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi belgilandi. Oʻsha yili 18 maydagi farmonga muvofiq, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. Sohada yagona texnik siyosatni amalga oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini izchil oshirish, mavjud gidroelektr stansiyalarni zamonaviy qayta jihozlash va yangi quvvatlarni ishga tushirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. Shu asosda Toʻpolang gidroelektr stansiyasi ham modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerda har biri 15 megavatt boʻlgan ikkita agregat ishlab turgan edi. Prezidentimiz topshirigʻiga muvofiq, avvaliga Toʻpolang suv ombori toʻgʻoni 20 metrga koʻtarildi. Natijada uning sigʻimi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Ayni paytda jami quvvati 145 megavattli yana ikkita agregat oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, har biri qariyb 38 megavatt boʻlgan “Zarchob-1” va “Zarchob-2” kichik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilmoqda. Shu tariqa energiya olish quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.(13-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |