1.3. Janubiy iqtisodiy rayonining suv va yer resurslari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.11.2016 yildagi 378-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASININGQARORISURXONDARYO VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN MAYDONLARI TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini oshirish, Surxondaryo viloyatining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoateksport” XK, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligining:
2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida paxta maydonlari va paxta xomashyosining yalpi yig‘imini optimallashtirish parametrlari to‘g‘risidagi Surxondaryo viloyatida paxtadan bo‘shayotgan yerlarda 2017 — 2019-yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning maqsadli parametrlari to‘g‘risidagi 2017 — 2019-yillar davrida Surxondaryo viloyatida ekin maydonlari, asosiy qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining hosildorligi va yalpi yig‘imining prognoz parametrlari to‘g‘risidagi Surxondaryo viloyatida 2017-yilda eski va samarasiz bog‘lar va uzumzorlarni kesib tashlash parametrlari to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
2. Surxondaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi bilan birgalikda ekin maydonlarining unumdorligi darajasini va ulardan foydalanish samaradorligini, ularning suv bilan ta’minlanganligini, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini, fermer xo‘jaliklarining rentabelligini puxta tahlil qilish asosida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlardan kelib chiqib 2017-yilda paxtadan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish uchun fermer xo‘jaliklari bo‘yicha paxtadan bo‘shagan yer maydonini bir oy muddatda aniqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda paxtadan bo‘shayotgan past rentabelli va meliorativ jihatdan nobop yerlarni optimallashtirish, eski va samarasiz bog‘lar va uzumzorlarni kesish, shuningdek keyinchalik ushbu maydonlarda sabzavot-poliz ekinlari, kartoshka, intensiv bog‘lar va uzumzorlarni joylashtirish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Surxondaryo viloyati hokimligi, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari xalq deputatlari tuman kengashlari bilan birgalikda joriy yilning oxirigacha sessiyalarda paxtadan bo‘shagan yerlarda sabzavotchilik, polizchilik, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi sabzavot, poliz ekinlarining seleksiya navlarini tanlash va ekish, intensiv bog‘lar va uzumzorlar tashkil etish, shuningdek har bir tumanning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va fermer xo‘jaliklariga yetkazsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Surxondaryo viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ingichka tolali paxta navlari maydonlarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda elita xo‘jaliklarida va boshqa urug‘chilik xo‘jaliklarida urug‘lik chigitlarni ko‘paytirish;
respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga muvofiq ingichka tolali paxta navlarini yetishtirishning resurslarni tejaydigan usullarini joriy etish, qo‘sh qatorli ekin maydonlarini kengaytirish, g‘o‘zani parvarish qilish agrotexnikasi bo‘yicha takliflar kiritsinlar.
7. “O‘zpaxtasanoateksport” XK, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
paxtaning bizning mintaqamiz bilan o‘xshash tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga moslashtirilgan ingichka tolali navlari chigitlarini chet eldan sotib olish masalasini 2016-yil 15-noyabrgacha ishlab chiqsinlar va tegishli taklifni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
ishlab turgan paxta tozalash zavodlarini ingichka tolali paxta navlari xomashyosini qayta ishlashga qayta ixtisoslashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha yirik klaster korxonalar tashkil etishni, ularga tegishli ekin maydonlarini, shu jumladan paxtadan bo‘shaydigan yerlarni biriktirishni nazarda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha bir oy muddatda takliflar tayyorlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK asbob-uskunalar sotib olish va Surxondaryo viloyatida polietilen plyonka ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish bo‘yicha ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi azirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M. G‘aniyev hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.N. Mamaraimov zimmasiga yuklansin.
Statistik ma’lumotlarga kо‘ra, hozir dunyo aholisi soni qariyb 7,5 milliardni tashkil etmoqda. 2050 yilga borib Yer yuzida kamida 10 milliard kishi istiqomat qiladi. Tabiiyki, aholi soni kо‘paygani sari sayyoramizdagi tabiiy resurslar, xususan, suvga bо‘lgan talab ham yanada oshib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, dunyoning kо‘plab davlatlari tomonidan qishloq xо‘jaligida suv sarfini qisqartirishga qaratilgan yangi-yangi loyihalar joriy etilmoqda. Ulardan eng ommalashgani ekinlarni tomchilatib sug‘orish tizimidir.
Tarixiy ma’lumotlarga kо‘ra, bundan bir necha asrlar muqaddam ham ota-bobolarimiz suv taqchil va lalmikor yerlarda sopol xumchalardan foydalanib, dehqonchilik qilishgan. Ular sopol xumchalarni qish va bahor oylari qor, yomg‘ir suvi bilan tо‘ldirib, mavsumda ekinlar ildizi yoniga kо‘mib chiqqan.
Bilamizki, odatiy sopol idishlarda suv uzoq saqlanadi, ammo ma’lum miqdorda nam uning sirtiga sizib chiqadi. Ana shu nam tuproqqa о‘tib, ekin ildiziga borib turgan. Natijada о‘simlik doim bir maromda о‘ziga kerakli namlikni olib, tez rivojlangan va mо‘l hosil bergan. Keyinchalik ham dunyoning kо‘plab davlatlarida odamlar turli usullardan foydalanib, lalmikor yerlarda dehqonchilik qilgani ma’lum. Zamonaviy suv tejovchi texnologiya - tomchilatib sug‘orish tizimi esa Isroilda ixtiro qilingan. Tarixdan ma’lumki, 1940-yillarda Yevropadan repatriatsiya qilingan yahudiy millatiga mansub aholi Isroildagi Negev chо‘liga ommaviy joylashtiriladi. Shu bois chо‘l о‘rtasida yangi Xatserim qishlog‘i tashkil topadi. Bu joy Isroilning eng qurg‘oqchil hududi hisoblanib, u yerda yillik yog‘in miqdori 200 millimetrdan 800 millimetrgacha, ayrim qurg‘oqchil yillarda esa bor-yо‘g‘i 20 millimetrni tashkil etgan.
Qishloq aholisi esa dehqonchilik qilib oziq-ovqat topish uchun tabiat bilan tinimsiz kurashar, chо‘lda ekin ekib, hosil olish imkonini beruvchi usullar haqida bosh qotirardi.Nihoyat, Isroilga Varshavadan repatriatsiya qilingan, mutaxassisligi injener-gidrotexnik bо‘lgan Simxa Blass ismli kishi 1959 yilda tomchilatib sug‘orish uskunasini yaratdi va uni Xatserim qishlog‘ida muvaffaqiyatli sinovdan о‘tkazdi. Uskuna qor-yomg‘ir suvlarini maxsus hovuzlarga tо‘plab, yozda kam suv bilan kо‘proq maydonni sug‘orish imkonini berardi. 1966 yildan boshlab ushbu uskuna ommaviy ravishda ishlab chiqarilib, mamlakatning boshqa hududlarida ham keng qо‘llanilmoqda. Mamlakatimizda esa tomchilatib sug‘orish texnologiyasi u jahonda ommalasha boshlagan ilk yillardayoq Namangan viloyatida qо‘llanilgan. Dehqon Jaloliddin Boltaboyev 1968 yilda 1 gektar maydonda oddiy rezina shlanglarni teshish yordamida yasalgan tomchilatib sug‘orish tizimini о‘rnatgan. Natijada suv bir necha marotaba iqtisod qilinib, hosildorlik miqdori odatdagidan ancha yuqori bо‘lgan. Shundan buyon Boltaboyevlar sulolasi bu usulni ommalashtirishni targ‘ib qilib kelmoqda.
Keyinchalik Jaloliddin Boltaboyevning bu ishini о‘g‘li Jamoliddin Boltaboyev davom ettirib, bir gektar g‘о‘za maydoni uchun zarur suvni uch marta, yonilg‘ini 50-60 litrga kamaytirishga erishgan. Shunga qaramay, tomchilatib sug‘orilgan maydonlarda hosildorlik ancha yuqori bо‘lgan. Hozirda uning fermer xо‘jaligida tomchilatib sug‘orish usuli qо‘llaniladi hamda buning uchun zarur texnologiya va butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda.(5-rasm)
5-rasm. Sug’orish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |