1. Semantik usul. Leksik – semantik yo‘l bilan so‘z yasash so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ma’noning ko‘chishi orqali yangi ma’noli so‘zning yuzaga kelishidir. Semantik yoki leksik-semantik usul yordamida so‘z yasash tarixiy taraqqiyot jarayonida tildagi ayrim ma’nolar orasidagi bog‘lanishlarning yo‘qolib ketishi, so‘zning ayrim shakllarida yangi leksik ma’noning yuzaga kelishi kabi hodisalar bilan bog‘liq. Bunday hodisa tilning ko‘p yillar davomida rivojlanishi natijasida asta-sekin yuzaga keladi. Semantik usul bilan yasalgan so‘zlar bir turkum doirasida hamda boshqa – boshqa so‘z turkumlariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |