a. Marie aime la marche.
b. Marie marche beaucoup.
Ushbu misollarda ham ko‘rishimiz mumkinki, birinchi gapdagi “marche” so‘zi ot so‘z turkumi holida, keyingi gapda esa fe’l so‘z tukumi bo‘lib kelmoqda. Buning natijasi sifatida esa ularning gapdagi sintaktik vazifasi ham, so‘rog‘i ham boshqa-boshqa bo‘lib keladi. Bunaqa misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan:
1. a. Adam a mis de la colle partout.
b. Adam colle les photos dans l’album.
2. a. Paul danse au cabaret tous les dimanches soirs.
b. Paul aime la danse.
Konversiya atamasi so‘z yasalishiga oid adabiyotlarda hozirga qadar so‘z yasashning leksik-semantik usuli yoki leksik-grammatik usuli deb yuritib kelinadi. Oddiy so‘zlar, ya’ni turdosh leksikaning konversiya usulida yasalishini atoqli otlarning shu usulda yasalishidan farqlash maqsadida atoqli otlar tizimidagi konversiya – onomastik konversiya deb yuritiladi.
Fransuz tilida ot so‘z turkumi doirasidagi konversiya jarayoni boshqalarga qaraganda qiziq holatlarga boy hisoblanadi. Masalan atoqli otning turdosh otga aylanish holatini uchratishimiz mumkin, xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi. Masalan :
a. Eugène Poubelle était préfet de la Seine de 1883 à 1896.
b. Des souris se sont cachées derrière la poubelle.
Birinchi gapda “poubelle” so‘zi atoqli ot sifatida ya’ni shaxs nomi bo‘lib kelmoqda va bosh harf bilan berilgan. Ikkinchi gapda esa “poubelle” so‘zi turdosh ot bo‘lib ya’ni narsa-buyum nomini ifodalab kelmoqda va kichik harf bilan berilgan. Bu esa ularga beriladigan so‘roqning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lib hisoblanadi. Ot so‘z turkumidagi bunday konversiya jarayoni ko‘plab tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan va unga doir ilmi ishlar qiligan. Buning sababi esa bu juda qiziq mavzu bo‘lib hisoblanadi.
Turdosh leksika sathi va atoqli otlar sathidagi konversiyani ajratib atashning ahamiyati shundaki, toponimiyaga doir ko‘pgina ishlarda konversiya usulining bu ikki tipi farqlanmasdan, qorishtirib talqin qilinadi. Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilida avvaldan tayyor so‘z shakllari atoqli otlik vazifasiga ko‘chadi. Masalan: La Russe, le parisien, coréen, Indienne kabi. Atoqli ot vazifasiga o‘tayotgan leksema turdosh leksika yoki atoqli ot bo‘lishi mumkin. Atoqli otning qanday lug‘aviy negizdan yasalayotganligi, albatta, ma’lum bir farqlarga ega hisoblanadi. Chunki turdosh so‘zning atoqli otga ko‘chishi birinchi bosqich konversiya (nomlanish) bo‘lsa, atoqli otning boshqa atoqli ot vazifasiga o‘tishi ikkinchi bosqich konversiya (masalan, le parisien nomi bilan shaharning nomlanishi va shu yerlik aholining nomi) yoki uchinchi bosqich konversiya hisoblanadi. Onomastik tizimda hatto to‘rtinchi bosqich va undan ortiq bosqichli konversiyalar ham uchrashi mumkin.
Toponimik sistema ichidagi mikrosistemalarga mansub (masalan, antroponomiya, etnonimiya, toponimiya va b.) nomlarning bir-biriga o‘tishi tashqi transpozitsiya, aksincha, bitta sinf, razryadga mansub nomning (masalan, toponimning toponimga) o‘tishini ichki transpozitsiya, turli leksik kategoriyalar (turdosh leksika) dan toponim yasalishini kategoriyalararo transpozitsiya hisoblanadi.
Keltirilgan uchta tamoyilda ham konversiya hodisasi mavjud bo‘lib, kategoriyalararo transpozitsiyada apellyativ toponegizdan toponim yasalsa, tashqi transpozitsiyada antropotoponimlar, etnotoponimlar hosil qilinadi. Ichki transpozitsiya esa topotoponimlarni yuzaga keltiruvchi jarayon hisoblanadi. Albatta yuqorida qayd etilgan tamoyillar o‘zaro farqlidir.
Ichki konversiya onomastika tizimining o‘z ichida yangi nom yasash jarayoni bo‘lib, bunda atoqli otlarning turli ko‘rinishlari toponimlik vazifasiga o‘tadi.
Turdosh leksikadan toponimlarning yasalishi, aniqrog‘i apellyativ leksikaning joy nomi funksiyasiga o‘tishi tashqi konversiya bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bu holat nom onomastik sistemasidan tashqarida bo‘lgan lug‘aviy zahiralardan hosil bo‘ladi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, fransuz tilida so‘z yasash tizimi tilning leksik qatlamini boyitishda ichki manbaning rolini muhim ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Qolaversa, tildagi so‘z yasash usullarining bir necha xil ekanligi ham bu omilning yangi leksik yasashdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi. Boshqa tillardagi kabi fransuz tilida ham so‘z yasashning bir necha xildagi turi mavjud bo‘lib, ularning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjuddir. Bularning orasida qo‘shimchalar orqali so‘z yasash, so‘zlarni qisqartirish orqali yangi so‘z hosil qilish ya’ni abrevyatura va konversiya kabi usullarni alohida o‘rganish talab etiladi.
Konversiya – biror lug‘aviy asosni so‘z hosil qilishning boshqa paradigmasiga o‘tkazib yangi so‘z yasashdir. Konversiya (la conversion) – so‘z yasash usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul orqali hech qanday formal o‘zgarishsiz so‘zlar o‘zining grammatik kategoriyasini o‘zgartiradi va yangi ma’no (leksik va grammatik) kasb etadi. U zamonaviy fransuz tilida eng unumdor usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. So‘z yasashning bu usuli fransuz tilida “la conversion” deb ataladi. Bundan tashqari “la dérivation impropre”, “la dérivation implicite” yoki “la dérivation zéro” deb ham atashadi.
Sifat turkumiga xos so`zlar boshqa turkum so`zlari bilan muntazam qo`llanishi natijasi o`laroq shu turkumga xos lingvistik xususiyatlarni ham o`zida kasb eta borganligi, natijada boshqa turkum so`zlari guruhidan o`rin olganligiga guvoh bo`lamiz.
Umuman, bir turkum so`zi boshqa turkum so`ziga ko`chganda bir vaqtlar bir turkumda bo`lib, til taraqqiyoti natijasida ikkinchi turkumga o`tgan so`z nazarda tutiladi.
Hozirgi fransuz tilida so`z turkumlararo ko`chishning quyidagi turlari mavjud: 1.Otlanish (Substantivatsiya), 2. Sifatlanish (Adjektivatsiya), 3. Sonlanish (Numerilizatsiya), 4. Olmoshlanish (Pronominalizatsiya), 5. Ravishlanish (Adverbializatsiya), 6. Fe’llanish (Verbalizatsiya), 7. Tasviriylanish (Essivatsiya) 8. Undovlanish (Interyektivatsiya), 9. Modallashish, 10. Ko`makchilashish, 11. Bog`lovchilansh, 12.Yuklamalashish (Partikulyatsiya).
Har qanday tildagi so`z turkumlari ko`chish hollarini bevosita tahlil qilayotganda bu masalaning ikki ajralmas tomoni: o`sha so`z turkumining boshqa so`z turkumlariga ko`chishi va boshqa so`z turkumlarining mazkur so`z turkumga ko`chishini nazardan qochirmaslik kerak, chunki til birligining nutqda amal qilinishi va so`z turkumlararo aloqaning ro`yobga chiqishida ko`chishning har ikki turining qiymati tengdir. So`zlar bir turkumdan ikkinchi turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi o`zgaradi. Otning sifatga ko`chishi ham shunday hodisadir. Turdosh leksika sathi va atoqli otlar sathidagi konversiyani ajratib atashning ahamiyati shundaki, toponimiyaga doir ko‘pgina ishlarda konversiya usulining bu ikki tipi farqlanmasdan, qorishtirib talqin qilinadi. Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilida avvaldan tayyor so‘z shakllari atoqli otlik vazifasiga ko‘chadi. Masalan: La Russe, le parisien, coréen, Indienne kabi. Atoqli ot vazifasiga o‘tayotgan leksema turdosh leksika yoki atoqli ot bo‘lishi mumkin. Atoqli otning qanday lug‘aviy negizdan yasalayotganligi, albatta, ma’lum bir farqlarga ega hisoblanadi. Chunki turdosh so‘zning atoqli otga ko‘chishi birinchi bosqich konversiya (nomlanish) bo‘lsa, atoqli otning boshqa atoqli ot vazifasiga o‘tishi ikkinchi bosqich konversiya (masalan, le parisien nomi bilan shaharning nomlanishi va shu yerlik aholining nomi) yoki uchinchi bosqich konversiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |