Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


IV.Atrof muhit muhofazasi



Download 0,98 Mb.
bet23/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

IV.Atrof muhit muhofazasi
Atrof-muhitni muhofaza qilish—tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, erituvchi, reaksion muhit, ekstragent, absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor maxsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi oqova suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi: neftni qayta ishlash korxonalarning suvlari -neft maxsulotlari, yog‘, moy, fenol, sirt-aktiv moddalar bilan ifloslangandir; plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish kopxonalarining suvlari tarkibida monomerlar, yuqori-molekulyar birikmalar, saqich va hokazo moddalar bor.
Oqava suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko’rsatgichlar orqali aniqlanadi:
1) orgonaleptik ko’rsatgichlar (rangi, xidi, mazasi, tiniqligi va x.k).
2) fizik kimyoviy ko’rsatgichlar (pH, temperatura, elektr o‘tkazuvchanlik, suvning qattiqligi, qovishqoqligi, zichligi, sirt tarangligi va x.k).
3) erigan organik va anorganik moddalarning miqdori, kislorodning kimyoviy va biokimyoviy sarflanishi.
4) kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori.
Iflos suvlarning bip necha sinflanishi mavjuddir. Iflos suvlarning effektiv tozalash sxemasini tanlab olish uchun eng qulay bo’lgan sinflanish - bu L.A.Kulskiy sinflanishidir.
Ushbu sinflanishga binoan suvlar 4 guruhga bo‘linadi:
1 gupuh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi l0,3-10,7mm.
2 guruh - suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan ifloslangan suvlar , zarrachalar kattaligi l,7 – 1,9mm.
3 guruh - suvda erigan organik moddalar bilan ifloslangan suvlar.
4 guruh suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor, tuzlar).
Oqova suvlarning xar bir guruhiga o‘ziga xos tozalash usullari mavjud bo’lib, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, sentrifugalash);
2) fizik-kimyoviy usullar (flotasiya, adsorbsiya, flokulyasiya, koagulyasiya, ekstraksiya, ion almashinish usuli);
3) kimyoviy usullar (neytrallash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash).
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yo`nalshlari belgilansa, ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof tabiiy muhitni muofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlanadi. Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so’ng O’zbekiston Respublikasi quyidagi qonunlari qabul qilindi:
O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Davlat saniyatariya nazorati to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi»;
O’zbekiston Respublikasining «Yer osti boyliklari to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «O’rmon to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertiza to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Metrologiya to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Xizmat va mahsulotlarni sertifikatlashtirish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Aholini va xududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida» gi qonuni;
O’zbekiston Respublikasining «Radiatsiya xavfsizligi to’g’risida» gi qonuni va boshqalar.
Ushbu qonunlarda tabiatni muhofaza qilish, tabiiy obektlardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta‘minlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarning maqsadi, vazifasi, obekt va subektlari, tabiiy resurslarning huquqiy holati, ushbu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, erkinliklari, kafolatlari va vakolatlari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi, muddati va talablari, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik chora-tadbirlari kabi ekologik-huquqiy qoida talablari belgilangandir.
Biokimyoviy usullar-tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning oziqa sifatida iste‘mol qilishiga asoslangandir. Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo‘linadi: regenerativ usullar - ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan; destruktiv usullar esa ifloslantiruvchi strukturasini buzib yuborib zararsizlantirishga asoslangandir. Hozirgi zamonda atmosfera havosini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi kamaytirish maqsadida ko‘pincha balandligi 100 m dan 400 m gacha bo’lgan trubalardan foydalaniladi. Ushbu tadbir aytarli samara bermasa ham, lekin chiqindi hosil bo‘layotgan va tashlanayotgan yerlarda uning miqdorini chegaraviy mumkin bo’lgan miqdorgacha (CHMM) tushirish imkonini yaratadi. Trubkalar balandligini oshirish usha yerning o‘zida iflos moddalarni mezomasshtab va uzoq tarqalish zonalariga tushishini ta‘minlaydi, ya‘ni yaqin (maxalliy) tarqalish xonasida uning miqdorini kamaytiradi. Masalan: 200m li trubadan tashlanayotgan chiqindi moddalar 75-250 m li radiusda tarqaladi.
Atmosfera havosining tozaligini saqlash maqsadida hozirgi kunda quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiriladi:
1. Shaxarlarda atmosfera havosini kuchli ifloslantiruvchi sanoat korxonalarini joylashtirish mumkin emas (masalan: kimyoviy, metallurgiya va x.k).
2. Qurilayotgan sanoat korxonalarini aholi zich joylashgan yerlardan uzoqroq joyga shamol yo‘nalishini xisobga olgan holda joylashtirish kepak va yning atrofida sanitar ximoya zonalarini barpo qilish zarur.
3. Havoga chiqarilayotgan gazlarning zaxarlilik darajasiga qarab sanoat korxonalarini 5 sinfga ajratilgan va ularning xar biriga quyidagi sanitar ximoya zonalarini belgilangan: I - 1000 m, II - 500 m, III – 300 m, IV - 100 m, V - 50 m.
Ushbu ximoya zonalarining maydoni ko‘kalamzorlashtirilgan bo’lishi kerak. Chunki 1 m2 barg yuzasi 1,5-3,0 gr gacha changni va 1 gr yashil o’simlik maydoni esa 8 kg/soat CO2 gazini yutishi mumkin.
4. Sanoat korxonalari albatta tepalik va shamol yaxshi yuradigan yerlarga joylashtirilishi kerak.
5. Zaxarli gazlarni tashlaydigan trubalarning balandligi 250 - 300 m. bo‘lishi kerak.
6. Yoqilg’ilarni gaz va elektr turlari bilan almashtirish kerak.
7. Yoqilg’i sifatida foydalanilayotgan neft va gaz tapkibidagi oltingugurtni tozalash uchun ularga maxsus ishlov berish kerak.
8. Atmosfera havosini ximoya qilishning eng asosiy chora -tadbirlaridan biri tozalagich moslamalarini va inshoatlarini qurishdir.
Lekin yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar atmosfera havosini ifloslanishidan saqlash uchun yetarli emasdir. Buning uchun eng avvalo sanoat korxonalarida hosil bo‘layotgan chiqindilarning miqdorini keskin kamayishiga erishishimiz zarurdir. Zaxarli gazlarni miqdorini kamaytipishning texnologik choralari texnologik va konstruktiv o‘zgartirishlar yig’indisidan tashkil topgan.
Ular quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Texnologik jarayonlarni borishi davomida zaxarli moddalarni hosil bo‘lish mexanizmini o‘rganish.
2. Asosiy inshoatlar konstruksiyasini takomillashtirish.
3. Xom ashyo sifatida ishlatiladigan zaxarli moddalarni kam zaxarli yoki umuman toza turlari bilan almashtirish.
4. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilish.
Yuqoridagi texnologik tadbirlar ichida zaxarli moddalarni hocil bo‘lish mexanizmini o‘rganish eng asosiy o‘rinni egallaydi. Yuqoridagi qonunlarga asoslanib aytish mumkinki, “chiqindisiz texnologiya” atamasi shartli bo’lib, uning o’rnida “toza” yoki “ekologik toza texnologiya” atamalarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Chunki muhandislik amaliyotida 100% chiqindisiz texnologiyalarni amalda joriy etish katta mablag’ni talab qiladi: loyihalash ishlari, murakkab texnologik jarayonlar va zamonaviy asbob uskunalarni yaratishni taqozo etadi

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish