Mundarija: Kirish I. Adabiyotlar tahlili


% mass: Etilbenzol o-ksilol m-ksilol p-ksilol



Download 0,98 Mb.
bet15/26
Sana14.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#795070
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
BMI.Anvar (3)

% mass: Etilbenzol o-ksilol m-ksilol p-ksilol
Koks kimyoviy ksilol 10-12 52-60 14-20 8-12
Neft ksiloli 20-24 40-45 18-20 14-16
Ushbu fraksiyalami ajratish rektifikatsiya yo’li bilan amalga oshiriladi, aslida ksilollaming izomerlanishi bilan birgalikda olib boriladi va p-ksilol kristallanish yoki boshqa usullar bilan ajratiladi.
Uch metil benzol riforming katalizatlari va piroliz mahsulotlarining 160-180°C da olingan fraksiyalari tarkibida bo’ladi. Bu fraksiyalar tarkibida uchmetil benzol izomerlaridan tashqari, etiltoluol izomerlari va boshqa aralashmalar mavjud bo’ladi. Shuning uchun fraksiyalardan individual moddalar ajratish qiyin bo’lganligi uchun sanoatda kam qo’llaniladi.
Tetrametil benzol kokslash, piroliz va riforming mahsulotlarining 180-210 °C da olingan fraksiyalari tarkibida bo’ladi. Bu fraksiya murakkab tarkibga ega bo’lganligi sababli, sanoatda uni ajratish kamdan-kam holatlarda amalga oshiriladi.
Naftalin. Naftalin toshko‘mir smolasining 210-230°C fraksiya- sidan olinadi. Uni suv bilan sovutiladigan barabanli kristallizatorlarda kristallanadi va barabandan maxsus pichoq yordamida tushiriladi. Ho’l mahsulotni moydan ajratish uchun gidravlik presslarda qizdiriladi va presslangan naftalin olinadi (kristallanish temperaturasi 78 °C dan past bo’lmaydi, naftalin miqdori 96-98 %). Sulfat kislota bilan ishlov berilgandan so'ng, haydash natijasida nisbatan toza naftalin kristallari hosil bo’ladi (tkrist=79,6-79,80C natijasida 99,0-99,5% naftalin olinadi).

3-rasm.Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish texnologik sxemasi:
1-4 rektifikatsiya kolonnalari; 2-skrubber; 3- issiq almashtirgich; 4-separator;
6-ekstragentni rekuperatsiyalash kolonnasi;6-deflegmatorlar; 5-qaynatgichlar.
I.7.Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari
1. Qurilmani ishga tushirishdan oldin jihozlar yig‘ilishining to‘g‘riligi va shuningdek truboprovodlar, armatura, erlantiruvchi moslamalar, NO‘V, kanalizatsiya, yakka tartibdagi himoya va yong‘inni o‘chirish vositalarining ishga yaroqliligini tekshirish lozim.
2. Qurilmaning ishlashi vaqtida operatorlar xonasi kompyuteridagi NO‘V ko‘rsatuvlari orqasidan qattiq kuzatish, apparatlarning o‘zida o‘rnatilgan mahalliy asboblar bilan taqqoslash lozim.
3. Apparatlardagi harorat va bosimning o‘zgarishi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarni (shakl o‘zgarishlarini) ogohlantirish uchun, sekinlik bilan va ravon amalga oshirilishi kerak.
4. Qurilmadagi texnologik rejim ustidan qattiq kuzatmoq, parametrlar (bosim, harorat, sarf, sath va boshqalar) o‘zgarishining o‘rnatilgan me’yorlardan oshishi yoki pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik.
5. Apparatlarni ozod qilganda chiqadigan gazlar mash’alga, suyuqlik esa chuqurlikdagi sig‘imga tashlanishi kerak.
6. Ishlamaydigan apaparatlar, jihozlar yoki truboprovodlarda surma klapanlarni ochiq qoldirish man etiladi.
7. Sxemadan o‘chirilgan apparatlar, jihozlar va truboprovodlar ta’mirdan oldin tozalangan bo‘lishi kerak.
8. Truboprovodlardagi surma klapanlar va jo‘mraklar tizimli tarzda ta’mirlanishi lozim.
9. Barcha ta’mirlangan apparatlar va qurilmaning alohida tugunlari ishga tushirishdan oldin zich berkitilganligiga bosim bilan tekshiriladi.
10. Faqat ishga yaroqli jihozda ishlash lozim. Jihoz, kommunikatsiya yoki o‘lchov va rostlovchi asboblarning har qanday buzuqliklarida yoki normal ishlashining buzilishida darhol bu buzuqliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilsin.
11. Truboprovodlar va jihozlar izolyasiyaning (ajratuvchi qatlam) neft mahsulotlariga to‘yinishiga yo‘l qo‘ymaslik. Namlangan izolyasiyani almashtirish lozim.
12. Amaldagi jihozlarda salniklar, flanetsli birikmalarni bosimni atmosfera bosimigacha tushirmasdan turib zichlashtirish man etiladi.
13. Kanalizatsiyaga to‘kiladigan bo‘shatish suvlarida neft mahsulotlari tarkibi o‘rnatilgan me’yoridan yuqori bo‘lmasligi kerak.
14. Nasosli bekatlardan foydalanilganda nasoslar va truboprovodlarning zich berkitilganligi ustidan tizimli ravishda nazorat bo‘lishi lozim. Neft mahsulotining sirqib to‘kilishini payqaganda nasos to‘xtatilishi, amaldagi kommunikatsiyalardan o‘chirilishi, ta’mirga tayyorlanishi lozim. Nasoslarni ular ishlaganda ta’mirlash man etiladi.
15. Ta’mirdan yoki yig‘ishdan qabul qilingan jihozlar qurilma boshlig‘i yoki mexanikning ruxsatisiz ishga tushirilmasin.
16. Harkatlanayotgan qismli mexanizmlarga xizmat ko‘rsatganda quyidagilar man etiladi:
a) ish vaqtida to‘siq orqasiga kirmoq;
b) himoyalovchi to‘siqlar bo‘lmaganida yoki ularning buzuqligida ishlamoq;
v) harakatlanayotgan qismlarni yo‘lda har qanday tuzatmoq yoki ta’mirlamoq;
g) o‘rnatilgan maxsus kiyimsiz ishlamoq.
17. Yuqori xavfli ishlarni faqat o‘rnatilgan shakldagi yozma holdagi naryad-ijozatga (ruxsat) muvofiq bajarmoq.
18. O‘chirilmagan va tayyorlanmagan jihozlarda ta’mirlash ishlari olib borilmasin.
19. Begona shaxslarni ish joyiga va korxonaning amaldagi ob’ektlariga qo‘ymaslik.
20. Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan barcha ishlarni, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalariga rioya qilgan holda o‘z vaqtida va puxta bajarmoq.
21. Qurilma, bino va inshootlar maydoni toza holda saqlanishi kerak. Axlat, ishlab chiqarish chiqindilari, barglar va shu kabilar sistemali ravishda territoriyadan maxsus ajratilgan joylarga chiqarilishi, neft mahsulotlarining to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, to‘kilganida esa bu joy tozalangan va qum bilan sepilgan bo‘lishi lozim.
22. Bino va inshootlarga kirish yo‘llarining, ostonalarining, zinapoya qafaslari, o‘tish joylari, binodan chiqish joylari, yong‘in jihozlari, yong‘in gidrantlari, yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi vositalariga kirish yo‘llari va ostonalarini tiqilinch qilishga yo‘l qo‘yilmasin.
23. Ishlab chiqarish binolaridagi pollarni tozalikda saqlamoq. Ishlatilgan artish uchun ishlatiladigan materialni qopqoqli maxsus yaщikka yig‘moq.
24. Qurilmalar maydonidagi ishlab chiqarish kanalizatsiyasi kuzatish quduqlari qopqoqlarini doimo yopiq holda va 10 cm dan kam bo‘lmagan qum qatlami bilan qoplangan va halqalangan holda saqlamoq.
25. Pol, devor, mashinalar va jihozlar detallarini engil alanga oluvchi va yonuvchan suyuqliklar bilan yuvish ta’qiqlanadi. Bu maqsadlarda yong‘inga xavfsiz yuvish vositalari qo‘llanilishi kerak.
Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishni ta’minlovchi asosiy tadbirlar bo‘lib quyidagilar sanaladi:
- texnologik rejim me’yorlariga qattiq rioya etish;
- xizmat qursatadigan personal tomonidan ishlab chiqarish yo‘riqnomalari, xavfsizlik texnikasi, yong‘in va gaz xavfsizligi bo‘yicha qoidalarning bajarilishi;
- ish rejimiga rioya qilish;
- jihozlar, kommunikatsiyalar, armaturalarni ishga yaroqli holatda tutish;
- ROI grafiklariga va jihozlarning texnik guvohnomalashtirish muddatlariga qattiq rioya etish;
- Ishda qo‘llaniladigan asboblarning ishga yaroqliligi;
- Nazorat va avtomatika asboblarining ishga yaroqliligi;
-Ishga yaroqli erlantirish va momaqaldiroqdan himoyalash tizimining mavjudligi;
- Qurilmaning elektr energiyasi, suv, bug‘, havo bilan to‘xtovsiz ta’minlanishi;
- Zarur himoya va saqlash vositalarining qo‘llanilishi.
Ishchilar va ITXga mustaqil ishlashga faqatgina, xodimning berilgan qurilmada ishlashga yaroqliligini aniqlaydigan tibbiy komissiyani o‘tganlaridan so‘ng, XT, yong‘in va gaz xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomani o‘tganlaridan, ish joyida amaliy tajriba orttirganlaridan so‘ng ijozat etiladi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish