Elegeshdan topilgan bitik ( Bitiktosh kimning kechinmasi ekanligi noma’lum ) .
U xalqi , qarindosh , urug’lari , davlati va xoqonidan ayrilgan . Yodnomada o’z marsiyasini aytayotgan qahramon Tuk Bug’u mamlakatining jangchisi bo’lgan . Unda yuzta dushmanga teng keladigan kuch va iroda bor edi . Ular janubga qo’shin tortadi , sakkiz kishi qahramonlik ko’rsatadi va yo’lbars yilida qahramonlarcha halok bo’ladi .
Begra bitigi . Tur ismli saroy xizmatchisining yig’isi . U o’n besh yoshida xitoylar tarbiyasida bo’ladi . O’n besh yoshida Tabg’ach xoqoni xizmatiga kiradi , hayotida ko’p azoblarni ko’radi . Uch o’g’lidan ajraladi . O’z elidan Xitoyga qimmatbaho buyumlarni olib boradi .Yetti bo’ri va bir necha yo’lbars va kiyiklarni o’ldiradi . 67 yoshida vafot etadi . U o’z xalqini bardoshli bo’lishga chaqiradi .
Bundan tashqari , Achur qishlog’idagi bitik , Oznachennaya qishlog’idan topilgan , Oltinko’ldagi birinchi bitik , ikkinchi bitik , Ubayt bitigi kabilar topilgan va qisqa ma’lumotlar berilgan . Demak , toshbitiklar o’zining ta’sirchan badiiy qimmatiga ega .Qadimgi turkiylar tilining jozibasi toshbitiklarda o’z ifodasini topgan .Bundan tashqari , toshbitiklar bir necha fanlarning ham qimmatli manbasi hisoblanadi . Avvalo , ular adabiy yodgorlikdir . Ifoda usuli va janr ( doston , qasida , marsiya va boshqalar ) xususiyati bilan badiiy adabiyotning namunasidir .Toshbitiklar qadimgi turkiy tilni o’rganishda cheksiz amaliy – ilmiy ahamiyatga ega . Ularda turkiy qavmlarning tarixiga voqea – hodislar , jug’rofiy nomlar , qavmlarning nomi va urf –odatiga doir etnografik ma’lumotlar , totemizm , ko’k Tangri , moniylik kabi diniy e’tiqodlar ham yorqin aks etgan . Badiiy asarlarni o’tda yonmas , tuproqda chirib , yo’qolmas jismlarga bitib yaratish dunyo xalqlari madaniyati tarixida sinalgan an’anadir .
XULOSA
O’zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega . O’tmishda yaratilgan mo’tabar og’zaki va yozma adabiyotimizning namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir o’quvchining , shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir .Bugungi kunda , yurtimiz ozodlikka , xalqimix mustaqillikka erishgandan so’ng , o’tmish merosimizga e’tibor yanada kuchaydi . Zero , xalqimiz mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma’lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz , olimlarimiz , muhaddislarimiz haqida ma’lumotga ega bo’ldik , asarlarini o’rgana boshladik.
O’zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega . Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi .U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma – xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettiradi . Adabiyot , avvalo , so’z va ruhiyat san’atidir .O’zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir . Ular hozirgi avlod ruhiyatida , qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularning mana’viy boyishlariga tegishli hissa qo’sha oladi . Ular ma’naviy kamolotga xizmat qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |