Glossariy
AJRATILGAN ANIQLOVCHI. Gapda o`zidan oldingi aniqlovchining ma’nosini izohlab, alohida ohang, urg`u va to`xtam (pauza) bilan aytiladigan bo`lak.
AJRATILGAN TO`LDIRUVCHI.Gapdagi biroror to`ldiruvchining ma’nosini ta’kidlab, unga izoh berib, alohida ohang bilan aytiladigan bo`lak.
AJRATILGAN HOL. Gapda o`zidan oldingi holning ma’nosini izohlab, ta’kidlab maxsus ohang bilan aytiladigan bo`lak.
ANIQLOVCHI.Narsa-buyumni ifodalaydigan so`zga tobelanib, uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo`lak; atributiv komponentning tobe komponenti.
ANIQLOVCHI ERGASH GAP.Bosh gapdagi biror bo`lakni, ko`pincha aniqlovchini izohlab keluvchi ergash gap.
BIRGALIK ERGASHISH.Ergash gaplarning bosh gapga alohida-alohida bog`lanishi.
BIR TARKIBLI GAP.Predikativ asosi ega yoki kesimga teng gap.
BITISHUV ALOQASI.Tobe so`z hokim so`zga Grammatik shakl yordamida emas, balki tartib va ohang orqali bog`lanadigan sintaktik aloqa turi.
BOG`LANGAN QO`SHMA GAP.Tarkibidagi predikativ birliklar o`zaro teng bog`lovchilar yordamida birikkan (teng aloqali) qo`shma gap.
BOG`LOVCHISIZ ERGASHGAN QO`SHMA GAP.Tarkibiy qismlari (bosh va ergash gap) o`zaro bog`lovchi, bog`lovchi vazifasini bajaradigan yordamchi so`z bilan emas, balki boshqa vositalar, mas., fe`l shakllari, ko`makchi va yuklamalar yordamida bog`lanadigan qo`shma gap.
VOSITALI TO`LDIRUVCHI. Tushum, qaratqich, bosh kelishiklardan boshqa kelishikdagi so`z bilan yoki ko`makchi olgan so`z bilan ifodalanib, harakat-holat bevosita yo`nalmagan obyektni ko`rsatuvchi to`ldiruvchi: Hovuzni suvga to`ldirdik (I. Rahim).
VOSITASIZ TO`LDIRUVCHI.Tushum kelishigidagi so`z bilan ifodalanib, harakat bevosita yo`nalgan obyektni ko`rsatadigan to`ldiruvchi: …Tantiboyvachcha chap tomondagi kichkina ko`chani ko`rsatdi (Oybek).
GAP.1. Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Gapning Grammatik asosini predikativlik – zamon kategoriyasi, modallik kategoriyasi va xabar ohangi tashkil etadi. Gaplar tuzilishi, kommunikativ vazifasi va boshqa belgilariga ko`ra bir necha turlaga bo`linadi. 2. Qo`shma gapning predikativ birlikka teng qismi.
GAP BO`LAKLARI.Gap tarkibida ma’lum so`roqqa javob bo`lib, ma’lum bir sintaktik vazifada keluvchi so`z yoki so`z birikmalari.
GAP BO`LAKLARINING TARTIBI.Gap bo`laklarining o`zaro ma’lum Grammatik qonun-qoida asosida, ma’lum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bog`liq holda joylashuvi. Gap bo`laklari tartibining ikki turi bor: 1. To`g`ri tartib. 2. Teskari tartib yoki inversiya.
GAPNING AKTUAL BO`LINISHI. Gapning muayyan nutqdagi mundarijasidan kelib chiqib, mazmun jihatdan bo`linishi. Bunday bo`linishda gap ikki qismdan iborat bo`ladi: 1) so`zlovchi va tinglovchi uchun ma’lum narsani ifodalovchi qism (tema), 2) so`zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo`lgan qism, ya’ni yangi axborot, ma’lumot qismi (rema): Bu yilgi rejalar yana ham katta. Bu gapning aktual bo`linishida tema: Bu yilgi rejalar: rema: yana ham katta.
GAPNING VAZIFALARI.Gapning o`zaro fikr olishuvda bajaradigan vazifalari. Gapning ikki asosiy vazifasi farqlanadi: 1) nutqiy aloqa vazifasi; 2) estetik vazifa.
GAPNING GRAMMATIK TUZILISHI.Gapning uni hosil etgan sintaktik unsurlardan iborat tuzilishi.
DARAK GAP.Voqea-hodisani tasdiq yoki inkor yo`li bilan qayd etuvchi, xabar etuvchi gap.
DETERMINANT. Gapning boshlanishida mustaqil tarkibiy qism sifatida kelib, keying qismga bir butun holda taalluqli bo`lib, uni yaxlitligicha kengaytiradigan ikkinchi darajali bo`lak.
YOYIQ GAP.Bosh va ikkinchi darajali bo`lakalardan tashkil topgan gap.
IZOHLOVCHI. Aniqlovchining bir turi bo`lib, u predmetning boshqacha nomini bildiradi. Bu nom predmetning belgi-xususiyati bo`ladi.
IKKI TARTIBLI GAP. Predikativ asosi ega va kesim bo`laklaridan tarkib topgan gap.
INTELLEKTUAL GAP.Faqat fikrning o`zini (hechq anday emotsiyalarsiz) ifodalaydigan kommunikativ vazifagina bajaruvchi gap: Aziz institutga xursand kayfiyatda kirib keldi (O`. Usmonov).
YIG`IQ GAP.Bosh bo`laklardangina tashkil topgan gap.
KELISHIKLI BOSHQARUV. Kelishik shakli vositasida voqe bo`ladigan boshqaruv.
KESIM. Gapda predikatsiya ifodalab keluvchi asosiy bo`lak. Ikki tarkibli, gaplarda ega bilan ifodalangan shaxs, predmet, hodisaning belgisini tasdiq yoki inkor yo`li bilan anglatuvchi bosh bo`lak. Kesimlar ifoda materialiga ko`ra ot kesim va fe’l kesim, tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab kesim turlariga bo`linadi.
KESIM ERGASH GAP.Bosh gapdagi ko`rsatish yoki so`roq olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlab, aniqlab keluvchi ergash gap.
KESIMSIZ GAP.Tuzilish asosi faqat ega va uning tarkibidan iborat bo`lgan bir tarkibli gap; nominativ gap shu turga kiradi.
KIRITMA SO`Z.gap bo`laklari bilan shakily-grammatik bog`lanmagan, asosiy fikrga qo`shimcha, yo`l-yo`lakay qo`shimcha fakt bayon qiluvchi, to`ldirish, aniqlik kiritish va sh. k. maqsadda qo`llanuvchi so`z: … allaqanday bir tergovchini chaqirtirib (chaqirib emas), xo`p so`kkan emish) (A. Qahhor).
KIRISH SO`Z. Gap bo`lklari bilan sintaktik bog`lanmagan, gap bo`lagi vazifasida bo`lmagan, gapning ayrim bo`laklari yoki butun gapning mazmuniga so`zlovchining turli munosabatini ifodalovchi so`z: Zokir ota, shubhasiz juda tajribali paxtakor (A. Qahhor).
KO`MAKCHILI BOSHQARUV.Ko`makchilar vositasida voqe bo`ladigan boshqaruv.
MOSLASHUV ALOQASI.Tobe aloqaning bir turi bo`lib, tobe so`z o`z shaklini hokim so`zning shakliga moslaydi, shu tarzda hokim so`zga bog`lanadi, hokim so`zning shakli o`zgarishi bilan, tobe so`z ham unga mos holda shaklini o`zgartiradi.
MUALLIF GAPI.Ko`chirma gapli tuzilmalarda muallifnng o`zi aytgan gap.
MURAKKAB GAP.Uyushiq bo`lak, ajratilgan bo`lak, undalmalar va kiritmalar ishtiroki bilan murakkablashgan sodda gap.
MURAKKAB KESIM.Birdan ortiq mustaqil so`z bilan ifodalangan kesim.
PAYT HOLI.Ish-harakatning ro`y berish vaqtini bildiruvchi hol.
PREDIKATIV ALOQA.Ega va kesim o`rtasidagi aloqa.
PREDIKATIVLIK. Gap mazmunining voqelikka munosabatini til vositlari bilan ifodalanishi.
RITORIK SO`ROQ GAP.O`zida tasdiq yoki inkor mazmuni bo`lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan so`roq gap.
SABAB HOLI.Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi ergash gap.
SINTAKTIK KATEGORIYA. Asosida yotuvchi ma’nosiga ko`ra birlashib, sintaktik munosabatni ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi shakllar.
SIFATLOVCHI. Aniqlovchining bir turi bo`lib, predmetning belgi-sifati, son-miqdori, tartibi kabi belgilarni bildiruvchi bo`lak.
SODDA GAP.O`z tarkibida birgina predikativ birlikka ega bo`lgan, ma’lum fikr ifodalay oladigan, Grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik.
SODDA OT-KESIM.Tarkibida birgina mustaqil so`z bo`lgan ot-kesim.
SODDA FE’L-KESIM.Tarkibida birgina mustaqil fe’l bo`lgan kesim.
SOF SO`ROQ GAP.Tinglovchidan javob talab qiladigan gap.
SOF EMOTSIONAL GAP.Sodir bo`layotgan voqea-hodisaga faqat so`zlovchining emotsional munosabatini ifodalovchi gaplar.
SO`Z BIRIKMASI.Bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma’no va grammatik jihatdan o`zaro bog`langan , yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so`zlar bog`lanmasi. So`z birikmalari bir necha nuqtayi nazardan tasnif qilinadi:
Qismlari orasidagi sintaktik aloqaning erkinlik darajasiga ko`ra: 1) sintaktik erkin so`z birikmasi; 2) sintaktik bog`li so`z birikmasi;
Tuzilishiga ko`ra: 1) sodda so`z birikmasi; 2) murakkab so`z birikmasi;
Tarkibidagi hokim qismning qaysi so`z turkumidan bo`lishiga ko`ra: 1) ot so`z birikmalari; 2) fe’l so`z birikmalari.
SO`Z-GAP.Bir so`z yoki qismlarga bo`linmaydigan ibora bilan ifodalanadigan gap.
TARZ HOLI. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini bildiruvchi hol.
TOBE ALOQA.Sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunadigan, biri ikkinchisiga tobe bo`lgan birliklar orasidagi aloqa.
TOBE BO`LAK.So`z birikmasining tobe qismi.
TO`LDIRUVCHI.O`z hokim so`ziga boshqaruv yo`li bilan bog`lanib, bu so`z anglatgan harakat, predmet, belgiga nisbatan obyekt bo`lib keladigan bo`lak. Harakat bilan obyekt orasidagi munosabatning turiga ko`ra to`ldiruvchilar ikki asosiy turga bo`linadi: 1) vositali; 2) vositasiz to`ldiruvchi.
TO`LDIRUVCHI ERGASH GAP.Bosh gapning olmosh bilan ifodalangan yoki nazarda tutilgan (qo`llanmagan) to`ldiruvchisini izohlaydigan, bosh gap kesimini to`ldiradigan ergash gap.
TO`LIQ GAP.Matn va nutq sharoitisizham fikrning to`la ifodalanish imkoniyatini beradigan bo`laklari mavjud bo`lgan gap.
TO`LIQSIZ GAP. Grammatik tuzilishi yoki tarkibi nuqtayi nazaridan to`liq bo`lmagan (tarkibida bir yoki bir necha bo`laklari ishtirok etmagan), lekin bu noto`liqlik nutqiy matn yoki vaziyatdan aniq sezilib turadigan gap.
UMUMLASHTIRUVCHI BO`LAK.Uyushiq bo`laklar uchun umumiy bo`lgan tushunchani ifodalovchi, ularni umumlashtiruvchi bo`lak (so`z yoki so`z birikmasi).
UNDALMA. So`zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki predmetnibildiradigan so`z yoki so`z birikmasi. Undalma gap bo`laklari bilan grammatik aloqada bo`lmaydi. Bu vazifada kishi nomlari, kishilarning lavozimi, unvoni, qarindoshligi va sh.k.larni bildiruvchi atamalar, geografik nomlar va b. keladi.
UNDASH GAP.Bosh bo`lagi yoki gapning o`zi shaxs nomi bilan ifodalangan undalma-gap. Bunday gaplarni qo`llash orqali so`zlovchi nutq qaratilgan shaxsni atash bilan birga, shodlik, g`azab, do`q, piching, o`pkalash kabi ma’nolarni ham ifodalaydi.
UNDOV GAP.Fikr bilan birga so`zlovchining voqelikka bo`lgan turlicha emotsionalmunosabatini, ichki his-hayajonini ifodalovchi gap.
UYUSHIQ BO`LAKLAR.Gapda bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog`lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog`langan bo`laklar. Gapning barcha bo`laklari uyushiq bo`lak bo`la oladi.
SHART ERGASH GAP.Bosh gapdan anglashilgan harakat, voqea-hodisaning yuzaga kelish shartini bildiruvchi ergash gap.
SHAXSI ANIQ GAP. Ega qatnashmaydigan, lekin harakatni bajaruvchi shaxs gapning tuzilish asosi bo`lgan kesim tomonidan aniq ko`rsatib turiladigan gap: Shu yorug` yo`lda sizga zo`r baxtlas tilayman (P. Tursun).
SHAXSI NOMA’LUM GAP.Ega qatnashmaydigan shu bilan birga uchinchi shaxs shaklidagi fe’l-kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gap: Jo`jani kuzda sanaydilar (Maqol).
SHAXSI UMUMLASHGAN GAP.Ega qatnashmaydigan, kesimi aniq shaxs shaklida bo`lsa-da, lekin mazmunan umumga qaratiladigan gap: Dehqon bo`lsang shudgor qil, mull abo`lsang takror qil (Maqol).
SHAXSLI GAP.1. Kesimi tuslanishli fe’l bilan ifodalangan gap: … siz qirga chiqing, ko`kragingizga toza shamol tegadi (Oybek). 2. Egasi grammatik ifodalangan gap: Salqin shamollargina qizning sochi bilan o`ynashadi (Oybek).
SHAXSSIZ GAP.Faqat kesim tarkibidan iborat bo`lib, bajaruvchi shaxs ma’nosi umuman ifodalanmaydigan gap: To`rt-besh kundan keyin terimga tushiladi (S. Zunnunova).
EGA. Ikki tarkibli gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashlli ekanini anglatuvchi , belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bo`lak.
EGASIZ GAP.Predikativ asosi faqat kesimdan iborat bo`lgan bir tarkibli gap. Bunday bir tarkibli gapning quyidagi turlari bor: 1. Shaxsi aniq gap; 2. Shaxsi noma’lum gap; 3. Shaxsi umumlashgan gap; 4. Shaxssiz gap.
ERGASH GAPLI QO`SHMA GAP.Tarkibidagi predikativ birliklar bosh va ergash gap holatida bo`lib, biri ikkinchisini aniqlash, to`ldirish kabi vazifalarni bajaradigan qo`shma gap.
O`ZGA GAPI. O`zga shaxsning muallif bayoniga kiritilgan gapi. Leksik-sintaktik vositalari va berilish usullariga ko`ra o`zga gapi ikki turga bo`linadi: 1) ko`chirma gap; 2) o`zlashtirma gap.
O`RIN HOLI.Ish-harakatning bo`lish, yo`nalish, boshlanish o`rnini bildiruvchi hol.
QO`SHMA GAP.Tuzilish jihatidan sodda gapga o`xshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap. O`zbek tilida qo`shma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga ko`ra 3 asosiy turga bo`linadi: 1) bog`lovchisiz qo`shma gap; 2) bog`langan qo`shma gap; 3) ergashgan qo`shma gap.
HOKIM BO`LAK.So`z birikmasining hokim qismi.
HOL.Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, o`rni, payti va shu kabi belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lak.
ADGERENT KONNOTATsIYa. Ma'lum nutqiy matn (kontekst)da hosil bo`ladigan konnotativ ma'no. Masalan, shirin bola.
AJRATILGAN ANIQLOVChI. Gapda o`zidan oldingi aniqlovchining ma'nosini izohlab, alohida ohang, urg`u va to`xtam bilan aytiladigan bo`lak: Denisov –dehqonlar orasida yurgan sobiq irrigator – sodda, odamshavanda, lekin talabchan, haqqiqatchi edi(Oybek).
AJRATILGAN BO`LAK. Gapning mazmun va ohang jihatdan ajratilgan bo`lagi. Gap bo`laklarini ajratish bilan ma'lum bo`lakning ma'nosi ajratilib, bo`rttirib(ta'kidlab) ko`rsatiladi, diqqat shu bo`lakka qaratiladi va h.k.
ATRIBUTIV ALOQA. Aniqlovchili aloqa.
ATRIBUTIV ShAKL. So`zning gapda asosan aniqlovchi va hol vazifasida kelishiga xos shakl. Masalan, o`zbek tilidagi fe'lning sifatdosh shakli (kelayotgan, keladigan kabi), otning o`xshatish va o`rin belgisi (toshdek, bog`dagi kabi) shakllari atributiv shakllardir.
BOG`LAMA .Fe'l bo`lmagan so`zni fe'lga xos ma'no va vazifaga moslovchi yordamchi fe'l. Masalan, Tolib rassom bo`ldi , Tolib rassom bo`lyapti, Tolib rassom bo`lmoqchi gaplarida bo`l yordamchisi rassom so`zi bilan qo`llanib , mayl, zamon, shaxs son ma'nolarining ifodalanishi uchun xizmat qilyapti.Bog`lama vazifasini bajaruvchi birlik o`z leksik ma'nosini qisman saqlashi yoki faqat bog`lama vazifasini bajarishi mumkin. Shunga ko`ra bog`lamaning ikki turi ajratiladi: 1) sof bog`lama; 2) yarim mavhum bog`lama.
GAP BO`LAKLARI. Tobe aloqa tarkibida ma'lum sintaktik vaziyatda keluvchi sintaktik shakllar.
GAPNING AKTUAL BO`LINIShI. Gapning muayyan nutqiy matndagi mundarijasidan kelib chiqib, mazmun jihatdan bo`linishi. Bunday bo`linishda gap ikki qismdan iborat bo`ladi: 1) so`zlovchi va tinglovchi uchun ma'lum narsani ifodalovchi qism (tema), 2) so`zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo`lgan qism, ya'ni yangi axborot tashuvchi qism (rema): Bu yilgi rejalar yana ham katta. Bu gapning aktual bo`linishida tema: bu yilgi rejalar; rema: yana ham katta.
GAPNING GRAMMATIK TUZILIShI. Gapning uni hosil etgan unsurlardan iborat tuzilishi: Guli Sabohat opa bilan Dilmurodni kuzatish uchun ertalab barvaqt avtostantsiyaga chiqdi (U.Yusupov). Turli tuman gullar birin ketin ochilgach, butun hovli gul hidiga qoplandi yu, dam olish soatlari yana shirin va yana mazali tuyulardi. Birinchi gap sodda gap bo`lib, uning tarkibidagi bo`laklar shu gapning sintaktik tuzilishini tashkil etadi. Ikkinchi gap esa qo`shma gap va uning tarkibiy unsurlari (hosil qiluvchi gaplar) shu qo`shma gapning grammatik tuzilishini tashkil etadi.
GAPNING MAZMUNIY TUZILIShI. Gapning mazmun jihati, mavhum mantiqiy grammatik ma'nosi(“fikr predmeti va uning belgisi” kabi), sub'ekt, fikriy ob'ekt kabi mazmuniy kategoriyalar asosida keltirib chiqariladigan mazmun.
GAPNING NUTQIY ALOQA BO`LAKLARI. Gapning aktual bo`liinishida uning tema va remalardan iborat tuzilishi.
GAPNING NUTQIY ALOQA VAZIFASI. Gapning fikr ifodalash vositasi sifatida bajaradigan vazifasi.
GRAMMATIK KATEGORIYa. Asosida yotuvchi umumiy ma'nosiga ko`ra birlashuvchi shakllar tizimi. Grammatik kategoriyaning odatda ikki turi farqlanadi: 1) morfologik kategoriya; 2) sintaktik kategoriya.
GRAMMATIK QURILISh. Tilga xos so`z shakli, so`z birkmasi va gap qurilishi.
DESKRIPTIV LINGVISTIKA. (ingl. descriptive - tasviriy ). Hozirgi tilshunoslikda amerika strukturalizmi deb nomlanuvchi yo`nalish. Bu yo`nalish til tuzilishi shakliy unsurlarini distributiv metod asosida o`rganadi.
INFINITIV. (lot. Modus infinitivus - noaniq ). Fe'lning muayyan harakatni bajaruvchi shaxs, zamon, mayldan tashqari holatda ifodalaydigan, harakatning o`zinigina ataydigan shakli.Masalan, olmoq, kulish , borish kabi harakat nomi shakli.
KIRITMA SO`Z. Gap bo`laklari bilan shakliy grammatik bog`lanmagan, asosiy fikrga qo`shimcha, yo`l -yo`lakay qo`shimcha fakt bayon qiluvchi, to`ldirish, aniqlik kiritish va sh.k. maqsadida qo`llanuvchi so`z. Kiritma so`z, kirish so`zdan farqli ravishda, modal ma'no ifodalamaydi, gap boshida kelmaydi. Masalan, ...allaqanday bir tergovchini chaqirtirib (chaqirib emas), xo`p so`kkan emish(A.Qahhor).
KIRITMA GAP. Xuddi kiritma so`zga o`xshash vazifani bajaruvchi gap: Oltinchi brigadaning g`o`zasi, mana men hozirgin aylanib keldim, sira avj olmayapti(Oybek). Yolg`iz borishga, to`g`risini aytsam, qo`rqaman(Oybek).
KIRITMA SO`Z BIRIKMASI. Xuddi kiritma so`zga o`xshash vazifaga (xususiyatga) ega bo`lgan so`z birikmalari: Odatda xotin- qizlarga chiroy bag`ishlovchi narsalar ham (sochining jingalakligi) Soraxonga yarashmaydi(M.Sultonova).
KOMMUNIKATsIYa (lot. Communication –xabar, aloqa). Biror mazmunning til vasitalari bilan berilishi, xabar qilinishi.
PARATAKSIS (yun. parataxis – qator tizish ). Teng aloqali tuzilma.
PARTsELLYaTsIYa. Gapning ekspressiv maqsad bilan bo`laklanishi bo`lib, unda gapning bir qismi ayiruvchi to`xtamdan keyinga, gapning tashqarisiga chiqariladi. Masalan, U Toshkentda o`qiydi. Institutda (A.Jo`raev).
PERIOD (lot.periodos – aylanish, doira, doira hosil qilish). Ikkidan ortiq predikativ tuzilmadan iborat bo`lgan, qismlari mazmun, tuzilish va ohang jihatdan o`zaro garmonik bog`langan o`ta yopiq sintaktik butunlik: Men omad so`ziga ishonmayman , lekin omad kelishi rost bo`lsa, shu safar mening omadim yurishgan ekan (O`.Yoqubov). Predikativ aloqa. Ega va kesim o`rtasidagi aloqa.
PREDIKATIV BIRIKMA. Ikki tarkibli gapning tuzilish asosini, grammatik markazini tashkil etuvchi ega bilan kesim bog`lanmasi. Majlis kech tugadi(majlis tugadi –predikativ birikma).
PREDIKATIVLIK. Gap mazmunining voqelikka munosabatini til vasitalari bilan ifodalanishi. Zamon, shaxs son va modallik kategoriyalari predikativlikni ifodalovchi grammatik vositalar bo`lib, xabar ohangi bilan birga gapning umumiy xarakterli belgilari xisoblanadi.
SINTAKSEMA. So`z bilan ifodalangan minimal sintaktik relevant birlik.
SINTAKTIK KATEGORIYa. Asosida yotuvchi ma'nosiga ko`ra birlashib, sintaktik munosabatni ko`rsatish uchun xizmat qiluvchi shakllar. Masalan, kelishik kategoriyasi.
TOBELANISh. Tobe sintaktik munosabatda bo`lish:so`z birikmasi yoki gap tarkibidagi so`zlarning o`zaro teng bo`lmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunuvchi munosabati.
TRANSPOZITsIYa. Grammatik kategoriyalarning o`ziga xos bo`lmagan vazifada qo`llanishi. Masalan, bir turkum so`zining matnda boshqa turkum so`zi kabi qo`llanishi.
TRANSFORMATsIYa (lot. transformatio – qayta tuzmoq). Asosiy sintaktik tuzilmani til qonun qoidalari asosida o`zgartirib, ikkinchi bir tuzilmani hosil qilish. Masalan, aniq tuzilmaning majhul tuzilmaga aylantirilishi: Qizcha she'rni o`qidi – she'r qizcha tomonidan o`qildi.
O`RAM. Fe'lning funktsional shakllaridan biri va unga tobe bo`lgan mustaqil so`zdan tashkil topgan sintaktik butunlik. Hokim qismi fe'lning qanday funktsional shaklidan bo`lishiga ko`ra o`ramning uch turi farqlanadi: sifatdosh o`ram, ravishdosh o`ram, infinitiv o`ram.
Xulosa
Xullas, o’zga gapli qurilmalar semantik-sintaktik tuzilishi, ohangi jihatidan murakkab qurilishdagi tuzilmalar hisoblanadi. О’zga gapli qurilmalar tarkibiy tuzilishi jihatidan o’z (o’ziniki) va o’zga gaplardan tashkil topadi.
An‘anaviy grammatikada o’zga gapli qurilmalarning, asosan, 3 turi qayd etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |