BOB. Yengil atletikachilar mashg‘ulotlarini rejalashtirilishi.
Yil bo‘yi davom etadigan trenirovkani rejalashtirish.
Hamma yengil atletika sektsiyalari, gruppalar va maktablarda trennrovkalarni yil davomida muntazam o‘tkazib turish kerak. Trenirovkaning yillik tsikli, uning davrlari va bosqichlar sharoitga moslab yozilgan. Yillik trenirovka tsikli 1 noyabrda boshlansa ham, yengil atletika sektsiyasiga yilning istalgan boshqa vaqtida kelganlarni doim alohida nazarda tutmoq kerak.
Yillik trenirovka uch davrga bo‘linadi: tayyorlov davri taxminan 6 oy (noyabr-aprel), musobaqa davri 5 oy (may-sentyabr), yakunlovchi davr 1 oy (oktyabr) davom etadi.
Ko‘rsatilgan davrlash yil fasllariga, musobaqa kalendariga, tayyorgarlik vazifalari va buning uchun kerakli vaqtga asoslangan. Yoz payti yengil atletika mashg‘ulotlari uchun va yuqori sport natijalariga erishish uchun qulayroq. Sport musobaqalari kalendari ham shunga qarab rejalashtiriladi. Davrlarning davom ztish vaqti ham asosiy musobaqalar mav-sumiga to‘liq tayyorlanish uchun bemalol yetarli.
Iqlim sharoiti xilma-xil bepoyon mamlakatimiz turli rayonlaridagi yengil atletikachilarning trenirovka davrlarining davom etish vaqti bir-biriga to‘la to‘g‘ri kelmaydi. Ular mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lishi kerak.
Respublika birinchiliklarida va xalqaro musobaqalarda qatnashuvchi razryadli sportchilar va sport masterlarining yillik trenirovka rejalari, ular trenirovka qiladigan joy sharoitidan qat’i nazar, bir xil bo‘lishi kerak. Bunday yengil atletikachilar odatda iyundan sentyabr-oktyabrgacha sport formasida, ya’ni eng yuqori natija ko‘rsata oladigan bo‘lishlari kerak.
Tayyorlov davrida trenirovka. Tayyorlov davrida tayyorligi bor yengil atletikachilar bilan haftada 5—6 trenirovka mashg‘uloti va yangi boshlayotganlar bilan 3—4 mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bu vaqtdagi trenirovkalarning musobaqalashuv davridagi sport muvaffaqiyatlari uchun ahamiyati juda katta. Tayyorlov davri uch bosqichga bo‘linadi: kuzgi-qishki (noyabr-fevral) tayyorlov bosqichi, qishki (mart) musobaqalashuv bosqichi va bahorgi (aprel) tayyorlov bosqichi. Birinchi
bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlikka va texnika esoslarini egallashga, qolgan bosqichlarda esa — ixtisoslashgan tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor beriladi.
Kuzgi - q ishki tayyorlov bosqichidagi trenirovkaning asosiy vazifalari: 1. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni yaxshilash. 2. Tanlangan yengil atletika turiga moslab kuch tezkorlik va boshqa jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. 3. Axloqiy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalashni davom ettirish. 4. Texnikani bilib olish va uni takomillashtirish. 5. I va II bosqich “Alpomish” va “Barchinoy” maxsuss tetlarini, qishki turlarini topshirishga tayyorlash. 6. Tanlangan yengil atletika turi, shuningdek, gigiena va o‘z-o‘zini Nazorat qilish nazariyasi va metodikasi sohasida bilim olish va uni oshirish.
Bu vazifalar bino ichida va ochiq havoda o‘tkaziladigan gruppaviy va yakka mashg‘ulotlarda hal etiladi. Tajriba qishda—22—25° gacha sovuqda ham ochiq havoda shug‘ullaiish mumkin ekanini ko‘rsatadi. Ammo sovuq havoda mashg‘ulotni zichroq o‘tkazish, mashg‘ulot joyini shamoldan to‘sishi lozim. Ko‘proq ikki kishilik mashqlar qilish, biri ketidan ikkinchisi ketma-ket bajaradigan mashqlar o‘tkazish, o‘yin va estafetalardai ko‘proq foydalanish kerak. Tushuntnrishning bir qismini mashg‘ulot oldidan bino ichida o‘tkazilsa, bu ham dars zichligini oshirish imkonini beradi.
Agarda qor unchalik qalin bo‘lmasa, yengil atletika mashg‘uloti o‘tkaziladigan odatdagi joylarni qordan tozalab, trenirovka qilaversa bo‘ladi. Bunday paytlarda tagi rezina yoki kigiz tufli kiygan ma’qul. Qor tozalanmaydigan bo‘lsa, unda yengil yog‘och katok bilan qorni shibbalab, ustiga kul yoki g‘isht qumoq sepish kerak. Bunda tishi qisqa yengil atletik tuflida shug‘ullangan yaxshi. Uzoq davom etadigan yugurishlarni qori bosilgan so‘qmoqlarda o‘tkazish lozim.
Yengil atletika mashg‘uloti o‘tkaziladigan bino mumkin qadar maxsus jihozlangan bo‘lishi kerak. Agar zalda g‘isht qumoq yo‘lka bo‘lmasa, uning o‘rniga taxta, rezina, to‘qima arqon yo‘lkalar ham yarayveradi. Sakrash uchun qum to‘ldirilgan chuqur yoki gimnastik to‘shaklar bo‘lishi kerak. Snaryadlarni arqon yoki sim to‘rga uloqtirish ma’qul.
Trenirovkaning kuzgi-qishki tayyorlov bosqichida texnikani o‘rganish va
uni takomillashtirishga ko‘proq vaqt ajratish kerak.
Qishki musobaqalashuv bosqichidagi trenirovkaning asosiy vazifalari: 1. Har tomonlama jismoiiy rivojlapishni yaxshilash. 2. Tanlangan yengil atletika turiga moslab, kuchni, tezkorlikni, egiluvchanlikni va chaqqonlikni yanada rivojlantirish. 3. Texnikani takomillashtirish. 4. Irodaviy fazilatlarni tarbiyalash. 5. Jismoniy tayyorgarlikda va maxsus trenirovkalarda erishilgan yutuqlarni tekshirish (musobaqalar).
Qishki musobaqalashuv bosqichida yengil atletikachilar mashg‘ulotlar sonini kamaytirmasdan va trenirovka hajmini unchalik pasaytirmasdan, ochits havoda yoki yopiq binoda 3—4 musobaqada qatnashadilar. Bu musobaqalarda trenirovka darajasi ortadi, irodaviy fazilatlar tarbiyalanadi va erishilgan yutuqlar tekshiriladi. Sportchilarning yutuqlarini, faqat tanlangan yengil atletika turida emas, balki jismoniy va maxsus tayyorgarlik darajasini ko‘rsatadigan boshqa turlarda ham tekshirib ko‘rish muhim. Shuning uchun musobaqalar. programmasiga, tanlangan yengil atletika turidan tashqari, jismoniy tayyorgarlikni aniqlaydigan mashqlar ham kiritiladi.
Sportchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida o‘tkaziladigan musobaqalarga ham qatnasha oladilar, ammo ularga alohida tayyorgarliksiz, faqat trenirovka maqsadida ishtirok qilish mumkin.
Bahorgi tayyorlov bosqichidagi trenirovkaning asosiy vazifalari: 1. Har tomonlama jismoniy rivojlanishni, ayniqsa yurak-qontomir, nafas olish va boshqa sistemalarning ish qobiliyatini yanada oshirish. 2. Tanlangan yengil atletika turiga moslab jismoniy fazilatlarni rivojlantirish. 3. Axloqiy va irodaviy fazilatlarni yaxshilash. 4. Tanlangan yengil atletika turining texnika elementlarini va texnikani yaxlit takomillashtirish. 5. TanLangan yengil atletika turi, gigiena va o‘z-o‘zini nazorat nazariyasi va meto-dikasi sohasidagi bilim darajasini oshirish.
Bahorgi tayyorlov bosqichida ko‘p mashg‘ulotlar ochiq havoda, odatda yomon yerda o‘tkaziladi. Mashqlar ham shunga moslangan bo‘ladi: kross, uloqtirish, qum to‘ldirilgan xalta bilan mashq va boshqalar. Bahorda umumiy chidamlilikni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga tezlikni
rivojlantirishga va tez harakatlarda yuqori kuch sarflay olishni tarbiyalashga mo‘ljallangan mashqlar ko‘paytiriladi. Buning uchun qisqa masofaga yugurishning har xil turlari, sakrash, uloqtirish va ko‘p maxsus mashqlar qo‘llaniladi. Bunday mashqlarni shug‘ullanuvchilarning yengil atletik ixtisosi va u yoki bu fazilatni rivojlantirish kerakligiga qarab tanlanadi.
Bahorda, shuningdek, texnikani takomillashtirish ham kerak. Bu fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar bilan ham anchagina amalga oshiriladi. Masalan, uzoq davom etadigan krosslarda yengil atletikachilar faqat chidamlilikni rivojlantiribgina qolmay, balki yugurish texnikasini tako millashtiradilar ham.
Bahordagi mashg‘ulotlar ochiq joylarda (bog‘larda, o‘rmonlarda), agarda yetarli darajada quruq bo‘lsa, stadionda o‘tkaziladi. Lekin shunda ham, haftada bir marta ochiq joyda trenirovka qilib turgan ma’quldir.
Yengil atletikachilar ternirovkaning tayyorlov davrida musobaqalar davriga yaxshi tayyorlanib olishlari, uni texnika, jismoniy va irodaviy fazilatlar nuqtai nazaridan o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq darajada boshlashlari kerak.
Trenirovkaning musobaqa davri — stadion va maydonchalarda yengil atletika mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan yoz paytidir.
Musobaqalashuv davridagi trenirovkaning asosiy vazifalari: 1. Tanlangan ixtisosga muvofiq jismoniy va axloqiy-irodaviy fazilatlarni yanada rivojlantirish. 2. Sport texnikasini takomillashtirish va uni mustahkamlash. 3. Taktikani bilib olish va musobaqa tajribasi hosil qilish. 4. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni erishilgan darajada saqlab turish.
Bu davrda yuqoriroq sport natijalariga erishishga, sport formasini uzoq saqlab qolishga intilib, trenirovka ko‘rganlnk darajasini uzluksiz oshira borish kerak.
Musobaqalashuv davri ikki bosqichga bo‘linadi: ilk musobaqalashuv bosqichi - 1 oy (may) va asosiy musobaqalar bosqichi - 4 oy (iyun-sentyabr).
Do'stlaringiz bilan baham: |