Qir-adirlik mintaqa. Bu mintaqa nam bilan yarim taminlangan bo’lib, dengiz sathidan 450-750 m balandlikda joylashgan. Yillik yog’in miqdori 250-350 mm ni tashkil etadi. Bu mintaqa Yangiobod (markaziy qismi), G’allaorol, Jizzax, Forish (markaziy qismlari), Pastdarg’om (janubiy qismi), Kattaqurg’on (g’arbiy), Qushrabot (shimoliy), Nurobod (janubiy va janubiy g’arbiy qismi),Nurota (markaziy qismi), G’uzor (shimoliy va g’arbiy qismlari), Chiroqchi va Yakkabog’ (g’arbiy), Boysun (markaziy va sharqiy qismlari) tumanlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |