Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Oʼzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yerga boʼlgan munosabatlarni tartibga solishni, yer resurslaridan unumli foydalanish darajasini oshirishga qulay shart-sharoitlar yaratishni talab qilmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholini oʼzimizda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda taʼminlashdek ustuvor vazifa ijobiy hal etildi. Gʼalla mustaqilligiga erishildi. Bu, albatta, Yurtboshimizning nomi bilan bevosita bogʼliqdir. Erishilgan yutuqlarga mavjud dehqonchilik tizimini tubdan oʼzgartirish kabi islohotlar bosh omil boʼldi. Аyniqsa, oʼt dalali va qator oralari ishlanadigan ekinlar yetishtirish kabi eski, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermaydigan dehqonchilik tizimidan, boshoqli don va qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar yetishtirish, yaʼni dehqonchilikni eng jadal, qisqa navbatli almashlab ekish tizimiga oʼtilishi qishloq xoʼjaligida bir qator ustuvor yoʼnalishlarni belgilab berdi. Shu bilan birga, aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga ham xizmat qilmoqda.
1998 yilda qabul qilingan Yer kodeksi, “Fermer xoʼjaligi toʼgʼrisida”, “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida” gi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar yer egalarining huquqlari, uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishdagi javobgarlikni kuchaytirish hamda tuproqlarning tabiiy unumdorligini saqlash va uni oshirishga qaratilgan
meʼyorlarni belgilab berdi.
Keyingi yillarda esa qishloq xoʼjaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida fermer xoʼjaliklari ekin maydonlarini optimallashtirish ishlari amalga oshirildi. Chunki, yer, uning unumdor qatlami boʼlgan tuproq, mamlakatimizning bebaho boyligi boʼlib, kelajakda ham qishloq xoʼjalik mahsulotlari yetishtirishning asosiy manbai boʼlib qoladi.
Qishloq xoʼjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yangi dehqonchilik tizimi vujudga keldi. Bunda klassik 3:7, 3:8 (beda:gʼoʼza) va boshqa almashlab ekish tizimlari hamda ularda joylashtiriladigan 3 yillik beda, makkajoʼxori, yem-xashak ekinlari barham topdi. Chunki mavjud koʼp dalali, katta massivlarga ega boʼlgan gʼoʼza-beda almashlab ekish tizimlari talabga javob bermay qoldi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʼng gʼoʼza yakkahokimligi tugatildi. Gʼalla-gʼoʼza, gʼalla-gʼoʼza-em-xashak, gʼalla- gʼoʼza-sabzavot kabi ekinlarni almashlab va navbatlab ekish tartiblari joriy qilindi. Natijada, respublika dehqonchilik amaliyotida sugʼorib dehqonchilik qilinadigan umumiy maydonning 32-35 % iga kuzgi bugʼdoy, 43-45 % iga esa gʼoʼza ekila boshlandi.
Bu esa, aksariyat hollarda, bozor iqtisodi talablariga javob bersada, paxtachilik majmuidagi ekinlarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishdagi ijobiy oʼrni yetarli emasligi namoyon boʼlmoqda. Buni tuproqda qaytarilish qonunini, yaʼni organik moddalar olib chiqib ketilishi koʼp boʼlgan holda, tuproqqa qaytish nisbatining juda kamligi bilan izohlash mumkin.
Masalan, hozirda takroriy ekinlarni hisobga olmaganda, asosiy ekinlar-gʼoʼza, gʼalla einlarining bir marta almashlab ekilishida paxta hisobiga 8-10 tonna, gʼalla hisobiga 11-12 tonna, jami 1 gektar maydondan bir mavsumda 19-22 tonnagacha organika chiqib ketmoqda.
Tuproqqa solinayotgan maʼdanli va organik oʼgʼitlarni jami hajmi esa 1-2 tonnadan oshmayapti. Bu holat kelgusida tuproq unumdorligini keskin pasayib borishiga sabab boʼladi.
Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirishagrotexnologiyalari (sobiq Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti) ilmiy-tadqiqot institutida 1926 yilda asos solingan tajribadan olingan maʼlumotlarga koʼra, gʼoʼzani doimiy ekib, faqat maʼdanli oʼgʼitlar N250 P175 K125 kg/ga qoʼllab gʼoʼza parvarish qilingan variantda gʼoʼzani vilt bilan eng yuqori darajada (34,1 %) kasallanishi kuzatildi. Ushbu koʼrsatkich gʼoʼza doimiy ekilib, 30 t/ga goʼng berilgan variantda 9,9 %, almashlab ekish va maʼdanli oʼgʼitlar berilgan variantda 23-25 % ni tashkil etdi. Demak, ushbu maʼlumotlar hozirgi davrda respublikamizning gʼoʼza parvarish qilinayotgan maydonlarida vilt kasalligini nima sababdan avj olayotganligiga ilmiy jihatdan eng toʼgʼri javob hisoblanadi.
Maʼlumotlarga koʼra, hosildorlik oʼgʼitlar qoʼllamasdan doimiy ekilganda 9,8 s/ga, oʼgʼit qoʼllab doimiy ekilganda 32,8 s/ga, 30 t/ga goʼng+ P2O5 25 kg/ga berilib doimiy gʼoʼza ekilganda 32,4 s/ga ni tashkil etgan. Eng yuqori hosidorlik (40,2 s/ga) (3:7 beda:gʼoʼza) almashlab ekish+maʼdanli oʼgʼitlar N150 P105 K75 kg/ga qoʼllaganda olingan.
Hozirda respublikamizning 44797,7 ming gektar umumiy maydonidan qishloq xoʼjaligida foydalanadigani 27521,6 ming gektar, sugʼoriladigan yerlar esa 4238,6 ming gektarni tashkil etadi. Ular turli tabiiy tuproq-iqlimga ega boʼlgan qishloq xoʼjalik hududlarida joylashgan boʼlib, jadal dehqonchilik asosan meliorativ, ekologik holati hamda tuproqlarining unumdorlik darajasi bir-biridan keskin ajralib turadigan 4278,0 ming gektar sugʼoriladigan yerlarda olib borilmoqda. Аfsuski, ana shu maydonlarning 65,9 % ida meliorativ holat qoniqarsiz, 1,5 mln. gektardan oshiqrogʼi deflyatsiyaga, shu jumladan 0,7 mln. gektari kuchlideflyatsiyaga uchragan, 660 ming gektar yerda irrigatsiya eroziyasi, 40 ming gektar maydonda jar eroziyasi mavjud boʼlib, sugʼorib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda tuproq unumdorligini mutassil pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Buning asosiy sabablari sifatida tuproqning meliorativ holati yomonlashishi, tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillar, xususan almashlab ekish tizimlari amaliyotga keng joriy etilmayotganligi, deflyatsiya-eroziya jarayonlari kuchayishi, tuproqqa asosiy ishlov berish tizimiga toʼliq amal qilmaslik, haydov va haydov osti qatlamlarida tuproq zichlanishini ortishi, har xil kimyoviy vositalar bilan ifloslanishi, ekinlar strukturasi va ularning hosildorligini tuproq unumdorligiga monand ravishda muqobillashtirilmasligi, oʼsimliklarni oziqlantirish tartiblari hamda biomassa bilan tuproqdan chiqib ketayotgan oziqalarning
tuproqqa qaytarilishi kabi tabiat qonunining toʼliq ishlamayotganligi va boshqa jixatlarni keltirish mumkin.
Shuning uchun hozirgi davr talabidan kelib chiqib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda qishloq xoʼjalik ekinlarini almashlab ekish, unga muntazam
Do'stlaringiz bilan baham: |