Tog’li mintaqa. Lalmikorlikning bu mintaqasi dengiz sathidan 1200-1600 metr balandlikda joylashgan. Bu mintaqa nam bilan yetarli taminlangan, (yillik yog’ingarchiliklar miqdori 400-600 mm dan ortiq), tuprog’i to’q tusli sur.
Bu mintaqaga Ohangaron (janubiy qismi), Bo’stonliq (shimoliy-sharqiy qismi), Parkent (sharqiy qismi), Baxmal va G’allaorol (janubiy-sharqiy qismi), Qo’shrabod (g’arbiy qismi), Urgut, Dehqonobod (tog’oldini yuqori qismi), Kitob (shimoliy qismi), Yakkabog’ (shimoliy-sharqiy qismi) va Boysun (g’arbiy qismlari) tumanlari kiradi. Yog’in-sochinning asosiy qismi (55-60 foiz) may, iyun, iyul oylarida kuchli jala tariqasida bo’lib o’tishi natijasida mintaqada eroziya jarayonlarining kuchayishi kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |